Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar
albatta taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlani keltirib chiqarmasligi kerak. Psixodiagnostika bilan shugʻullanuvchi odamlarga maxsus malakaviy talablar qoʻyiladi. Asosiylari quyidagilardir: nazariy tayyorgarlik; psixodiagnostik metodikalarni va ulami o ‗tkazish shart sharoitlarini mukammal bilishi; biron-bir metodikani amaliyotda qoʻllay olishda zaruriy tajribaga ega boʻlishi. Har qanday psixodiagnostik metodika yoʻq joydan paydo boʻlmaydi, balki (tashxislash) oʻrganilayotgan ob'ektning psixologik nazariyasi asosida vujudga keladi va 202 rivojlanadi. Masalan, inteliekt testlari, intellektning hayotiy voqeliklarda namoyon boʻlishi, ahamiyati. tuzilishi va uning tabiati haqidagi ilmiy tasavvurlarga asoslanadi. Shaxs testlari, shaxsning tuzilishi, shaxs xususiyatlarining taraqqiyoti va tabiati, ilmiy ma'nosi haqidagi nazariyalarga asoslanadi. Psixodiagnostik m etodikalardan toʻgʻri foydalana olish uchun albatta uning nazariy asoslarini bilish shart, aks holda psixodiagnost tadqiqot natijalarining analizi, sharhlash va xulosalarda xatoliklarga yoʻl qoʻyishi mumkin. Eksperimentator biron-bir psixologik testni mukammal oʻzlashtirib olmagan boʻlsa va hech boʻlmaganda o ‗zida boshqa bir odamda sinab koʻrmagan boʻlsa, uni qoʻllashga haqli emas. Bundan tashqari, psixodiagnostik metodikalami qoʻllashning shart sharoitlariga qat'iy amal qilish shart. Ammo har qanday voqelikda ham psixologik tashxis bilan kim shugʻullanishidan qa'tiy nazar - mutaxassismi yoki qiziquvchimi, quyidagi ma'naviy-ahloqiy me'yorlarga rioya qilishi shart: Shaxsni oʻz xohishisiz psixologik tadqiqotga jalb qilish man qilinadi, faqat ba'zi bir hodisalar bundan mustasno, ya'ni sud tibbiyot amaliyotlari agar qonun bilan chegaralanmagan boʻlsa. Psixologik testlar o ‗tkazishdan oldin sinaluvchi, tadqiqot jarayonida oʻzi anglamagan holda, oʻz fikri va hissiyotlari haqida m a'lumotlar berib turishi toʻgʻrisida ogohlantirib qoʻyilishi kerak. Har bir odam agar qonun bilan chegaralanmagan b o ‗lsa, test natijalarining qachon, kim tomonidan va qanday maqsadda qoʻllanilishi haqida bilishga haqlidirlar. Psixologik test natijalari tadqiqot o ‗tkazgan shaxs tom onidan sinaluvchiga tushunarli bolgan shaklda tayyorlab taqdim qilinadi. Voyaga etmagan bolalar bilan oʻtkazilgan test natijalarini ularning ota-onalari yoki ulam ing o ‗rnini bosuvchi shaxslar bilishga haqlidir. Agar test shaxsning psixologik taraqqiyot darajasini aniqlash maqsadida oʻtkazilsa, u holda sinaluvchi nafaqat testning maqsadini, balki kim tomonidan nima asosida test natijalarining xulosasi chiqarilishini bilishga haqlidir. Amaliyotda psixologik testlarni qollashda asosiy javobgariik ulardan foydalanayotgan shaxslar, tashkilotlar va psixologlar zimmasidadir. 203 Psixologiyada test deb, oʻrganilayotgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini, miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarini bir biriga taqqoslash imkonini beruvchi standartlashtirilgan psixodiagnostik metodikaga aytiladi. Metodikaning standartlashtiriIishi tushunchasining ma‘nosi shundan iboratki, u voqea, hodisalardan boshlab sinaluvchiga beriladigan koʻrsatmalar. hisoblash usuli, olingan natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning hammasi, hamma vaqt va har joyda bir xil qoʻllanilishiga aytiladi. Testlar yordamida olingan bahoiar, agar test toʻgʻri qoʻllanilgan boʻlsa, test qachon, qaerda, qanday qilib va kim tomonidan qoʻllanilganidan qat‘iy nazar ularni bir-biri bilan tenglashtirish, taqqoslash deb yuritiladi. Har xil psixodiagnostik metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik, aniqlik va bir xillik mezonlariga juda qat'iy talablar qoʻyiladi. Testlarning koʻpíab turlari mavjud va ularni qollanish asoslariga qarab bir necha guruhga boiish mumkin: test predmetligi boʻyicha (sifati boyicha, ya'ni aynan sifatni testlar yordamida baholash); testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati; materiallar boʻyicha sinaluvchiga talablar; ob‘ekt boʻyicha baholash. Predmetligi boʻyicha testlar intellektual shaxsiy va shaxslararo testlarga boʻlinadi. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati boʻyicha amaliy, obrazli va soʻzli testlar. Test materiallarining tavsifi boʻyicha sinaluvchiga talablar, blankali va apparaturali testlarga boʻlinadi. Ob'ekt boʻyicha baholash — protsessual testlar, yutuqqa erishish testi, holat va xususiyatlar testi. Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni alohida bilish jarayonlarini (idrok, diqqat. xayol. xotira. nutq) baholashda qollaniladi. Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xatti harakatlarini aniqlash, bunga: temperament, xarakter. motivatsiya, emotsiya va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi. Bundan tashqari, shaxsni har tomonlama, shaxs holatini kompleks baholash alohida xususiyatining rivojlanganlik darajasini baholash testlari ham mavjud. Bunga Kettell, MMP va boshqa testlar kiradi. Xususiy testlar 204 yordamida, shaxsning alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, masalan xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus nazorati, yutuqqa erishish motivi, tajovuzkorlik va boshqalar aniqlanadi. Shaxslararo testlar har xil ijtimoiy guruhlarda odamlarning munosabati sifatida ijtimoiy-psixologik oʻz-oʻzini attestatsiya qilish testi. Amaliy testlar o 'ziga topshiriq va shakllarni qamrab oladi, bunda sinaluvchi aniq predmet materiallari ularni almashtiruvchi materiallar bilan koʻrgazmali- harakatli reja asosida amaliy ish bajaradi. Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va tasavvurlar bilan mashqlarni oʻz ichiga oladi. Verbal testlar soʻzli topshiriqlardan iborat, ular tushunchalarni aniqlash, xulosa chiqarish, har xil soʻzlarning ma'nosini anglash va taqqoslash hamda bu soʻzlar bilan har xil mantiqiy operatsiyalarni bajarishni oʻz ichiga oladi. Testlarda qoʻllaniladigan koʻpgina topshiriqlar kompleks xarakterga ega va bu testlarda amaliy, nazariy, obrazli va verbal topshiriqlar mujassamlashgan. Bu odamning real hayotdagi koʻp vazifalari kompleks xarakterga ega ekanligi bilan bogʻliqdir. Shuning uchun ham, testlar, kishining real hayotdagi yutuqqa erishish imkoniyati va xulqini aytib berish uchun o ‗tkaziladi. Blankali testlar - sinaluvchida test materiallari sifatida har xil shakldagi blankalarda foydalaniladi, masalan, rasmlar, sxemalar, jadvallar va savolnomalar. Apparaturali testlar - bu shunday testlarki, unda test natijalarini qayta ishlash va koʻrsatish uchun har xil turdagi apparaturalar qoʻllaniladi, masalan, audio va videotexnika, elektron hisoblash mashinalari. Protsessual testlar yordamida qandaydir bir psixologik xulqiy jarayon o ‗rganiladi va unga aniq miqdoriy va sifatiy tahlil beriladi. Masalan, materiallarni esda olib qolish jarayoniga. individlarning guruhda shaxslararo hamkorlik jarayoni tahlilini misol sifatida keltirish mumkin. Yutuqqa erishish testlari kishining qandaydir bir faoliyatida. bilish sohasining qandaydir bir turida yutugʻini baholashda qollaniladi, masalan, tafakkurning mantiqiyligi, diqqatning barqarorligi, verbal tafakkurning rivojianganlik darajasi. Holatlar va xususiyatlar testlari shaxs psixologik sifatlarining barqarorligini diagnostika qilish bilan 205 bogliqdir. Masalan, shaxs xislatlari, temperament xususiyati, qobiliyatlari va boshqalar. Proektiv testlar maxsus guruhga ajratiladi. Proektiv test kishining u yoki bu psixologik sifatini togʻridan-toʻgʻri emas, balki bavosita baholaydi. Bunday baholash kishining koʻp m a'noli ob'ektlarni qanday qabul qilishi va talqin qilishining analizi natijasida olinadi. Bunga: surat syujetining noaniqligi, shaklsiz dogʻlar, tugallanmagan jumlalar va boshqalar kiradi. Bunday ob'ektlarni tahlil qilish va baholashi kishi ongsiz ravishda oʻz - o ‗zining «proektsiyasini» koʻrsatib berishi deb yuritiladi. Bu guruh testlariga, Rorshax testi, Tematik Appertseptiv Test (TAT) va boshqalar kiradi. Proektiv testlar sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarurati tugʻilganda qoʻIlaniladi. Psixodiagnostik eksperiment metod sifatida kamdan-kam voqelikda, asosan, kishining zarur psixologik sifatini boshqa usullar bilan aniqlash va baholash imkoniyati boʻlmaganda qoʻllaniladi. Protsessual testlar, tadqiqotchini sinaluvchida kechayotgan psixik va xulqiy jarayonlarning xususiyatlari qiziqtirganda qoʻllaniladi, yutuqqa erishish testlari esa kishining qobiliyati, koʻnikma va malakalarini baholash vazifasini oʻtaydi. Intellekt testlaridan kishining intellektual taraqqiyotining umumiy ko ‗rsatkichini aniqlash va miqdoriy baholash zarurati tugʻilganda foydalaniladi. Psixodiagnostik metodlar singari testlarga ham qat'iy talablar qoʻyiladi: 1. Testning ijtimoiy - madaniy adaptatsiyasi. Bu soʻzlar tuzilmasi, test topshiriqlari va test baholari hamda sinaluvchiga berilayotgan test topshiriqlari ushbu jamiyat madaniyati milliy qadriyatlariga mos boʻlishi zarur degan ma‘noni anglatadi. Masalan, Evropada tuzilgan test boshqa bir mamlakatda birinchi marta qoʻllanlayotgan boʻlsa va bu mamlakatda intellekt strukturasi soʻz-mantiqiy boʻlmasa, balki obrazli amaliy tafakkurli boʻlsa, test albatta ijtimoiy-madaniy moslashtirilgan bolishi shart. Agar test moslashtirilmagan holda, ya'ni qanday boʻlsa shundayligicha qoʻllanilsa, u holda biz juda past natijalar olamiz va natijalar ushbu mamlakatda yashovchi kishilarning tafakkuri taraqqiyotining koʻrsatkichiga mos kelmaydi. Ba'zan buning aksi, ya'ni ushbu mamlakatda soʻz-mantiq tafakkuri asosiy rolga ega boʻlsa-yu, test topshiriqlari amaliy tafakkurga oid boʻlsa, u holda 206 biz aqliy taraqqiyotning noadekvat koʻrsatkichiga ega boʻlamiz. 2. Test topshiriqlarining sodda tuzilganligi va bir ma'noliligi. Ushbu talabga binoan, testning soʻz va boshqa topshiriqlarida ya'ni, soʻz, rasmlar kishilar tomonidan har xi] idrok qilinishi va tushunilishi momentlari bolmasligi kerak. 3. Test topshiriqiarini bajarishda vaqtning chegaralanganligi. Bunda psixologik test topshiriqiarini bajarishda vaqt 1,5-2 soatdan oshmasligi lozim, chunki kishi oʻzining ish qobiliyatini yuqori saviyada uzoq muddat ushlab turishi juda mushkuldir. 4. Ushbu test uchun me'yorlarning mavjudligi. Test me'yorlari deb ushbu test reprezentativligining oʻrtacha koʻrsatkichi tushuniladi. Ya'ni koʻp odamlardan toʻplab olingan koʻrsatkichlarning oʻrtacha koʻrsatkichi bilan individning koʻrsatkichi taqqoslanib, uning psixologik taraqqiyoti baholanadi. Test me'yorlari asosan, sinaluvchilarning yoshi. jinsini aniq bilgan holda. katta tanlama guruhidan olingan test natijalarining oʻrtacha bahosi va keyinchalik ularning yoshi, jinsi va bir qancha relevant koʻrsatkichlarini differentsiyalash bilan aniqlanadi. Psixodiagnostik metodikaning validligi haqida mulohaza qilar ekanmiz, validlikning bir necha turi borligini va ularning har birini alohida koʻrib chiqish hamda baholash zarurligini qayd etamiz. V alidlik - nazariy, am aliy, empirik, ichki va tashqi bolishi mumkin. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling