Andijon mashinasozlik inistituti
Download 151.66 Kb.
|
ИҚТ НАЗАРИЯ КУРС ИШИ 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shilgan omillar unumdorligi AM/AO
- Olingan umumiy mahsulot, dona
- To‘la bandlik - iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo‘lgan barcha resurslardan to‘la unum bilan foydalanish ho- lati.
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, keyingi jalb qilingan omil yoki xarajat unumdorligining pasayib borishi qonuni har doim ham amal qilavermaydi. Balki u quyidagicha to‘rt holat mavjud boigan sharoit- dagina amal qilishi mumkin: ishlab chiqarishning boshqa omillari o‘zgarmay faqat bir omil to‘xtovsiz oshirilganda; fan-texnika taraqqiy etmay to‘xtab qolganda yoki uning yangi- liklari ishlab chiqarishga jalb qilinmaganda; omillar o‘rtasidagi miqdor va sifat nisbatlari buzilganda; shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo‘jasizlarcha, ko‘r- ko‘rona amalga oshirilganda. Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qil- maydi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini 69 to‘laroq qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qoti- radi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilib, ulardan eng sa- maralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to‘laroq qondiradigan miq- dorda tovar va xizmatlami ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi. Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlami ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Shunday tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlan- gan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun iqtisodiy resurslarning to‘la bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to‘liq hajmini ta’minlash zarur. To‘la bandlik - iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo‘lgan barcha resurslardan to‘la unum bilan foydalanish ho- lati. Bunda ishchi majburiy ishsiz bo‘lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo‘lgan barcha ishchi kuchini ish bilan ta’minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki kapital uskunalar ham bo‘sh qolmasligi hamda to‘la quvvat bilan ishlashi lozim. Ishlab chiqarishning to‘liq hajmi, resurslami samarali taqsim- lashni, ya’ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko‘p hissa qo‘shadigan qilib foydalanishni va mavjud texnologiyalaming eng yaxshisini qo‘llashni ham bildiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining ma’lum chegarasi bo‘ladi. Chunki, resurslar kamyob bo‘lganligi sababli iqtisodiyot to‘la bandlik va ishlab chiqarishning to‘liq hajmida ham tovar va xizmatlami cheklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi. Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib yanada aniqroq tasvirlash mumkin Resurslar to‘liq hand boMganda ishlab chiqarish imkoniyatlari (shartli raqamlar)
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to‘g‘risida yaxshiroq tasawurga ega boiish uchun: birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot - non va tegirmon ishlab chiqaradi (bunda non iste’mol tovarlarini, tegirmon ishlab chiqarish vositalarini bildiradi); ikkinchidan, iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o‘zgarmaydi; uchinchidan, mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy bo‘lib qoladi, deb faraz qilamiz. Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning tegirmon va non ishlab chiqarish hajmini birdaniga ko‘paytirib borish imkoni- yati cheklangan. Resurslaming cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarishning cheklanganligini bildiradi. Bunday sharoitda tegirmon ishlab chiqarishni har qanday ko‘paytirishga resurslaming bir qismini non ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar non ishlab chiqarishni ko‘paytirish afzal ko‘rinsa, buning uchun zamr resurslar faqat tegirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olini- shi mumkin. Jadvalda jamiyat tanlashi mumkin boigan sanoat tegirmonlari va non miqdorining muqobil uyg‘unlashuvi ifodalangan. A muqobil variantga binoan, iqtisodiyot o‘zining butun resurslarini tegirmon, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. E muqobil variantda esa mavjud resurslar to‘lig‘icha non, ya’ni iste’mol buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jadvaldagi asosiy g‘oya quyidagicha: har qanday vaqt oraligida iqtisodiyot toia bandlik va ishlab chiqarishning toiiq hajmida non mahsulotini ko‘proq ishlab chiqarishi uchun tegirmonning bir qismidan voz kechishi zarur. Iqtisodiy resurslar kamyob bo‘lganligi sababli, iqtisodiyot non va tegir- mon ishlab chiqarish hajmini bir vaqtda ko‘paytira olmaydi. Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani chuqurlashtirish uchun jadvalda keltirilgan ma'lumotlami rasmda tasvirlaymiz (2.7- rasm). Download 151.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling