Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Mavzu boʻyicha nazorat savollari: 
1. Kasbiy bilimlar, koʻnikmalar, malakalar, mahoratni izohlang?.
2. Qayta kasbga yoʻllashning psixologik mohiyatini ajrating?
3.Xodimning salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi inobatga olgan holda 
izohlang?.
4.Reorientatorning izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga 
nisbatan munosabati shakllantiring?
5.Reorintatorning ijtimoiy yetukligi, tashkilotchilik qobiliyatlarini gapiring?.
11-MAVZU. SHAXSNING KASBIY KAMOLOTI. 
Reja: 
11.1. Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti.
11.2. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi.
11.3. Professiogenezning markaziy nuqtasi.
11.4. Kasbiy kamolot – kompetentlik 
Tayanch ibora va tushinchalar: mutaxassislik, kasbiy ta‘lim, faoliyat turi, 
kasblarni tizimlashtirish, kasb tipologiyasi, kasbiy shakllanish, talablar majmuasi, 
kasbiy qobiliyat, kasbiy mahorat.
11.1. Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti 
Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik 
qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida 


237 
shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bogʻliq degan qarashlardan farqli 
ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning 
funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi 
bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini koʻrsatib bergan. Kasbiy faoliyatni turli 
darajada oʻzlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar, qolaversa, kasbiy 
shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib oʻtilgan.
Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji 
va turli ishlab chiqarish sohalarida koʻp yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan 
shaxsning oʻz imkoniyatlarini toʻliq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama 
kasbiy faoliyatda oʻzini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu 
muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli 
ta‘limini va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas.
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida 
psixologiya doirasida ham oʻrganishni muhimligini koʻrsatib berdi. Kasbiy 
shakllanish jarayonini oʻrganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy 
qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ 
faoliyatga yoʻnaltirilganligidadir. SHuning uchun ham kasbiy etuklik darajasi 
ajratib koʻrsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida 
yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi.
Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi koʻpgina mualliflar tomonidan 
tadqiqqilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Koʻpincha 
mutaxassis shaxsining toʻla tahlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish 
bosqichi esa hayot yoʻli bosqichi bilan muvofiq tarzda koʻrib chiqiladi. SHuning 
uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi.
Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini 
oʻrganishda insonning imkoniyatlarini toʻliq ochib beruvchi sub‘ekt va ijtimoiy 
muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir.
Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik 
tiplarga boʻlinishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub‘ekt 
oʻzini ―topgan‖, oʻzida va faoliyatida oʻzini oʻzgartirishni hoxlamasligi bilan 


238 
xarakterlanadi. Ikkinchi tip esa sub‘ektning oʻzini-oʻzi ―qidirishi‖ bilan 
tavsiflanadi. Bu oʻtish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni 
tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi.
Garmonik aloqalar uchun sub‘ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon boʻladi, u 
sub‘ekt-predmet tartibi – rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu erda inson 
―taraqqiyotning absolyut harakati holatida‖ boʻladi.
Keyinchalik 
shaxsni 
kasbiy 
shakllanishi 
borasidagi 
qarashlarga 
S.L.Rubinshteyn ishlari asos boʻlib xizmat qildi. S.L.Rubinshteyn insonning 
hayotga munosabatini ifodalovchi ikki usulni ajratib koʻrsatgan. Birinchi usul – bu 
insondagi barcha munosabatlar toʻliq emas, balki alohida hodisalariga munosabat 
doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson hayot sub‘ekti 
hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida ham boʻlmaydi. Bu erda hayotning 
oʻzi ―tabiiy jarayon sifatida‖ namoyon boʻladi; inson hayot tarzi bilan uni 
toʻldiradi. Ijtimoiy hayot insonni oʻrniga sub‘ekt sifatida namoyon boʻladi. Bu erda 
axloq beayblik, yomonlik qilmaslik, tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida 
namoyon boʻladi, shu bilan bir qatorda bu erda yaxshilik va yomonlik oʻzaro 
bogʻliqdir. Bu usul insonning hayoti oʻzidan oʻzi kechadigan hayot-avtomat 
aloqalariga kiruvchi xususiyat sifatida tavsiflanadi.
Ikkinchi usul ichki refleksiyani namoyon boʻlishi bilan bogʻliq boʻlib, u 
―hayotning bu uzluksiz jarayonini toʻxtatib qoʻyishi, uzib qoʻyishi mumkin va 
insonning gʻoyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. Inson gʻoyalar dunyosidan 
tashqaridagi pozitsiyani egallaydi...‖. Bunday refleksiyaning namoyon boʻlishi 
hayotiy qadriyatlar tizimini aniqlash bilan bogʻliqdir. S.L.Rubinshteyn aynan shu 
holat bilan voqelikning yangi usuliga oʻtish imkoniyatini bogʻlaydi. Bevosita 
aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar asosida tiklash ikkinchi usulga oʻtish bilan 
yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab ―ruhiy boʻshliqqa, negilizmga, axloqiy 
skeptizmga, axloqiy beqarorlikka yoki boshqa – yangi anglangan sharoitda axloqiy 
inson hayotini qurishga yoʻl ochila boshlaydi‖.
Sanab oʻtilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini xarakterlamaydi
balki shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yoʻq boʻlgan vaziyatda qolganda 


239 
oʻzining beqaror ―Men‖ tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. 
Bu vaziyat ba‘zida ―oʻzini safarbar etish‖ holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni 
oʻzining namoyon boʻlishiga koʻra oʻzini-oʻzi safarbar etish deb nomlab 
boʻlmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni 
yoʻqotish mumkin emas. SHunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot-
avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib 
chiqarmaydi.
Hayotiy faoliyat modusi – bu insonning tashqi dunyo bilan oʻzaro 
hamkorligini, inson turmush tarzi qanday tuzilganligini aniqlab beruvchi koʻpgina 
munosabatlarning oʻzaro bogʻliqligini toʻliq xarakteridir. Hayotiy faoliyat modusi 
faqatgina inson turmush tarzini turli voqeliklarga munosabatini ifodalab 
qolmasdan, balki individning turli individual qobiliyatlarini ham faollashtiradi. 
Uning ta‘sir ostida shaxs qadriyatlari, ehtiyojlari sohasi va boshqalar shakllanib 
boradi. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi munosabatlar tizimi haqidagi 
tushunchalarning mazmuni quyidagi jadvalda keltirilgan.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling