Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

11.4. Kasbiy kamolot - kompetentlik 
Koʻp qoʻllaniluvchi “kompetentlik” tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy 
etuklikni baholovchi me‘yor boʻlib, hali aniq ta‘rifga ega emas. U mehnat 
sub‘ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub‘ektning aniq 
faoliyatning oʻziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat 
sifatida qoʻllaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy 
vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha boʻyicha 
tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, 
muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda 
koʻproq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga koʻra, kasbiy kompetentlikning 
xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda), 
ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (oʻzini-oʻzi 
boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim 
mualliflar 
kasbiy 
muloqotdagi, 
mutaxassis 
shaxsining 
rivojlanishidagi 
kompetentlikni ham ajratib koʻrsatadilar. 
Kompetentlikning yuqorida sanab oʻtilgan turlari albatta bir insonni toʻliq 
shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis boʻlishi mumkin, 
lekin oʻzini-oʻzi boshqarish yoki shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega 
boʻlmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega boʻla 
turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past boʻlishi mumkin. 
Aytish mumkinki, oʻz navbatida professionalizm darajasi sub‘ektning 
professionalizatsiyani 
yoʻnalganligi, 
koʻrsatgichi 
va 
mazmuni 
hamda 


249 
mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta‘sir etuvchi ijtimoiy, psixologik, 
iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan shartlangandir. 
Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-funksional 
konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi: 
Eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini 
aniqlovchi shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon 
boʻlishi va shakllanishining ahamiyati; 
Shaxsiy qadriyatlarning mehnat jarayonini tashkil qilish va mazmuniga 
nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi; 
Kompetentlikning 
tabiati 
kognitiv, 
emotsional 
va 
irodaviy 
jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta‘minlovchi masalalarni 
echishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni va namoyon boʻlishiga 
asoslangan boʻladi; 
Kompetentlik faqatgina oʻzining faol komponentlari hisobiga emas, balki 
yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon boʻlishi mumkin boʻlgan passiv 
komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi; 
Kompetentlik oʻzining bir-biridan mutlaqo mustaqil, lekin bir-birini 
oʻrnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan, 
koʻp sonli komponentlari yordamida aniqlanadi. 
Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy 
sifatlardan tashqari oʻziga ishonch (oʻzining kasbiy bilimlariga, liderlik 
qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish malakasiga ega 
boʻlish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani 
qoʻllashdagi samarali faoliyat; oʻzini-oʻzi boshqarish, oʻzini-oʻzi takomillashtirish 
qobiliyatlariga ega boʻlish; oʻzini-oʻzi nazorat qilish, moslashganlik, murakkab 
muammolarni hal qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka moyillik, qat‘iyatlilik, 
kasbiy ma‘suliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin. 
E.F.Zeerning ta‘kidlashicha, kasbiy kompetentlikning funksional taraqqiyotini 
tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chogʻida kompetentlikning turli 
koʻrinishlari integratsiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim shaxs sifatlari 


250 
bilan aloqasi kuchayib borishini koʻrsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning asosiy 
darajalari kasbiy tayyorgarlik va tajriba, oʻz-oʻzini anglash, oʻz kuchiga ishonish, 
oʻzga insonlar tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni toʻgʻri qabul qilish va shu 
kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi. 
Taxmin 
qilish 
mumkinki, 
mehnat 
sub‘ektining 
sanab 
oʻtilgan 
professionallashuv koʻrsatkichlari, mutaxassis boʻlish (malaka, kompetentlik) va 
sub‘ektning kasbiy etukligi orasida oʻzaro aloqa va oʻzaro ta‘sir mavjud. K.Mak-
Goven va L.Xartlar asosiy urgʻuni oʻz tarkibiga kasbiy rollarni amalga oshirish va 
yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun 
talab etiladigan maxsus bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishni qamrab oluvchi 
ijtimoiy oʻrganish jarayoniga qaratadilar. Pedagoglarning kasbiy shakllanishini 
tadqiq qilish natijasida quyidagicha tahliliy xulosaga kelingan: pedagog-talabalar 
tanqidiy tafakkur, shaxslararo munosabatlar, nizolarni bartaraf etish kabi sohalar 
yuzasidan maxsus bilim, koʻnikmalarni oʻzlashtirishlari, qolaversa, kompyuter 
texnologiyalari va turli metodlarni qoʻllay olishlari zarur. 
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi gʻoyasi 
―psixoijtimoiy sifatlar‖ tushunchasida toʻlaligicha aks ettirilgan boʻlib, u kasbiy 
taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bogʻliq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu 
bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli 
alohida koʻrsatib oʻtiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning 
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan soʻng ommalashib ketdi. Faoliyat va 
oʻzaro hamkorlikni oʻzlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar 
guruhining oʻzaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta‘sir 
oʻtkazadi. 
Kasb-jamiyatga zarur boʻlgan faoliyatning tarixan yuzaga kelgan shakllaridir. 
Uni bajarish uchun inson bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindisiga mos keluvchi 
qobiliyat va kasbiy muhim sifatlarga ega boʻlish lozimKasb (aniq bir kishi nuqtai 
nazaridan)-bu faoliyat boʻlib, uning yordamida ushbu shaxs jamiyat hayotida 
ishtirok etadi va bu unga yashash uchun zarur boʻlan moddiy vositalar asosiy 
manbai boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek, u shaxsiyoʻzini oʻzi amalga oshirishning 


251 
vositasi ham hisoblanadi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling