Andijon mashinasozlik inistituti


Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi


Download 151.66 Kb.
bet4/15
Sana30.04.2023
Hajmi151.66 Kb.
#1412235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ИҚТ НАЗАРИЯ КУРС ИШИ 2021

2.
Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining ta- biatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bos­qichlari uchun umumiy bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turli- cha ta’rif beriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan iborat ish­lab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bo­zor iqtisodiyotiga doir ko'pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarish­ning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o‘rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning, to‘g‘rirog‘i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila farqlanadi. Ko‘pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha) sifatida qa- ralib, bunday holat ko‘plab chalkashliklami keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jis- moniy qobiliyatlarining yig‘indisidir. Mehnat esa barcha omil- larning birgalikdagi harakati ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shiIishi natijasida sodir boMadigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.
Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, tabiat va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz (2.1-rasm).

2.1-rasm. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi
Ishchi kuchi insonning mehnatga bolgan aqliy va jismoniy qo­biliyatlarining yigindisi bolganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar si­fatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham mavjud boladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qollanilayotgan mehnat bozori tushunchasi omiga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari omiga ishchi kuchi resurslari deyilsa togri va tushunarli bolar edi.
3.
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, yani yer deganda tuproqning unumli qatlami, otloqlar, yaylovlar, suv, havo, ormon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tu- shuniladi. Maluinki, keyingi vaqtlarda quyoshdan, shamoldan energiya olinmoqda, havodan foydalanilmoqda. Shulami hisobga olgan holda yer degan soz omiga tabiat sozini ishlatsak togri bolar deb oylaymiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tash- kilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozir­gi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologi- yani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular tabiat va kapital omillarida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ulami alohida omil deb qarashga hojat yo‘q.
Ishlab chiqarish omillari hech qachon bir joyda qotib turmaydi, balki doimo rivojlanib o‘sib boradi. Ishlab chiqarish vositalari ham, ishchi kuchi ham doimo harakatda, rivojlanishda bo‘ladi. Ilgarigi oddiy omoch-bo‘yintiriqqa, bolg‘a va boltaga asoslangan ishlab chiqarishdan hozirgi zamon avtomatlashgan ishlab chiqarishgacha kelish fikrimizning dalilidir.
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2000-yilda YalM hajmining 50,5 foizini ishlab chiqarilgan moddiy tovarlar tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 36,7 foizni tashkil etdi. Bundan ko‘rishimiz mumkinki, keyingi davrlarda ishlab chiqarish hajmi to‘xtovsiz o‘sib borish bilan bir qatorda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasiga kengroq etibor berishi natijasida YalM tarkibida moddiy ishlab chiqa­rishning ulushi nisbatan pasayib, nomoddiy ishlab chiqarish ulushi esa о‘sib bormoqda.
Ishlab chiqarilgan moddiy tovarlar va xizmatlar tarkibining o‘zgarishiga qaramay YalM hajmi yildan-yilga o‘sib bormoqda. YalMning izchil o‘sib borishi yangi-yangi ishlab chiqarish korxonala- rining ishga tushirilishi yoki eskilarining kengaytirilishi evaziga sodir bo‘lmoqda. Masalan, 2015-yilda Toshkent issiqlik elektr stansiyasida 370 megavatt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi, Chorvoq GESi gidrogeneratorlari modemizatsiya qilindi, Qo‘ng‘irot soda zavodida kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish kengaytirildi, «Samarqandkimyo» aksiyadorlik jamiyatida 240 ming tonna quv­vatga ega bo‘lgan murakkab tarkibli yangi o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Shuningdek, «Motor zavodi» aksiyadorlik jamiyatining faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari- da traktor tirkamalari, jumladan, katta hajmli tirkamalar, maishiy texnika uchun tarkibiy qismlar va boshqa
4.
mahsulotlar ishlab chiqa­rish tashkil etildi.
Shu bilan birga mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasi sezilar- li ravishda rivojlanib bormoqda. Respublika YalMdagi xizmat ko‘rsatishning ulushi 2000-yilda 36,8 foizni tashkil qilib, 2014-yilda esa bu ko‘rsatkich 54,0 foizni, 2015-yilda esa 54,5 foizni tashkil qildi. Bu esa mamlakatimizda keyingi yillarda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlar qatorida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga qaratil- gan Davlat dasturlarining amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan iborat bo‘lib, birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish vositalari (sta- nok, mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi bo‘linmada esa iste’mol buyumlari ishlab chiqariladi.
Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yil- ning o‘zida ikkinchi bo‘linmada va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo‘linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o‘z navbatida bi- rinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o‘rtasida doimo tovar ayirboshlash va boshqa iqtisodiy aloqalar sodir bo‘lib turadi.
Sarflanayotgan mehnat ikki xil tavsifga ega bo‘lganligi uchun har qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiy- matiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o‘zida mujas- samlashtiradi. Bu tovaming o‘zaro bog‘liq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyoj ini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlaming natural va qiymat jihatdan o‘sishida, ko‘payishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilik- ni, ya’ni iste’mol qiymatini yaratish, ko‘paytirish va qiymatlaming o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiy­matini, ya’ni nafli tovami yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo'yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlaming manfaati bilan bogMangandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdor­da foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega boMishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, nafli- likni yaratish jarayoni bo‘Isa, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni bo‘lib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqa­rish, bir tomondan iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratish va ko‘paytirishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnat- ning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir. Bu ishlab chiqarish ja- rayonining ikki tomonlama xususiyatidir.
Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. so‘mlik paxta tolasi sotib oldi, deylik. Toladan ip yigirish uchun qo‘llanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya, yonilg‘i va boshqa xarajatlar 4 mln. so‘mni, ish haqi 3 mln. so‘mni tashkil etib,

  1. mln. so‘mlik qo‘shimcha mahsulot yaratilib, uni tadbirkor foyda sifatida oladigan bo‘Isa, Yaratilgan mahsulotning qiymati 20 mln. so‘mni, qo‘shilgan qiymat 10 mln. so‘mni, yangi Yaratilgan qiymat 6 mln.so'mni tashkil etadi. Agar (4 mln. so‘m + 10 mln. so‘mni) oldingi Yaratilgan qiymat deb hisoblasak, u 6 mln. so‘mga ko‘payib 20 mln. so‘mga yetadi. Bu 20 mln. so‘m ham naflilikning ham qiymatning o‘sishini ifodalaydi.

Agar biz 8 mln. so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 2 mln. so‘mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan Yaratilgan qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so‘mlik qiy­mat, ya’ni 4 mln. so‘mlik ish haqi va 2 mln. so‘mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki to­monlama tabiatini quyidagicha ifoda yetishimiz mumkin (2.3-rasm).

aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir. Bu ishlab chiqarish ja- rayonining ikki tomonlama xususiyatidir.
Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. so‘mlik paxta tolasi sotib oldi, deylik. Toladan ip yigirish uchun qo‘llanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya, yonilg‘i va boshqa xarajatlar 4 mln. so‘mni, ish haqi 3 mln. so‘mni tashkil etib,

  1. mln. so‘mlik qo‘shimcha mahsulot yaratilib, uni tadbirkor foyda sifatida oladigan bo‘Isa, Yaratilgan mahsulotning qiymati 20 mln. so‘mni, qo‘shilgan qiymat 10 mln. so‘mni, yangi Yaratilgan qiymat 6 mln.so'mni tashkil etadi. Agar (4 mln. so‘m + 10 mln. so‘mni) oldingi Yaratilgan qiymat deb hisoblasak, u 6 mln. so‘mga ko‘payib 20 mln. so‘mga yetadi. Bu 20 mln. so‘m ham naflilikning ham qiymatning o‘sishini ifodalaydi.

Agar biz 8 mln. so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 2 mln. so‘mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan Yaratilgan qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so‘mlik qiy­mat, ya’ni 4 mln. so‘mlik ish haqi va 2 mln. so‘mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki to­monlama tabiatini quyidagicha ifoda yetishimiz mumkin (2.3-rasm).



Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish uning mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo‘yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etay- ot-gan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda, qan- cha qiymatga ega bo‘lsa shuncha qiymat aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishning oxirida qiymat ortiqcha bo‘lib chiqadi. Bu ishchi kuchi tomonidan Yaratilgan yangi qiymat evaziga sodir bo'ladi.
Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to‘liq qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar (masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishti- rishda tuproq unumdorligi, quyosh va shamol energiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovaming nafliligini hosil qilishda omil sifatida qatnashsada, lekin qiymatning tashkil topishida, uning ko'payishida qatnashmaydi (2.4-rasm).



Download 151.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling