Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
lokallashtirish deyiladi (psixologik adabiyotlarda«nazorat lokusi» degan atama
qoʻllaniladi, lotinchada «lokus» – «oʻrnashgan joy» va frantsuzchada «controle» – «tekshirish» degan ma‘nolarni anglatadi). Oʻz xulq-atvori va ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil boʻladigan odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi toʻgʻrisida fikryuritiladi. Muxandis kadrlarida irodaviy fazilatlarni shakllantirish faoliyat samaradorligini ta‘minlovchi psixologik omillardan sanaladi. Muxandis kadrlari oʻz kasbiy vazifalarini benuqson bajarishlarini qiyinlashtiradigan, ba‘zan xizmat faoliyatlarida maqsadga erishish uchuntoʻsqinlik qiladigan turli toʻsiqlarga duchor boʻladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchiliklar va toʻsiqlarni engishga 213 undovchi iro- daviy fazilatlarini namoyon qilishlari muhimdir. Irodaviy koʻnikmalarni rivojlantirish uchun mashgʻulotlar jarayoniga qoʻyilgan vazifani bajarishga toʻsqinlik qiluvchi muayyan elementlar, toʻsiqlarni kiritish katta yordamberadi. Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi shartlarni oʻz ichiga oladi: 1) irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishdanboshlash; 2) qiyinchiliklarnivatoʻsiqlarnibartarafetishma‘lum maqsadga erishish uchun amalga oshirilishinitushunish; 3) qabul qilingan qaror bajarilishi kerakligi; 4) maqsadga erishish bosqichlarini koʻra olish judamuhimdir. Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Dastlab unchalik katta boʻlmagan qiyinchilikni, vaqt oʻtishi bilan kattaroq qiyinchilik- larni muntazam ravishda enga borib, kishi oʻzining irodasini mashq qildiradi vachiniqtiradi. Muxandiskadrlarining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy holatlarning oʻrni beqiyosdir. Chunki kadrning murakkab vaziyatlarda qulay ruhiy holatni saqlash qobiliyati faoliyat samaradorligini ta‘minlovchi omillardan biri sanaladi. Kadrning hissiy-irodaviy turgʻunligi quyidagilarda namoyon boʻladi: – ekstremal vaziyatlarda harakat samaradorligini pasaytiruvchi, adashishlar tugʻdiruvchi psixologik reaktsiyalarningyoʻqligi; – psixologik jihatdan murakkab sharoitlarda kasbiy vazifalarni bexatobajarish; – kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyatlarga nisbatan oqilona ehtiyotkorlik bilanyondashish. Shu nuqtai nazardan kadr faoliyatining samaradorligi koʻp jihatdan oʻz xatti- harakatlarini boshqara olishi, oʻz his-tuygʻularini nazorat qila olishiga bogʻliq. Shuningdek, muxandiskadrlarining oʻzlarini irodaviy boshqara olishi, murakkab vaziyatlarda tezkor, oqilona qarorlar qabul qilishi kasbiy qobiliyati bilan 214 belgilanadi. Ya‘ni kadr oʻzini irodaviy boshqarish orqali salbiy hissiyotlarni yoʻq qilishi, oʻzida ishonch hissini uygʻotishi, diqqatini bir joyga jamlashi va butun kuchini qoʻyilgan vazifani bajarishga safarbar etishi uning asosiy sifatlaridan sanaladi. Kadr oʻzining psixologik holati va xatti-harakatlarini boshqara olmasligi uning irodasi sustligi, ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish qobiliyatining pastligidan dalolat beradi va bu aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi barchagama‘lum. Shu bois kadrlarning hissiy-irodaviy oʻzini oʻzi boshqarish yoʻllari va usullarini egallashlari bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. Xizmat faoliyatida kuchli irodaga ega boʻlgan, oʻz hissiyotlarini boshqara oladigan, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda oʻzining jismoniy vaaqliy imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan kadr koʻproq muvaffaqiyatgaerishadi. Shu ma‘noda hissiy-irodaviy boshqarishning asosiy maqsadi ham kadrning oʻz ichki imkoniyatlaridan yuqori darajada foyda- lanishiga, ijodiy salohiyatining ochilishiga, kasbiy xislatlari va qobiliyatlari namoyon boʻlishiga yordam beradigan alohida psixologik xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. Psixologiya fanning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida shaxsning oʻziga xos sifatlari, ya‘ni temperament, xarakter va qobiliyatga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi toʻgʻrisidagi talqinlar xilma-xil boʻlib, shaxsning psixo- logik xususiyatlarini oʻziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilibkelgan. Temperament lotincha «temperamentum» soʻzidan olingan boʻlib, «aralashma» degan ma‘noni anglatadi. Temperamenttoʻgʻrisidagi dastlabki ta‘limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan) yaratgan boʻlib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qoʻllanilib kelinmoqda Psixikaning individual jihatdan oʻziga xos, tabiiy shart- lashgan dinamik koʻrinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi. Gippokratning toʻrt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya‘ni «temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, holerik, flegmatik, 215 melanxolik) ramziy ma‘noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qoʻllanilib kelinmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning koʻpligi bilan xarakterlanadi) sangvinik temperament (lotin tilidagi «sangvis» – «qon» soʻzidan olingan);limfakoʻpboʻlgandaflegmatiktemperament(grekcha «flegma» – shilimshiq parda degani); sariq oʻtning koʻpayganligini holerik temperament (grek tilidagi «hola» – «oʻt» soʻzidan olingan);qoraoʻtkoʻpboʻlgandamelanxoliktemperament(grekcha «melayna hole» – «qora oʻt») deb ataladi. Kishining temperamenti qanaqaligi haqida tasavvur odatda shu shaxsga xos boʻlgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. Psixik faollikka ega boʻlgan, atrofda boʻlayotgan hodisalarga tez munosabat bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez oʻzgartirishga intiluvchi, koʻngilsizliklarni nisbatan engil oʻtkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan boʻlgan kishi sangvinik deyiladi. Yuragi keng, barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuygʻuga ega, harakatlari va nutqi bir maromida boʻlgan, ruhiy holatini tashqi tomonda ifoda etadigan kishi flegmatik deb ataladi. Juda gʻayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega boʻlgan, tez, qizgʻin emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin oʻzgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi holerik deb ataladi. Ta‘sirchan, chuqur kechinmali, gap koʻtara olmaydigan, atrofdagi voqealarga unchalik e‘tibor bermaydigan, oʻzini nazorat qila oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxoliklar deb ataladi. Temperament turlarining tasnifi (I.P. Pavlov ta‘limotiga koʻra): 1) kuchli, ehtirosli, behalovat –holerik; 2) kuchli, bosiq, epchil –sangvinik; 3) kuchli, bosiq, sust –flegmatik; 4) kuchsiz –melanxolik Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling