Qotishmalar ham metallar kabi kristall tuzilishga ega va ularning xossalari tuzilishlariga bog’liq bo’ladi. Kristallanganda ba’zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi. Ba’zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bog’lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalar deb ataladi. Kristallanganda ba’zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi. Ba’zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bog’lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalar deb ataladi.
Gomogen qotishmalar – atom radiuslari o’lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo’lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (CU-Au, Ag-Au, Na-K, Bi-Sb).
Geterogen qotishmalar – atom radiuslari o’lchamlari keskin farqlanuvchi metallar orasida hosil bo’lgan, kristall panjara tugunlarida atomlar almashib joylasha olmaydigan qotishmalar (Sn-Al, Zn-Al).
Intermetall (metallaro) qotishmalar – elektrmanfiylik qiymatlari bir – biridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil bo’lgan qotishmalar.
Qotishmalarning holat diagrammasi erigan aralashmaning qotish jarayonida tuzilish o‘zgarishini tavsiflab, berilgan qotishmaning tuzilishi haqida yaqqol ma’lumot beradi. Holat diagrammasi bo‘yicha berilgan qotishmaning tuzilishini va xossasini avvaldan bilish mumkin. Bundan tashqari, holat diagrammasi qotishmalarni termik ishlashni ilmiy jihatdan asoslab berish uchun xizmat qiladi. Qo‘rg‘oshin va surma bir-birida yaxshi erib, juda ko‘p turdagi qotishmalarni hosil qiladi. Ma’lumki, qotishmaning holat diagrammasini chizish uchun erish va kristallanish kritik haroratlari va nuqtalari zarur bo‘ladi. Ular tajriba yo‘li bilan olinadi.
Qat.
No.
|
Tarkibi
| |
Qotishmaning erish harorati
|
Qotishmaning kristallanish harorati
| |
Qo’rg’oshin
|
surma
| | |
1
|
95
|
5
|
296
|
246
|
2
|
90
|
10
|
260
|
246
|
3
|
87
|
13
|
246
|
246
|
4
|
80
|
20
|
280
|
246
|
5
|
60
|
40
|
395
|
246
|
6
|
20
|
80
|
570
|
246
|
Do'stlaringiz bilan baham: |