Andijon Iqtisodiyot va Qurilish Instituti Iqtisodiyot va Qurilish fakulteti


Alyuminiyning mis, kremniyli qotishmalari. (AL3, AL5, AL6) bu qotishmalarning xossasi I va II guruh qotishmalariga yaqinroq bo‘ladi


Download 148.92 Kb.
bet8/8
Sana16.06.2023
Hajmi148.92 Kb.
#1518081
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mamatova Ruhshona

3. Alyuminiyning mis, kremniyli qotishmalari. (AL3, AL5, AL6) bu qotishmalarning xossasi I va II guruh qotishmalariga yaqinroq bo‘ladi.

4. Alyuminiyning magniyli qotishmalari. Bu qotishmalarda magniyning miqdori 12%gacha bo‘lib, qisman boshqa elementlar ham bo‘ladi. Bu qotishmalarning ham quyilish xossalari pastroq bo‘ladi. Lekin korroziyabardoshligi, mexanik xossalari va kesib ishlanilishi yaxshi bo‘lib, nam atmosfera sharoitida ishlaydigan quymalar olishda foydalaniladi.

5. Alyuminiyning murakkab tartibli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida ma’lum miqdorda boshqa elementlar ham bo‘lib, ular yuqoridagi qotishmalardan puxtaligi, o‘tga chidamligi va boshqa xossalari bilan farq qiladi. Masalan, bu guruh qotishmalarining AL1 markasidan porshenlar, silindr kabi detallar zagotovkalarni quyish yo‘li bilan tayyorlanadi. Shuni ham qayd etish lozimki, ba’zan kukun metallurgiya yo‘li bilan olinadigan alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Bunday qotishmalarni olish uchun Al asosida olingan kukunlarga zarur elementlar qo‘shib, ulardan olingan yarim mahsulotlar yuqori tempera-turada qizdiriladi.

Masalan, A09-2, A020-1, AN-2,5 markalari nisbatan yuqori temperaturagacha chidamligi, antifriksionligi bilan boshqa qotishmalardan farq qiladi.

Antifriksion qotishmalar. Bu qotishmalar Sn, Fe, Cu, Al elementlari asosida olinib, sirpanish podshipniklarining vkladishlari, ya’ni val bilan ishqalanib ishlaydigan yuzalari tayyorlanadigan qotishmalarga antifriksion qotishmalar deyiladi.

Bu materiallar val sirtiga oson moslanuvchan, yetarli darajada yuqori mexanik xossalarga ega bo‘lgan, o‘zida moyni saqlay olishi, ishqalanish koeffisiyenti kichik, issiqlikni yaxshi o‘tkazishi, korroziya-bardoshligi va suyuqlanish temperaturasi deyarli past bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bunday talablarga javob beradigan materiallarga babbitlar, bronzalar, antifriksion cho‘yanlar va boshqa materiallar kiradi. Shuni qayd etish lozimki, bunday qotishmalarda puxta, nisbatan plastik va qovushoq asosida tayanch vazifasini o‘taydigan qattiq qo‘shimchalar bo‘ladi. Ish jarayonida asos materiali tez yeyilib, mikroskopik ariqchalar hosil bo‘lib, ularga moy o‘tib, yuzani moylab turadi, yeyilish mahsulotlari esa moyga o‘tadi. Shu boisdan moy vaqti-vaqti bilan almashtiriladi. Ma’lumki, qalayli babbitning narxi qimmat, shu boisdan ulardan og‘ir sharoitda ishlovchi podshipnik vkladishlaridagina foydalaniladi. Boshqa hollarda qalay tejash uchun qo‘rg‘oshin, surma, mis, nikel va boshqa elementlar

qo‘shiladi. Antifriksion materiallar sifatida bronzalar (BrOSS5-5-5, BrOSS4-4-17, BrS30) latun, cho‘yan, tekstolit, rezina va boshqa materiallardan ham foydalaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • A.Matkarimov, F.Ahmadjonov MATERIALSHUNOSLIK (kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma) T.: “O’qtuvchi” 2017-y
  • Mirboboyev V.A. Konstruksion materiallar texnologiyasi. T.: “O’qtuvchi”, 1977-y. va 1991-y.
  • Kimyo 9-sinf. Toshkent “O’zbekiston” 2019-y.

Download 148.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling