Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Tabiiy qobiliyatlarodamlar va hayvonlar uchun xos boʻlib, idrok qilish 
xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir 
Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega boʻlib, ijtimoiy 
hayot va taraqqiyotni ta‘minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar oʻz navbatida 
umumiy va xususiy qobiliyatlarga boʻlinadi. 
Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta‘minlovchi 
aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qoʻl harakatlarini aniqligi va 
boshqa xususiyatlardan iborat. 
Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan boʻlishini, 
ogʻzaki mantiqiy xotirani, qat‘iyat va sabr-toqatni talab qiladi. 
Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan boʻlimini, 
oʻtkir emotsional ta‘sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga 
tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-
farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni oʻz ichiga oladi. 
Matematik qobiliyat matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza 
yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini kamaytirish, masalani 
idrok qilish bilan natijasi oʻrtasida aloqa oʻrnatish, toʻgʻri va teskari fikr 
yuritishdagi yengillik, unumlilik, masala yechishda fikr yuritishni epchilligi 
kabilar. 
Adabiy qobiliyat nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada 
yorqin koʻrgazmali obrazlarning jonligini, «til zehni», behisob xayolan ruhiyatga 
qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar. 
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan boʻlib, nazariy 
qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon boʻladi.
Oʻquv qobiliyatlari bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish, shaxs – 
shakllanishi, pedagogik ta‘sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol oʻynaydi.


220 
Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma‘naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi 
gʻoya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon boʻladi. 
Rus olimi I.P.Pavlov oʻz ta‘limotida «badiiy», «fikrlovchi», «oʻrta» tiplarga 
ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab 
beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va 
ikkinchi signal tizimidan iboratligi toʻgʻrisidagi ta‘limotga asoslanadi. Birinchi 
signallar tizimi obrazlar, emotsiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar 
haqida soʻzlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov 
tomonidan «signallarning signali» deb nomlangan edi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling