Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti
Transformatorlarning differentsial va gaz himoyasi
Download 0.62 Mb.
|
diplom tugadi Bozorboyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transformatorlarning differensial himoyalarida nobalans toklari
Rele ximoyasini xisoblash va turini tanlash.
Transformatorlarning differentsial va gaz himoyasiTransformatorlar differentsial himoyasining ishlash printsipi, liniyalar va generatorlar differentsial himoyalarining ishlash printsipi kabi, transformatorning kirishi va chiqishidagi toklarni qiymati va yo’nalishi bo‘yicha taqqoslashga asoslangan. Normal rejim va tashqi qisqa tutashuvlarida, 31-rasm, a da ko‘rsatilgandek, II va III birlamchi toklar bir tomonga yo‘nalgan va ular orasidagi nisbat transformatorning transformatsiya koeffitsiyentiga teng N= III/ II Qisqa tutashuv transformatorda bo’lganda II va III toklar bir biriga qarama-qarshi yo‘nalishga ega va ular orasidagi nisbat transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti teng emas. Transformator differensial himoyasining ishlash prinsipi Tashqi qisqa tutashuvlarda differensial himoya ishlamasligi va ichki qisqa tutashuvlarda ishlashi kerak. Bularni hisobga olgan holda differentsial himoyaning sxemasi bajariladi. Transformatorning ikkala tomoniga TA1 va TA2 tok transformatorlari o‘rnatiladi, ularning ikkilamchi cho‘lg‘amlari bir-biriga harxil qutblari bilan va ularga parallel qilib differentsial rele ulanadi. Bunday ulanishda rele cho‘lg‘amidan o’tadigan ikkilamchi I1 va I2 toklar normal rejimda va tashqi qisqa tutashuvlarda bir-biriga qarama-qarshi, transformatorda qisqa tutashuv bo‘lganda esa bir hil yo‘nalishda bo‘ladi. Agar TT larning transformatsiya koeffitsiyentlarini normal rejimda ikkilamchi toklari teng bo‘ladigan qilib tanlansa, himoya faqat ichki qisqa tutashuvlardagina ishlaydi. Transformatorlarning differensial himoyalarida nobalans toklariNobalans toklari deb normal yoki tashqi qisqa tutashuvlarda, ya’ni differentsial himoya ishlamasligi kerak bo‘lgan rejimlarda reledan o‘tadigan toklarga aytiladi. Nobalans toklari himoyaning noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun differentsial himoyani nobalans toklaridan chetlashtirish zarur. Nobalans toklarining hosil bo’lishi sabablari quyidagilar: 1. Tok transformatorining (TT) ikkilamchi toklari teng bo‘lmasligi. TT larning transformatsiya koeffitsiyentlari standart qiymatlarga ega bo‘lganligi uchun ikkilamchi toklarni aniq tenglashtirib bo‘lmaydi. Nobalans toklarini kamaytirish uchun tok avtotransformatorlaridan yoki tez tuyinuvchi transformatorli relelarning (masalan, , RNT turdagi) tenglashtiruvchi cho‘lg‘amlaridan foydalaniladi; 2. Transformator cho‘lg‘amlari ulanish sxemalarining har xilligi sababli cho‘lg‘amlarining birlamchi toklari orasidagi burchak siljishi hosil bo‘ladi. Masalan, cho‘lg‘amlar yulduz - uchburchak sxemasi bo‘yicha ulanganda burchak siljishi 30° ga teng. Burchak siljishini kompensatsiya qilish uchun transformatorning cho‘lg‘ami yulduzga ulangan tomonda TT lar uchburchakka va uchburchakka ulangan tomonda TT lar yulduzga ulanadi; 3.Transformatorning transformatsiya koeffitsiyentini rostlash. Bunda cho‘lg‘amlarning birlamchi toklari orasidagi nisbat buziladi va rele cho‘lg‘amida nobalans toklari hosil bo’ladi. Bu tok Inb.r=(N%/100)(Ik.max /KI)ga teng. Kuchlanish ostida rostlanadigan transformatorlarda bo‘lib olinadi; 4. Transformatorlarning magnitlash toki. Yuklamaga ulanmagan transformator manbaga ulanganda uning faqat birlamchi cho‘lg‘amidan nominalga nisbatan 58 marta katta magnitlash toki o‘tadi. Natijada differentsial himoya noto‘g‘ri ishlaydi. Buning oldini olish uchun differentsial himoya magnitlash tokining sakrashidan, asosan quyidagi yo‘llardan biri yordamida chetlashtiriladi: a) himoyaning sezgirligini kamaytirish (differentsial otsechka); v) releni oraliq tez to‘yinuvchi tok transformatori orqali ulash (RNT yoki DZT turdagi relelar foydalanib bajarilgan differentsial himoyalar). Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling