Ishlab chiqarishning pirovard natijasi - ishlab chiqarish soha- sidagi o‘z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita (iste’mol fondi orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish (jamg‘arish fondi) orqali qondirishga tayyor mahsulot.
Sof mahsulot - Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlangandan qolgan qismi.
Zaruriy mahsulot - ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan Yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulot. •
Qo‘shimcha mahsulot - sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mehnat bilan Yaratilgan mahsulot.
Qo‘shimcha mahsulot massasi - yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar yig‘indisi.
Qo‘shimcha mahsulot normasi - qo‘shimcha mahsulot massa- sining zaruriy mahsulotga nisbati.
Ishlab chiqarish funksiyasi - ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |