Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” kafedrasi 4-kurs 335 – 19 guruhi talabasi


Download 487.42 Kb.
Sana27.06.2023
Hajmi487.42 Kb.
#1656775
Bog'liq
BMI-ELEKTRON XISOBOTI.. PRA

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI ELEKTROTEXNIKA FAKULTETI “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” kafedrasi 4-kurs 335 – 19 guruhi talabasi Odilov Azizbekning ISO2858 PN1 6MPa nasosni chastotali boshqariladigan elektr yuritmasi BITIRUV-MALAKAVIY ISH BO‘YICHA elektron xisoboti

Nasos- suyuqlikni bosim ostida so’rish va haydash,gazlarni siqish yoki siyraklantirish, uchun ishlatiladigan qurilma hisoblanadi .Nasos qurilmalarining tarixi bo’ib qadimgi O’rta Osiyo hududida charxpalaklar yordamida suv chiqarishgan. 18-asr boshlariga qadar suv ko’tarish mexanizmlaridan foydalaninshgan bo’lib,bug’ mashinasi yaratilgandan so’ngina ya’ni 18-asr oxirlarida birinchi porshenli nasoslar tadbiq qilina boshlagan va ommalashgan. 20-asrning 20-30 yillaridan boshlab,ba’zi sohalarda markazdan qochma va rotorli nasoslar ishlatila boshladi. Tarixdan so’zlar ekanmiz birinchi markazdan qochma nasos g’oyasini 15-asrda Leonardo da Vinchi ilgari surgan. Bu g’oyani amaliy qo’llagan fransuz muhandisi Blankano oddiy markazdan qochma suv chiqaradigan nasosni 17-asr boshlarida yasagan. Issiqlik dvigateli va elektr dvigateli paydo bo’lgandan so’ng markazdan qochma nasos kengroq qo’llanila boshladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida parrakli va burilma kurakli nasoslar yaratildi.

Markazdan qochma nasoslarda suyuqlik, ish g’ildiragi aylanishidan vujudga keladigan markazdan qochma kuchlar hisobiga uzatiladi. So’rish quvuridan ish g’ildiragi markaziga uzatilgan suyuqlik, ish g’ildiragi parraklari orqali olib ketiladi. Olib ketilgan suyuqlik markazdan qochma kuch ta’sirida parraklar orqali olib kelish kanaliga tushadi. Bu erda tezlik kamayishi hisobiga bosim ortadi va suyuqlik bosim quvuriga o’tadi.

Markazdan qochma nasoslar keng tarqalgan suv uzatish mashinalaridir. Ular maxsus muftalar yoKi to’g’ridan-to’g’ri elektrodvigatel’ valiga ulanib harakatga keltiriladi. Shuning uchun, ular foydali ish koeffisient(F.I.K)- ining yuqoriligi, ixchamligi va ishonchli ishlashi bilan harakterlidir.

Markazdan qochma nasosning umumiy ko’rinishi

markazdan qochma nasos ishchi parraklari

Nasos qurilmalari uchun dvigatel tanlash uchun ma’lumotlar

O’zgarmas tok elektr dvigatellari elektr yuritma tezligini rostlash bo’yicha katta imkoniyatlarga ega. Parlel qo’zg’atishli o’zgarmas to’k dvigateli tezlikni oson boshqariladigan manbaadan ta’minlansa, rostlash chegarasini 10:1 gacha kengaytirish mumkin. Bundan tashqari elektr yuritma tizimida elektromashina, elektrmagnit va tristorli o’zgartgichlarni qo’llash, rostlash chegarasini yanada kengroq ya’ni 150:1 gacha o’tkazish mumkin.

Ammo qator hususiyatgalarga ko’ra o’zgarmas to’k dvigatellari o’zgaruvchan tok dvigatellariga nisbatan kamchliklariga ega:

Katta o’lchamlari va og’irligi

kabi kamchiliklarga ega bo’lib, katta ekspluattasion va capital xarajatlarni talab etadi. O’zgaruvchan va o’zgarmas tok elektr dvigatellarni taqqoslashda ularni tezligini rostlash shartlari katta ahamiyatga ega. O’zgaruvchan dvigatellarda bu ko’rsatgichlar anchayin yomon, lekin hozirgi texnika asridagi jadal davrda yarim o’tkazgichli apparatlarni ya’ni tristorli boshqarish tizimlaridan foydalanish ( TCHO’-AD) tizimlaridan foydalanish yil sayin ommalashmoqda. Bu zamonaviy tizimlar oddiy asinxron dvigatellardan samarali foydalnish va sarf xarajatlarni 5-6 barobarga kamaytirish imkoniyatlarini bermoqda.

Tristorli chastota o’zgartgich qurilmasining strukturaviy sxemasi

TCHO’-Invertor qurilmasining elektrodvigatelga 380-220V kuchlanishga ulanish sxemasi

Tiristorli chastota o‘zgartkichlar

Ta’minlovchi kuchlanishning chastotasini o‘zgartirib asinxron motorning tezligini rostlash, tezlikni rostlash usullari ichida iqtisodiy jihatdan eng samarali usuldir. Tezlikni chastotani o‘zgartirib rostlaganimizda butun tezlikni rostlash diapazoni oralig‘ida asinxron motorning sirpanishi uncha katta bo‘lmagan o‘zgarmas qiymatda qolishi natijasida motorning isrof quvvati katta bo‘lmaydi. Tezligi chastotani o‘zgartirib boshqariladigan asinxron elektr yuritmalarning statik va dinamik xususiyatlari o‘zgarmas tok elektr yuritmalari bilan deyarli monand bo‘ladi. Rotor chulg‘amlari qisqa tutashtirilgan asinxron motorlarning o‘zgarmas tok motorlarga nisbatan 1,5 – 2 martaba yengil bo‘lishi va deyarli 3 barobar arzonligini hisobga oladigan bo‘lsak, unda chastota bo‘yicha boshqariluvchi asinxron elektr yuritmalarning sanoatda kelajakda qo‘llanilishi imkoniyatlari xali juda keng ekanligi yaqqol ko‘rinadi.

TChO‘larning asosiy afzalliklari:

Tiristorlar quvvatlarining kichikligi va o‘zgartkich foydali ish koeffisienti yuqori;

Tiristorlarni boshqarishda sun’iy kommutatsiya qurilmalarining bo‘lmasligi o‘zgartkichning ishonchliligi darajasini oshiradi va og‘irlik – o‘lchov kattaliklarini kamaytiradi;

Formasini o‘zgartirmagan holda past chastotalarda chiqish kuchlanishlarni olish mumkinligi;

Asinxron motorning rekuperativ tormoz rejimini osonlik bilan hosil qilish mumkinligi.

TChO‘ning asosiy kamchiliklari:

Chiqish kuchlanishi chastota qiymatining chegaralanganligi (tarmoq kuchlanish chastotasiga yaqin va undan katta qiymatli chastotaga ega bo‘lgan kuchlanish hosil qilish mumkin emasligi);

Tarmoq quvvat koeffisientining past bo‘lishi;

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 487.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling