Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Psixodiagnostika nima? 
2.Psixodiagnostikaning tamoyillari qaysilar?
3.Psixodiagnost shaxsiga qoʻyiladigan talablar haqida nimalarni bilamiz? 
4.Psixodiagnostikaning ma'naviy-axioqiy me'yorlari.
5.Testlarning turlari, me'yorlari.
6.Psixodiagnostik tadqiqotlarni o ‗tkazish.
7.Metodikaning validligi, validlik turlari, mezonlari.
8.Metodikaning ishonchliligi.
9.Metodikaning aniqligi haqida nimalarni bilamiz?
9-MAVZU. KASBIY FAOLIYATDA INDIVIDUAL TIPOLOGIK 
XUSUSIYATLAR
9.1. Individual tipologik xususiyatlar 
9.2. Tеmpеramеnt tiplarining tavsifnomasi.
9.3. Xarakter va irodaviy sifatlar
9.4. Umumiy va maxsus qobiliyatlar 


208 
Tayanch ibora va tushinchalar: shaxs, individual tipologik xususiyatlar, kasbiy 
qobiliyat, xarakter, xarakter tiplari, temperament, temperament turlari, umumiy 
qobiliyat, maxsus qobiliyat,
9.1. Individual tipologik xususiyatlar 
Insonning ruhiy olami betoʻxtov harakatlar majmuasidan iborat boʻlib, biri 
ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga oʻxshash tarzda 
hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit toʻgʻrisidagi 
taassurotlar, oʻtmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, 
xohish-istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy 
kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda oʻzaro oʻrin almashtirib turish 
evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, 
uning sur‘ati, mazmuni, shakli, koʻlami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi 
alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon boʻlishi kuzatiladi. 
Shuning uchun boʻlsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush 
voqeliklariga, omillariga, ta‘sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot 
bilan javob qaytarishga moyillik koʻrsatadilar. 
Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar 
oʻrtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta‘kidlanadi, ular orasidagi 
farqlarni ajratib koʻrsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va oʻziga xos 
tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib koʻrsatish maqsadga muvofiq. 
Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va 
hodisalardan farqli oʻlaroq, aynan shu shaxsning oʻzida, uning turli faoliyatlarida, 
muomalasida ifodalanadi. 
Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli boʻlganligi 
tufayli inson hayoti va faoliyati (umri) davomida yoki uning muayyan bir boʻlagida 
(ta‘sirga beriluvchanligi sababligidan qat‘i nazar) barqaror, oʻzgarmas va 
mustahkamdir. 
Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari oʻzaro bir-biri 
bilan gʻayriqonuniy ravishda birlashgan boʻlmasdan, balki ular oʻzaro bir-biri 


209 
muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini 
tavsiflovchi oʻziga xos tuzilmani vujudga keltiradi. 
Tеmpеramеntning fiziologik asoslari: qadimgi yunon olimi Gippokrat 
ta‘limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan oʻzaro bir-
biridan tafovutlanishi, ularning tana a‘zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) 
turlicha nisbatda joylashuviga bogʻliq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat 
ta‘biricha, inson tanasida toʻrt xil suyuqlik (xilt) mavjud boʻlib, ular oʻt yoki safro 
(yunoncha «chole»), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora oʻt (yunoncha 
melas «qora», chole «oʻt»), balgʻam (yunoncha «phlegma») kabilardan iboratdir. 
Uning mulohazasicha:
– oʻtning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi tana a‘zolarida quruqlikni 
saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir; 
– qonning xususiyati issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir; 
– qora oʻtning xususiyati namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab 
turishdir; 
– balgʻamning (shilimshiq moddaning) xususiyati sovuqlikdir, uning vazifasi 
badanni sovitib turishdan iboratdir. 
Gippokrat ta‘limotiga muvofiq har bir insonda shu toʻrt xil suyuqlik mavjud 
boʻlib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha 
temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq boʻlsa, shunga qarab insonlar 
temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq oʻt, sangvinikda 
qon, flegmatikda balgʻam, melanxolikda qora oʻt ustun boʻlishi ta‘kidlanadi.
Yirik rus psixologlaridan biri B.M. Teplov (1896–1965) va uning shogirdlari, 
maslakdoshlari I.P. Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari 
xususiyatlarining oʻziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq boʻldilar. Ular nerv-
fiziologik jarayonlarning nozik qirralarini oʻrganishga maxsus moslamalar yordami 
bilan oʻzgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omillarni) matematik 
statistika metodlari orqali hisoblashni tatbiq etdilar.
Shuningdek, B.M. Teplov ilmiy maktabining namoyandalari tomonidan ijobiy 
va tormozlovchi shartli reflekslarning hosil boʻlish tezligini tavsiflovchi individual 


210 
xususiyatlar turkumi ham ta‘riflab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar 
mohiyatida ifodalanuvchi nerv sistemasining notanish xususiyati dinamiklik deb 
nomlangan ham tavsiflangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining 
bir guruh individual xususiyatlari qoʻzgʻalish jarayoni toʻxtalishining tezligi 
mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik dеb atay 
boshlaganlar. Shuning bilan birga nerv sistemasining boshqa xususiyatlari 
mavjudligi toʻgʻrisida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi, senzitivlik, 
reaktivlik va hokazo. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling