Andijon mashinasozlik instituti “gumanitar fanlar” kafedrasi


-bob. Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari


Download 61.31 Kb.
bet12/19
Sana17.06.2023
Hajmi61.31 Kb.
#1530177
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
97-Mavzu Moliya, moliya munosabatlari va moliya tizimi.

3-bob. Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari
1-§. Soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish
Budjetni rejalashtirishning amaldagi tizimida strategik yondashuvning mavjud emasligi budjet mablag‘larini soliq-budjet siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va Davlat budjetining moliyaviy salohiyatidan kelib chiqqan holda taqsimlash imkoniyatini cheklaydi.
Bu esa, o‘z navbatida, budjet majburiyatlarining mantiqsiz o‘sishiga va ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi yetarli darajada nazorat qilinmasligiga olib keladi.
Davlat siyosatining o‘rta va uzoq muddatli maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash va unga erishish talablariga javob beradigan samarali davlat moliyasini boshqarish tizimini yaratish maqsadida “moliya yili davomida moliyaviy resurslarning yetarliligini baholash” tamoyilidan “qabul qilinayotgan siyosiy qarorlarning o‘rta va uzoq muddatli oqibatlarini va ajratilgan budjet mablag‘larining natijadorligini baholash” tamoyiliga o‘tishni nazarda tutuvchi strategik yondashuvni soliq-budjet siyosati doirasida keng joriy etish zarur.
1.1. Budjet jarayonini takomillashtirish
To‘laqonli o‘rta muddatli budjetli rejalashtirishga o‘tish maqsadida soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va Davlat budjetini o‘rta muddatli davrga tayyorlash tamoyillarini, aniq maqsadlar va ularga erishish muddatlarini belgilovchi hamda fiskal tavakkalchiliklar tahlili hisobga olingan holda o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish choralarini ko‘rish zarur.
Shu bilan birga, soliq-budjet prognozlarini tayyorlashda davlat organlari tomonidan foydalaniladigan o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlar ishonchliligini oshirish choralarini ko‘rish va bu ma’lumotlarni hisobot davri yakunlari bo‘yicha haqiqiy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash orqali baholab borish lozim.
Budjet jarayoni bosqichlari (O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarini tayyorlash, ko‘rib chiqish, qabul qilish va tasdiqlash) budjetni o‘rta muddatli rejalashtirishga o‘tilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining nazorat funksiyalari, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning (budjet mablag‘larini taqsimlovchilar) roli va funksional vazifalari qayta taqsimlanishi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
Bunda, birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga dastlabki budjetdan ajratiladigan mablag‘larning chegaralangan miqdorlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan yetkazish orqali mazkur ajratilayotgan mablag‘larning Hukumat tomonidan belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiqligi hamda taqdim etiladigan budjet so‘rovlarining sifat darajasining oshishiga erishish ko‘zda tutilmoqda.

Download 61.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling