Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
11.2.Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi.
Shaxs munosabatlari Egalik qilish modusi Ijtimoiy intilishlar modusi Xizmat qilish modusi Oʻziga munosabat Jangari, ―changalzor qonunlari‖ asosida yashovchi. Muhitga bogʻliqlik, ―qurbon‖ tamoyili. Taqdir va yaratganning irodasi. Boshqalarga munosabat Ishbilarmon: ―sen- menga, men-senga‖. Qizgʻanchiqlik, raqobat, antogonizm. Muhabbat Ishga munosabat Tartibli ―Koʻz boʻyamachilik‖. Ma‘suliyat, ijodkorlik. Egalik qilish modusida predmet yoki boshqa insonlarga egalik qilish nazarda tutiladi. Bu tip ehtiyojlari muayyan bir davr ehtiyojlari bilan hamohangdir. Ular kamchilik, etishmovchilik sifatida yuzaga keladi. Nimagadir yoki kimgadir egalik 240 qilish ehtiyoji inson ehtiyojlarining begonalashgan shaklidir. Bu modusda individga tegishli boʻlmagan barcha narsalar ular tomonidan vosita darajasigacha koʻtariladi. Kasbiy faoliyat san‘at darajasigacha koʻtariladi va shaxsning zaruriy ishtiroki natijasiga koʻra predmetli yoki toʻliq predmetli koʻrinishlarga ajratiladi. Shunga muvofiq tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech qanday motivning oʻzi yoʻq, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa boʻldi. Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib koʻrsatish mumkin, ulardan biri kasbni endi oʻzlashtirayotgan insonlarga xosdir. Bu shunday holatki, bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib oʻtgan, lekin yuqoriroq darajaga erishmagan. Birinchi chiziq oʻzining natijasiga koʻra ikkita imkoniyatga ega. Ulardan biri – bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga) oʻtish. Ikkinchisi – bu bosqichda izlanish va ―toʻxtab qolish‖dan bosh tortishdir. Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon oʻzini ―topganligi‖, uning oʻzini va oʻz faoliyatini oʻzgartirishni istamasligi bilan yakunlanadi. SHaxs faoliyatga nisbatan oʻz ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida qaraydi. Kasbiy etuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va mehnat sub‘ektining kasbiy shakllanishi jarayoni sifatida koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon mehnat faoliyatini boshqarish va amalga oshirish bilan bogʻliq, lekin u faqatgina operatsional soha taraqqiyoti, bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balki S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev, B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshqalarning tadqiqotlarini guvohlik berishicha, shaxs ijtimoiy xulq-atvorini psixik boshqarishning funksional tizimini shakllanishi bilan bogʻliq. Bu jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini asosiy qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va turli omillar ta‘sirida uning dinamikasini boshqarish muhim rol oʻynaydi, buning natijasida shaxs oʻzini kasbiy faoliyat sub‘ekti sifatida anglay boshlaydi va kasbining ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini tushunadi. 241 Shaxsning kasbiy shakllanish jarayonida aniq faoliyatning mohiyatini ochish dinamikasidagi maqsadga yoʻnalganlik, uning imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kashf qilinishi va uning alohida komponentlari hamda tuzilishining oʻzgarishini muhim manbasi boʻlib hisoblanadi. Psixologik tuzilish bilan muvofiq adekvat faollikni talab qiluvchi maqsadlar tizimini aniqlash, tanlash, unga erishish va alohida faoliyat komponentlarining mazmuni hamda koʻzlangan natijaga erishish uchun psixik zoʻriqqanlikning muvofiqlik darajasi ham mehnat sub‘ekti shaxsining psixik taraqqiyoti manbasi boʻlib hisoblanadi. Taraqqiyotning bu mexanizmi predmetli faoliyat motivlarining shakllanishi va aniqlashtirilishi jarayoni boʻlib, uning mehnat jarayonini har bir bosqichida oʻzgarishlarni aniq bir fazasini bosib oʻtuvchi, mazmun jihatdan boyib boruvchi va faoliyatning yoʻnalganligiga, psixik va kasbiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi omillarga aylanadigan motivatsion- ehtiyojlarni boshqarish bilan bevosita bogʻliqdir Mehnat sub‘ektining kasbiy shakllanishi, shaxsning mutaxassisga aylanish jarayonida faoliyatning operatsional tomonini egallash qobiliyatini qidirish va yaratish, faoliyatning psixologik tizimi komponentlarini oʻzaro aloqasi va mazmunini oʻzlashtirishini oʻz ichiga oladi. Bu jarayonni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri oʻzi haqidagi tasavvurlarning (―Men-konsepsiyasi‖), ―Men-mutaxassis‖ obrazi va mutaxassis modeli namunasining shakllanishi, qolaversa, bu tasavvurlarning muvofiqligi, ular orasidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi. Koʻrsatib oʻtilgan sub‘ektiv modellarning roli qator tadqiqotlarda oʻz aksini topgan boʻlib, ular: ―stereotiplashgan kasbiy namunalar shaxs tajribasining toʻliq integratsiyasiga yoʻl qoʻymaydi, bu vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs taraqqiyoti uchun toʻsiq boʻlib xizmat qilishi ham mumkin‖, degan gʻoyani tasdiqlaydilar. Faqatgina individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs taraqqiyoti uchun xizmat qilishi mumkin, chunki ular muayyan bir shaxsning oʻziga xos xususiyatlari bilan muvofiq boʻladi. 242 Sub‘ektning psixik sohasini oʻrganish natijalariga koʻra mehnat mutaxassis shaxsi shakllanishining boshqarish jarayoni bilan psixik funksiyalarning rivojlanish holati oʻrtasidagi aloqadorligini tushunishda muhim ahamiyat kasb etib, mehnat faoliyatining shaxsga ta‘siri xarakterini aks ettiruvchi mehnat yutuqlari darajasini aniqlab beradi. Mehnat sub‘ektining kasbiy shakllanishi, oʻzining hayotiy pozitsiyasiga, maqsadi va harakatlar dasturiga, faoliyat jarayoni va natijalariga nisbatan munosabatga hamda shu kabi qator maxsus xususiyatlarga ega boʻlgan mutaxassis shaxsining shakllanishi, sub‘ektning shaxs taraqqiyoti qonuniyatlarini engib oʻtishi, faoliyat determinantlari ta‘sirida uning hayotga psixologik qarashlarining oʻzgarishi natijasi hisoblanadi. Shaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishini dinamik xarakterini, shaxsning oʻziga xos filogenetik va ontogenetik xususiyatlarini, qolaversa, undagi mehnat faoliyatining rolini, sub‘ektning kasbiy shakllanishini oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bu jarayonni “professiogenez” atamasi bilan atash mumkin. Shaxs faoliyatini tashkil qilish va tahlil qilishga nisbatan professiogenetik yondashuv shaxs mehnat faoliyatini oʻrganuvchi psixologiyaning qator sohalari va boshqa fan sohalari uchun metodologik, nazariy va metodik asos boʻlib xizmat qiladi. Mutaxassis shaxsining shakllanishini oʻziga xos xususiyatlari mehnat sub‘ektining kasbiy shakllanishiga nisbatan professiogenetik yondashuvning asosiy xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu yondashuv mehnat sub‘ektining kasbiy faoliyati davomida ijtimoiy va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganish asosiga qurilgan. Bunda kasbiy taraqqiyot jarayonini faol boshqarish imkoniyatlari va shaxsning mehnat faoliyatiga yaroqliligi koʻrib chiqiladi. U faqatgina shaxs taraqqiyoti xususiyatlarini va mutaxassis shakllanishini oʻrganishga qaratilgan boʻlmay, balki mavjud faoliyat turlarini, faoliyatga moslashish jarayonini psixik boshqarish mexanizmlari va shaxsning mavjud imkoniyatlari hamda kasbiy talablar orasidagi muvofiqlikni psixologik tahlil qiladi, qolaversa, obroʻli kasb va faoliyat turlarining psixologik xususiyatlarini taxmin qiladi. Ommaviy va obroʻli 243 kasbiy faoliyat turlarini psixologik tahlil qilishning samaradorligi faoliyatni rejalashtirishdagi texnik va texnologik qarorlar va shu bilan bir qatorda, shaxsga nisbatan kasbiy talablar xarakteri hamda faoliyatning psixologik nazariyalarini ahvoli haqidagi ma‘lumotlar yordamida aniqlanadi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling