Andijon Iqtisodiyot va Qurilish Instituti Iqtisodiyot va Qurilish fakulteti
Holat diagrammasini chizish uchun 6ta tavsifga ega qo'rg'oshin - surma qotishmasini olsih
Download 148.92 Kb.
|
Mamatova Ruhshona
Holat diagrammasini chizish uchun 6ta tavsifga ega qo'rg'oshin - surma qotishmasini olsih
Qotishmaning holat diagrammasini qurishni qo‘rg‘oshinsurma holat diagrammasini chizish misolida ko‘ramiz.Qotishmaning holat diagrammasini qurishni qo‘rg‘oshinsurma holat diagrammasini chizish misolida ko‘ramiz.Qotishmalarning holat diagrammasi. Har qanday qotishmaning holat diagrammasini chizish uchun masshtabda gorizontal bo‘yicha qotishmaning % miqdori (chap tomoni toza qo‘rg‘oshin, o‘ng tomoni toza surma) qo‘yiladi (1-rasm).Vertikal bo‘yicha kritik nuqtalarni hamda surma va qo‘rg‘oshinning erish nuqtasini (327°C, 630°C) masshtabda belgilab chiqamiz.Pastdagi kritik nuqtalarni birlashtirib, DE chizig‘ini va yuqoridagi kritik nuqtalarni birlashtirib, AB va BC egri chiziqlarini olamiz. Ikkala egri chiziq B nuqtada, ya’ni DE to‘g‘richizig‘ida kesishadi. Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, qotishmalarning qotish boshlanishi nuqtalari har xil bo‘lib, qotish va kristallanish oxiri bir nuqtada ekan. Aralashmalarning ichida faqat 13% surma va 87% qo’rg’oshinli qotishma kristallashining boshi va oxiri bir xil bo’lib, bir nuqtada (haroratda) qotar ekan.1-rasm. Qotishmalarning holat diogrammsi. Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, ABC chizig‘idan yuqorida hamma qotishmalar suyuq holda bo‘ladi, bu chiziq likvidus chizig‘i deb aytiladi (lotin tilida — suyuq degan ma’noni bildiradi). DBE chizig‘i solidius chizig‘i deb aytiladi (solidius — lotin tilida qattiq degan ma’noni bildiradi)Mis qotishmalari. Misni Zn, Sn, Pb, Fe, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalariga mis qotishmalari deyiladi. Mis qotishmalarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra, latunlarga va bronzalarga ajratiladi:Latunlar. Latun Cu bilan Zn ning qotishmasi bo‘lib, uning mexanik va texnologik xossalari yuqori bo‘ladi. Ularning keng foydalaniladiganlari tarkibida rux miqdori 40-42% gacha bo‘ladi. Latunlarning mexanik va texnologik xossalarini yanada yaxshilashi uchun ularga ma’lum miqdorda Al, Cu, Fe, Zn va boshqa elementlar qo‘shib maxsus latunlar olinadi. Latunlarga qo‘shiladigan elementlarning turi va miqdori qotishmadan kutilgan xossalarga qarab belgilanadi. Latunlarning texnologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra bosim bilan ishlanadigan (deformatsiya beriladigan) va quymalar olinadigan xillariga ajratiladi.Download 148.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling