Umumiy mahsulot - jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi. Odatda korxona yoki yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchi- ning faoliyati eng avvalo uning umumiy mahsuloti orqali bahola- nadi. Misol uchun, «А» korxonada 1 oy davomida barcha mavjud resurslardan foydalangan holda 100 birlik mahsulot yaratildi, deb faraz qilaylik. Bu o‘rinda 100 birlik hajmdagi umumiy mahsulot uni yaratishga sarflangan resurslar to‘g‘risida ma’lumot bera olmaydi. Biz faqat ushbu korxona faoliyatini boshqa bir korxona faoliyati nati- jasiga taqqoslab, baholashimiz mumkin. Masalan, xuddi shu turdagi mahsulotni ishlab chiqaruvchi «V» korxonada bir oy davomida 80 birlik mahsulot ishlab chiqarilgan, deylik. U holda, «А» korxonada «V» korxonaga nisbatan 1,25 baravar ko‘p umumiy mahsulot ishlab chiqarilgan, deb xulosa chiqarish mumkin. Biroq, bu mahsulot nima evaziga, qanday sarflar hisobiga Yaratilganligini ayta olmaymiz. Bu- ning uchun bizga ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan omillar to‘g‘risida ham ma’lumot kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlardan foydalangan holda o‘rtacha mahsulotni hisoblash mumkin.
0‘rtacha mahsulot - jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi:
O'M =M/(I,K).
Aytaylik, 100 birlik mahsulot 10 birlik ishchi kuchi, 8 birlik kapital va 15 birlik tabiiy resurslami sarflash evaziga Yaratilgan. U holda har qaysi omilning bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini hisoblaymiz:
ishchi kuchi omili birligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot:
100
O'M, = — = 10 birlikka teng.
7 10
kapital omili birligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot:
Do'stlaringiz bilan baham: |