Andijon mashinasozlik inistituti
Download 151.66 Kb.
|
ИҚТ НАЗАРИЯ КУРС ИШИ 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Naflilik (natural) jihatdan
- Yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan istemol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (amortizatsiya ajratmalari) che- girib tashlansa, qolgan qismi sof ichki mahsulot deyiladi.
- Bunga kelgusi avlod ish- chilarini yetishtirish, ya’ni ishchilaming oilasi va bolalari uchun zarur bo‘lgan mahsulot ham kiradi.
Respublika yalpi ichki mahsulotining ishlab chiqarish tarkibi bo‘yicha sanoat mahsulotining nisbatan tezroq o‘sishi natijada uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2008-yildagi 22,3 foiz o‘miga 2016-yil- da 25,7 foizni tashkil etdi. Shu davr ichida qishloq xo‘jaligi mah- sulotlari salmog‘ining 19,4 foizdan 17,6 foizga qadar pasayishi esa mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibining takomillashib, unda sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushi yildan-yilga oshib borayotganligini anglatadi. Ayni paytda yalpi ichki mahsulot tarkibidagi sof soliqlar hissasining 9,9 foizdan 8,7 foizga qadar qisqar- ganligi mamlakatimizdagi soliq yukining tobora pasayib borayotganligini ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda har yili bir qancha yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari ishga tushi- rilib, YalM hajmini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 2015-yilda “Xorazm viloyatida «Jeneral motors - 0‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida umumiy qiymati qariyb 6 million dollarlik loyiha asosida «Shevrolet Labo» kichik yuk mashinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda yiliga fermyerlarimiz va xususiy tadbirkorlarimiz uchun juda zarur bo‘lgan 5 mingta ana shunday mashina ishlab chiqa- riladi. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu model yangi «Xorazm avto» za- vodida tayyorlanayotgan «Damas» va «Orlando» avtomobillaridan keyingi uchinchi turdagi avtomobil bo‘ldi. Naflilik (natural) jihatdan yondashilganda, ishlab chiqarish ja- rayonini davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta mam- lakatda Yaratilgan yalpi ichki mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda ishlab chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun zarur iste’mol buyumlari mavjud bo‘lishi shart. Shuning uchun ham moddiy mahsu- lotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z nav- batida, ikki yirik bo‘linmalar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini beradi. Undan tashqari juda ko‘p korxona va tashkilotlar aholiga turli- tuman xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadiki, ular mehnatining nati- jasi xizmatlarda namoyon bo‘ladi. Bu esa yalpi ichki mahsulotning muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Shun- day qilib, yil davomida mamlakatda Yaratilgan yalpi ichki mahsulot natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xil xizmatlardan iborat bo‘ladi. Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlami, ya’ni milliy mahsulotni bunday uchta ko‘rinishga bo‘lib o‘rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki ulaming har bir turi bo‘yicha talab va tak- liflar o‘rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini beradi. Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni: ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi ammortizatsiya fondi (s); yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ish- chilarga tegishli qismi - zaruriy mahsulot qiymati (v); yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbir- korlar va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qismi - qo‘shimcha mahsulot qiymati (m)dan iboratdir (2.3-jadval). Jadvaldan ko‘rinadiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Demak, mamlakat miq- yosida takror hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotni hisoblashda sotib olingan xomashyo, yonilg‘i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan qiymat hisobga olinadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti faqatgina yalpi ichki mahsulotdan emas, balki Yaratilgan yalpi mahsulotdan iboratdir. 2.3-jadval Milliy mahsulotning texnologik bosqichlar bo‘yicha tuzilishi (shartli raqamlar misolida)
Shuni ta’kidlash lozimki, jami ijtimoiy mahsulot tarkibida oraliq mahsulot hamda ayrim takroriy hisoblar mavjud bo‘lganligi sababli u ishlab chiqarish natijasiga to‘g‘ri baho bera olmaydi. Takroriy hisob - bu tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir necha bosqichlardan o4ishi natijasida oraliq iste’inoli deb atalmish ba’zi mahsulot (xomashyo, yoqi!g‘i, material, energiya va h.k.)lar qiymatlarining takroran hisobga olinishi. Jad- valdagi misolimizdan ko‘rinadiki, paxta tolasi, yigirilgan ip, gazla- maning qiymatini tashkil etuvchi xomashyo, yoqilg‘i, material va boshqalaming ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qayta-qayta qatnashadi, ulaming hisobga olinishi natijasida takroriy hisob 930 birlikni tashkil etgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin (1993-yildan boshlab) milliy hi- soblar tizimi joriy qilindi va bunga asosan Yaratilgan mahsulot yalpi ichki mahsulot (YalM) deb atalib, shu shaklda hisobga olina boshlandi. Yalpi ichki mahsulot deb mamlakatda yil davomida Yaratilgan, bevosita iste’molchilarga yetkaziladigan tayyor mahsulotga aytiladi. Yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan iste'mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (amortizatsiya ajratmalari) che- girib tashlansa, qolgan qismi sof ichki mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan menejyerlar, ishchilar, dehqonlar va muhandislar, texnik xodimlar va boshqalarning sarf qilingan jonli mehnati bilan Yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir. Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi boMgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan Yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur boMgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi avlod ish- chilarini yetishtirish, ya’ni ishchilaming oilasi va bolalari uchun zarur bo‘lgan mahsulot ham kiradi. Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo'shimcha ish vaqtida xodimlarning qo‘shimcha mehnati bilan Yaratilgan qismi qo‘shimcha mahsulot deyiladi. Ishlab chiqarishning tizimi va mulkchilikning shaklidan qat'iy nazar har bir korxonada, tarmoqda qo‘shimcha mahsulot hajmini ko‘paytirishga harakat qilinadi. U asosan uch yo‘l bilan - ishlovchi- lar sonini ko‘paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chega- rasi o‘zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish yoii bilan amalga oshiriladi. Misol uchun korxonada 120 kishi ishlagan bo‘lsa va har bir ki- shi 10 ming so‘mdan qo‘shimcha mahsulot yaratsa hammasi bo‘lib 1200 ming so‘m qo‘shimcha mahsulot yaratiladi. Agar ishchilar soni 150 kishiga etkazilsa (150*10ming) 1500 ming so‘m qo‘shimcha mahsulot yaratiladi. Bunda qo‘shimcha ishchilar sonini ko‘paytirish evaziga qo‘shimcha mahsulot ko‘paytirilmoqda. Agar ishchilar soni o‘zgarmasdan 120 kishi holida qolib ish soati 8 soatdan 10 soatga uzaytirilsa (10*1250 bir soatlik Yaratilgan qo‘shimcha mahsulot) bir kunda bir ishchi 12500 so‘m, hamma ishchilar esa (120*12500) 1500 ming qo‘shimcha mahsulot yaratiladi. Bundan ko‘rinadiki, bu ikki yo‘l bilan qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish mumkin. Lekin bu ikki yo‘l cheklangan bo‘lib, uzluk- siz ravishda ishchilar sonini ko‘paytirib ham, ish kunini uzaytirib ham bo‘lmaydi. Chunki ular cheklangan bo‘lib, ishchilar sonini ko‘paytirish korxonaga qimmatga tushadi, ish kunini uzaytirish esa ishchilar noroziligini keltirib chiqaradi. Demak qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirishning cheksiz bo‘lgan uchinchi yo‘lidan keng foy- dalanish mumkin. Bu yo‘l ishlab chiqarishda to‘htovsiz ravishda yangi texnika-texnologiyalami qo‘llash, xom ashyo va energiyalaming yangi turlarini topib, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini ochish bilan mehnat unumdorligini oshirish evaziga zaruriy ish vaqtini ka- maytirish va qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirib qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish mumkin. Ishchilar sonini ko‘paytirish va ish kunini uzaytirish yo‘li bilan olingan qo‘shimcha mahsulot absolyut (mutloq) qo‘shimcha mahsulot deyiladi. Download 151.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling