Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

lokallashtirish deyiladi (psixologik adabiyotlarda«nazorat lokusi» degan atama 
qoʻllaniladi, lotinchada «lokus» – «oʻrnashgan joy» va frantsuzchada «controle» – 
«tekshirish» degan ma‘nolarni anglatadi). Oʻz xulq-atvori va ishlari sabablarini tashqi 
omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil boʻladigan 
odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi 
toʻgʻrisida fikryuritiladi. 
Muxandis 
kadrlarida 
irodaviy 
fazilatlarni 
shakllantirish 
faoliyat 
samaradorligini ta‘minlovchi psixologik omillardan sanaladi. Muxandis kadrlari 
oʻz kasbiy vazifalarini benuqson bajarishlarini qiyinlashtiradigan, ba‘zan xizmat 
faoliyatlarida maqsadga erishish uchuntoʻsqinlik qiladigan turli toʻsiqlarga duchor 
boʻladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchiliklar va toʻsiqlarni engishga 


213 
undovchi iro- daviy fazilatlarini namoyon qilishlari muhimdir. Irodaviy 
koʻnikmalarni rivojlantirish uchun mashgʻulotlar jarayoniga qoʻyilgan vazifani 
bajarishga toʻsqinlik qiluvchi muayyan elementlar, toʻsiqlarni kiritish katta 
yordamberadi. 
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi shartlarni oʻz ichiga oladi: 
1) 
irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf 
etishdanboshlash; 
2) 
qiyinchiliklarnivatoʻsiqlarnibartarafetishma‘lum 
maqsadga 
erishish 
uchun amalga oshirilishinitushunish; 
3) 
qabul qilingan qaror bajarilishi kerakligi; 
4) 
maqsadga erishish bosqichlarini koʻra olish judamuhimdir. 
Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan 
boshlash kerak. Dastlab unchalik katta boʻlmagan qiyinchilikni, vaqt oʻtishi bilan 
kattaroq qiyinchilik- larni muntazam ravishda enga borib, kishi oʻzining irodasini 
mashq qildiradi vachiniqtiradi. 
Muxandiskadrlarining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy holatlarning oʻrni 
beqiyosdir. Chunki kadrning murakkab vaziyatlarda qulay ruhiy holatni saqlash 
qobiliyati faoliyat samaradorligini ta‘minlovchi omillardan biri sanaladi. 
Kadrning hissiy-irodaviy turgʻunligi quyidagilarda namoyon boʻladi: 
– ekstremal vaziyatlarda harakat samaradorligini pasaytiruvchi, adashishlar 
tugʻdiruvchi psixologik reaktsiyalarningyoʻqligi; 
– psixologik 
jihatdan 
murakkab 
sharoitlarda 
kasbiy 
vazifalarni 
bexatobajarish; 
– kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyatlarga 
nisbatan oqilona ehtiyotkorlik bilanyondashish. 
Shu nuqtai nazardan kadr faoliyatining samaradorligi koʻp jihatdan oʻz xatti-
harakatlarini boshqara olishi, oʻz his-tuygʻularini nazorat qila olishiga bogʻliq. 
Shuningdek, muxandiskadrlarining oʻzlarini irodaviy boshqara olishi, murakkab 
vaziyatlarda tezkor, oqilona qarorlar qabul qilishi kasbiy qobiliyati bilan 


214 
belgilanadi. Ya‘ni kadr oʻzini irodaviy boshqarish orqali salbiy hissiyotlarni yoʻq 
qilishi, oʻzida ishonch hissini uygʻotishi, diqqatini bir joyga jamlashi va butun 
kuchini qoʻyilgan vazifani bajarishga safarbar etishi uning asosiy sifatlaridan 
sanaladi. 
Kadr oʻzining psixologik holati va xatti-harakatlarini boshqara olmasligi 
uning irodasi sustligi, ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish qobiliyatining 
pastligidan dalolat beradi va bu aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi 
barchagama‘lum. 
Shu bois kadrlarning hissiy-irodaviy oʻzini oʻzi boshqarish yoʻllari va 
usullarini egallashlari bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. Xizmat 
faoliyatida kuchli irodaga ega boʻlgan, oʻz hissiyotlarini boshqara oladigan, 
jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda oʻzining jismoniy vaaqliy 
imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan kadr koʻproq muvaffaqiyatgaerishadi. 
Shu ma‘noda hissiy-irodaviy boshqarishning asosiy maqsadi ham kadrning 
oʻz ichki imkoniyatlaridan yuqori darajada foyda- lanishiga, ijodiy salohiyatining 
ochilishiga, kasbiy xislatlari va qobiliyatlari namoyon boʻlishiga yordam beradigan 
alohida psixologik xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. 
Psixologiya fanning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida shaxsning oʻziga 
xos sifatlari, ya‘ni temperament, xarakter va qobiliyatga nisbatan bildirilgan 
mulohazalar, uning moddiy asosi toʻgʻrisidagi talqinlar xilma-xil boʻlib, shaxsning 
psixo- logik xususiyatlarini oʻziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat 
qilibkelgan. 
Temperament 
lotincha «temperamentum» soʻzidan olingan boʻlib, 
«aralashma» degan ma‘noni anglatadi. Temperamenttoʻgʻrisidagi dastlabki 
ta‘limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan) 
yaratgan boʻlib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qoʻllanilib kelinmoqda 
Psixikaning individual jihatdan oʻziga xos, tabiiy shart- lashgan dinamik 
koʻrinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi. 
Gippokratning toʻrt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya‘ni 
«temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, holerik, flegmatik, 


215 
melanxolik) ramziy ma‘noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qoʻllanilib 
kelinmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning koʻpligi bilan 
xarakterlanadi) sangvinik temperament (lotin tilidagi «sangvis» – «qon» soʻzidan 
olingan);limfakoʻpboʻlgandaflegmatiktemperament(grekcha 
«flegma» – shilimshiq parda degani); sariq oʻtning koʻpayganligini holerik 
temperament 
(grek 
tilidagi 
«hola» 
– 
«oʻt» 
soʻzidan 
olingan);qoraoʻtkoʻpboʻlgandamelanxoliktemperament(grekcha «melayna hole» – 
«qora oʻt») deb ataladi. 
Kishining temperamenti qanaqaligi haqida tasavvur odatda shu shaxsga xos 
boʻlgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. 
Psixik faollikka ega boʻlgan, atrofda boʻlayotgan hodisalarga tez munosabat 
bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez oʻzgartirishga intiluvchi, koʻngilsizliklarni 
nisbatan engil oʻtkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan boʻlgan kishi sangvinik 
deyiladi. 
Yuragi keng, barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuygʻuga 
ega, harakatlari va nutqi bir maromida boʻlgan, ruhiy holatini tashqi tomonda ifoda 
etadigan kishi flegmatik deb ataladi. 
Juda gʻayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega boʻlgan, tez, 
qizgʻin emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin oʻzgarishlariga moyil, ildam 
harakatlar qiladigan kishi holerik deb ataladi. 
Ta‘sirchan, chuqur kechinmali, gap koʻtara olmaydigan, atrofdagi voqealarga 
unchalik e‘tibor bermaydigan, oʻzini nazorat qila oladigan va sekin ovoz 
chiqaradigan kishilar melanxoliklar deb ataladi. 
Temperament turlarining tasnifi (I.P. Pavlov ta‘limotiga koʻra): 
1) 
kuchli, ehtirosli, behalovat –holerik; 
2) 
kuchli, bosiq, epchil –sangvinik; 
3) 
kuchli, bosiq, sust –flegmatik; 
4) 
kuchsiz –melanxolik 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling