Ishlab chiqarish omillari - ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar.
Ishchi kuchi - insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig'indisi.
Mehnat qurollari - inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar.
Mehnat predmetlari - bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar.
Ishlab chiqarish jarayoni - kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlami yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish - jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.
Oddiy takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi - mamlakat bo‘yicha Yaratilgan milliy mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |