Andijon mashinasozlik inistituti


-rasm. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatiningyaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli


Download 151.66 Kb.
bet5/15
Sana30.04.2023
Hajmi151.66 Kb.
#1412235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ИҚТ НАЗАРИЯ КУРС ИШИ 2021

2.4-rasm. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatiningyaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli
Demak, ishlab chiqarilgan tovarlaming nafliligini yaratishda har uchala omil: tabiat, kapital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatning tash­kil topishida esa mehnat to‘liq, kapital esa qisman qatnashadi.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning nati jalarining ham ikki tomoni borligini ko‘rsatadi.

    1. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari

Ishlab chiqarish jarayonida turli omillaming bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishi va birikishi asosan turli xildagi korxonalarda amalga oshiriladi. Bunday korxonalar sonining o‘sishi va yiriklashuvi ayni paytda iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar turlari va hajmining o‘sishidan darak beradi. Jumladan, chuqur tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tu- tilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me’yoriy-huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta’minlash, 0‘zbekiston iqtisodiyotida tovar va xizmatlar hajmini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgan.
Yuzaki qaraganda, har bir korxonadagi (davlat, xususiy, qo‘shma korxona, fermer xo‘jaligi) individual ishlab chiqarish bir-biridan mustaqil, ajralgan holda amalga oshadiganga o‘xshab ko‘rinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va resurslarning uzluksiz oqimida indivi­dual ishlab chiqarilgan tovarlar va mablag1 laming harakatlari bir-biri bilan qo‘shilib, o‘ralib-chatishib ketadi. Chunki alohida olingan indi­vidual ishlab chiqaruvchilaming faoliyati va ayrim mablag‘lar, mah- sulotlaming harakati o‘zaro bog‘langandir. Shu sababli, individual mehnatlar va tovarlar harakatining qo‘shilib ketishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami Yaratilgan tovar va xizmatlar-ning haraka- tini bildiradi. Demak, ijtimoiy ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan va aloqada bo‘Igan barcha individual ishlab chiqarishlarning yig‘indisidir. Har bir individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir bo‘lagidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan yalpi ichki mahsulot vujudga keladi. Bu Yaratilgan mahsulotlar mamlakatimiz aholisining talablarini qondirib, ulaming turmush darajasini oshirishga, ishlab chiqarishni sifat va miqdor ji­hatdan yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz birinchi Prezidenti va hukumati tomonidan yalpi ichki mahsulotni ko‘paytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlari izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Ma’lumki, har yili yilning boshida mamlakatimizda oldingi yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yakunlari va yangi yildagi iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. Ushbu ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiquvchi vazi­falar amalga oshirilib, salmoqli natija va sezilarli o‘zgarishlar qo‘lga kiritilmoqda. Iqtisodiyotning yuqori barqaror sur’atlar bilan o‘sishi va makroiqtisodiy muvozanati va mutanosibligi ma’lum darajada ta’minlanmoqda, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va moder- nizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, diversifikatsiyalash ishlari davom ettirilmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yangicha yondashuv bilan olib borilmoqda. Ayni vaqtda bu tahlillar yuqori sa- lohiyatga ega bo‘lgan korxonalarga har bir turdagi mahsulotni xom- ashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning uzoq va yaqin kelajakdagi yillarga mo‘ljallangan aniq istiqbolga ega bo‘lgan mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvi asosida ishlab chiqa­rishni yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda.
Bu ko‘rilgan chora va tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotning barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib, keyingi 9 yil davomida uning o'rtacha yillik o‘sishi 8 foizdan kam bo‘lmagan, 2016-yilda esa bu ko'rsatkich 7,8 foizni tashkil etdi.
Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning tarmoq tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi (2.2-jadval).
2.2-jadval Ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning asosiy tarmoqlar
bo‘yicha tarkibi (%)7


Download 151.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling