207
metodikani empirik va amaliy validli deb hisoblasak boʻladi. Empirik validlik
mezonlari boʻyicha metodika odamlarning amaliy
faoliyat natijalari hamda
haqqoniy hayotiy huquqlarining koʻrsatkichlarini taqqoslash bilan tekshiriladi.
Ichki validlik - m etodikadagi topshiriqlar, subtestlar,
mulohazalarning umumiy
maqsadga mosligini anglatadi.
Tashqi vaiidlik ham xuddi empirik validlikka o ‗xshash, undan farqli
tomoni shundaki. sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi koʻrinishlarning
koʻrsatkichlari bilan metodikadagi koʻrsatkichlarning o ‗zaro bogʻliqligiga e‘tibor
qaratiladi. Metodikani tuzish jarayonida darhol uning
validligini baholash juda
murakkabdir. Odatda metodikaning validligini tekshirish va aniqlashda metodika
uzoq muddat qoʻllanilgandan so ‗ng u haqida xulosa chiqarish mumkin,
chunki
yuqorida koʻrsatib o ‗tilgan validlikning toʻrt turi ham tekshirilishi zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: