Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
SHaxs kasbiy shakllanishi jarayonidagi inqirozlari
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
10.2. SHaxs kasbiy shakllanishi jarayonidagi inqirozlari
Olingan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil qilingandan keyin muayyan xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientatsiya sub‘ekti roziligida ishga muhtoj shaxs taklif qilingan kasbga yoʻnaltiriladi. Ish joyning masofasi, uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli, muammoli jihatlari yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki shartnoma qonuniy hujjat ekanligi (qiymatiga) zarar keltirmasin (ba‘zan kelishuvdan voz kechish holatlari ham yuz berib turadi). Psixologik kuzatishlarning koʻrsatishiga qaraganda, reorientatsiya (kasb tanlashga yoʻllash) kabi bosqichlardan tashkil topgan boʻlib, ular qisqa fursatda (muddatda) oʻtishi bilan oʻzaro muayyan darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yoʻllash, kasbga saralash, kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal, oʻziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ayniqsa, kasbiy moslashish davri oʻziga xos tarzda kechadi, bir bosqich ikkinchisi bilan silliq uzviy bogʻlanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy) tomoni, ijtimoiy faollik (nufuzga egalik), ma‘naviy ta‘minlanganlik (ruhiy koʻtarinkilik hissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy hayotdan oʻz oʻrnini topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruhiy imkoniyatlari, zaxiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz hozirlaydi. Reorientatsiya (qayta kasbga yoʻllash) gumanistik psixologiya tamoyillarini turmushga tatbiq etishga zarur shart-sharoitlar yaratadi. Inson omilini qadrlashga, butun imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu havas, istak-xohish ushalishiga negiz vujudga keltiradi. Koʻp profilli kasb-hunar egalari 227 safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuygʻusini jonlantiradi, zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi. SHaxsning kasbiy shakllanishi inqirozlari psixologlarining chuqur oʻrganish predmeti mavjud emas. Psixik rivojlanish yosh va hayotiy inqirozlari esa psixologik tadqiqotlarda aks etgan. Kasbiy shakllanish inqirozlarini koʻrib chiqishdan oldin shaxsga doir turli inqirozlarini taqlil etamiz.Psixologiyada bolalik inqirozlari chuqur oʻrganilgan. Odatda hayotning birinchi yilidagi inqiroz 3 yoshdagi, 6-7 yoshdagi va 10-12 yoshdagi oʻsmirlik inqirozlariga ajratiladi. Inqirozlar davomiyligi, shakli va ta‘sir kuchi bolaning individual psixologik xususiyatlaridan koʻra ijtimoiy sharoitlari, oilada tarbiya va pedagogik tizim xususiyatlariga koʻra inqirozlar sezilarli darajada farqlanadi. Bolalik inqirozlari bolalarning yangi yosh pogʻonaga oʻtish davrida paydo boʻladi va atrofidagi odamlar bilan oʻzaro munosabatlar shakli shuningdek, jismoniy va psixologik imkoniyatlar bilan boqliq boʻladi. Negativlik, qaysarlik, erkalik yuqori darajadagi ziddiyatlilik holati bolalarning inqiroz davridagi xulqiy reaksiyalaridir. R.A.Axmerov shaxsni biografik inqirozlarini tahlil qilar ekan, ularning omili sifatida voqealar va ulardagi munosabatni koʻrsatadi. U quyidagi inqirozlarni ajratadi: oʻzini namoyon eta olmaslik inqirozi - hayotiy dasturning sub‘ektiv salbiy qis etish. Boʻm-boʻshlik inqirozi- toliqish va halban va yutuqlarning yoʻqligidan siqilish. Istiqbolsizlik inqirozi - kasbiy oʻsish istiqbolining kelajak uchun real rejalarining yoʻqligi. Muallif bu inqirozlarni inson yoshi bilan bogʻlamaydi. Uning fikricha, ular sub‘ektiv kechinmalar bilan belgilanadi. V.CH.Svabodnikov yosh toifasini ishlab chiqishda davrlashni asosi sifatida inson jamoasi tushunchasini oladi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling