Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-MAVZU. KASBIY FAOLIYATDA INDIVIDUAL TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR
- 9.1. Individual tipologik xususiyatlar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Psixodiagnostika nima? 2.Psixodiagnostikaning tamoyillari qaysilar? 3.Psixodiagnost shaxsiga qoʻyiladigan talablar haqida nimalarni bilamiz? 4.Psixodiagnostikaning ma'naviy-axioqiy me'yorlari. 5.Testlarning turlari, me'yorlari. 6.Psixodiagnostik tadqiqotlarni o ‗tkazish. 7.Metodikaning validligi, validlik turlari, mezonlari. 8.Metodikaning ishonchliligi. 9.Metodikaning aniqligi haqida nimalarni bilamiz? 9-MAVZU. KASBIY FAOLIYATDA INDIVIDUAL TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR 9.1. Individual tipologik xususiyatlar. 9.2. Tеmpеramеnt tiplarining tavsifnomasi. 9.3. Xarakter va irodaviy sifatlar 9.4. Umumiy va maxsus qobiliyatlar 208 Tayanch ibora va tushinchalar: shaxs, individual tipologik xususiyatlar, kasbiy qobiliyat, xarakter, xarakter tiplari, temperament, temperament turlari, umumiy qobiliyat, maxsus qobiliyat, 9.1. Individual tipologik xususiyatlar Insonning ruhiy olami betoʻxtov harakatlar majmuasidan iborat boʻlib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga oʻxshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit toʻgʻrisidagi taassurotlar, oʻtmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda oʻzaro oʻrin almashtirib turish evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur‘ati, mazmuni, shakli, koʻlami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon boʻlishi kuzatiladi. Shuning uchun boʻlsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta‘sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik koʻrsatadilar. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar oʻrtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta‘kidlanadi, ular orasidagi farqlarni ajratib koʻrsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va oʻziga xos tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib koʻrsatish maqsadga muvofiq. Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va hodisalardan farqli oʻlaroq, aynan shu shaxsning oʻzida, uning turli faoliyatlarida, muomalasida ifodalanadi. Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli boʻlganligi tufayli inson hayoti va faoliyati (umri) davomida yoki uning muayyan bir boʻlagida (ta‘sirga beriluvchanligi sababligidan qat‘i nazar) barqaror, oʻzgarmas va mustahkamdir. Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari oʻzaro bir-biri bilan gʻayriqonuniy ravishda birlashgan boʻlmasdan, balki ular oʻzaro bir-biri 209 muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini tavsiflovchi oʻziga xos tuzilmani vujudga keltiradi. Tеmpеramеntning fiziologik asoslari: qadimgi yunon olimi Gippokrat ta‘limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan oʻzaro bir- biridan tafovutlanishi, ularning tana a‘zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bogʻliq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta‘biricha, inson tanasida toʻrt xil suyuqlik (xilt) mavjud boʻlib, ular oʻt yoki safro (yunoncha «chole»), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora oʻt (yunoncha melas «qora», chole «oʻt»), balgʻam (yunoncha «phlegma») kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha: – oʻtning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi tana a‘zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir; – qonning xususiyati issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir; – qora oʻtning xususiyati namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir; – balgʻamning (shilimshiq moddaning) xususiyati sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovitib turishdan iboratdir. Gippokrat ta‘limotiga muvofiq har bir insonda shu toʻrt xil suyuqlik mavjud boʻlib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq boʻlsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq oʻt, sangvinikda qon, flegmatikda balgʻam, melanxolikda qora oʻt ustun boʻlishi ta‘kidlanadi. Yirik rus psixologlaridan biri B.M. Teplov (1896–1965) va uning shogirdlari, maslakdoshlari I.P. Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining oʻziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq boʻldilar. Ular nerv- fiziologik jarayonlarning nozik qirralarini oʻrganishga maxsus moslamalar yordami bilan oʻzgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omillarni) matematik statistika metodlari orqali hisoblashni tatbiq etdilar. Shuningdek, B.M. Teplov ilmiy maktabining namoyandalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslarning hosil boʻlish tezligini tavsiflovchi individual 210 xususiyatlar turkumi ham ta‘riflab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi nerv sistemasining notanish xususiyati dinamiklik deb nomlangan ham tavsiflangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qoʻzgʻalish jarayoni toʻxtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik dеb atay boshlaganlar. Shuning bilan birga nerv sistemasining boshqa xususiyatlari mavjudligi toʻgʻrisida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi, senzitivlik, reaktivlik va hokazo. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling