Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi daraja – mehnat ekspertizasi
- Uchinchi darajasi – kasbga yoʻnaltirish.
Birinchi daraja – kasbiy muhitni oʻrganish va tahlil qilish. Buning uchun
kasb va mutaxassislikni shaxsga qoʻyadigan talablar nuqtai nazaridan koʻrib chiquvchi professiografiya qoʻllaniladi. Professiografiya kasblar tasnifini ham oʻzida mujassamlaydi. Ma‘lumki, kasblar tavsifi turli mezonlarga asoslanadi, ya‘ni texnologik, iqtisodiy, gigienik, ahloqiy, psixologik va boshqalar. Kasblarning psixologik tavsifi psixogramma deyiladi. Bunda subektning psixologik sifatlariga qoʻyiladigan talablar keltiriladi. Ikkinchi daraja – mehnat ekspertizasi. Mehnat ekspertizasi – bu shaxsning muayyan kasb boʻyicha mehnatga layoqatliligini aniqlashdir. Ekspertiza oʻtkazishning maxsus tizimlari mavjud, ya‘ni tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasidir. Mehnat ekspertizasi quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.Shaxs mazkur faoliyatni bajara oladimi (sogʻligʻi nuqtai nazaridan). 2.Faoliyatni amalga oshirish uchun munosib insonlarni tanlay olish. 3.Ishga yaroqsiz kadrlarni oʻz vaqtida ishdan ozod qilish. 4.Shaxsga mos ishni aniqlash. Uchinchi darajasi – kasbga yoʻnaltirish. Kasbga yoʻnalganlik bu shaxs imkoniyatlari darajasidagi adekvat kasbni tanlashga ilmiy asoslangan yordam koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat tizimi. Kasbga yoʻnaltirish yordamida shaxsning istak-hohishlari va kasblar olamidagi ijtimoiy talabning oʻzaro muvofiqlashuvi kechadi. Kasbga yoʻnaltirish tizimi kichik tizimchalardan iborat: 1.Kasbiy tashviqot va targʻibot tizimi. 2.Kasbiy maslahat tizimi. 255 3.Kasb tanlash tizimi. 4.Kasbiy moslashuv tizimi. Sanab oʻtilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki, shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yoʻq boʻlgan vaziyatda qolganda oʻzining beqaror ―Men‖ tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu vaziyat ba‘zida ―oʻzini safarbar etish‖ holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni oʻzining namoyon boʻlishiga koʻra oʻzini oʻzi safarbar etish deb nomlab boʻlmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni yoʻqotish mumkin emas. Shunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot- avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib chiqarmaydi. Munosabat murakkab koʻrinishga ega boʻlib, unda shaxs xususiyatlari asosiy oʻrin egallaydi. Shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining, asosiy sababi, uning doimo insonlar davrasida hamda ular bilan oʻzaro ta‘sir doirasida boʻlishini anglatadi. Bu shaxsning eng etakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Har bir inson oʻzgalarini tinglashga, oʻz fikrini birovlarga etkazishga, ya‘ni fikr bildirishi, ya‘ni ba‘zan yozma tarzda bayon etishga tugʻma qobiliyatliday oʻzini tasavvur qiladi. Lekin ana shu birovlarni tushunish va oʻz fikrlarimiz, oʻylarimizni birovlarga etkaza olish qobiliyati aslida bizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz oʻzimizga oʻxshash inson jamiyatisiz mavjud boʻla olmasligimizni bildiradi. Insoniy munosabatlar shunday oʻzaro ta‘sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon boʻladi. Bunday jarayon dastlab odamlar oʻrtasida roʻy beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotida boʻlishgani sari, ular oʻrtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular oʻrtasida umumiylik, oʻxshashlik va uygʻunlik kabi sifatlar paydo boʻladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki ―yarimta jumladan‖ ham fikr ayon boʻladigan boʻlib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tigʻizligi teskari reaktsiyalarni – bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi 256 Shaxslararo munosabatlarni oʻrganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nufuzli va etakchi faoliyatlaridan biri boʻlgan muloqot va u orqali oʻzaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik, oʻxshashlik, uygʻunlik kabi sifatlar paydo boʻlishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning oʻziga xos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta‘sir etadi. Shunday ekan, insonlar orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar va uning shaxs xususiyatlariga ta‘sirini oʻrganish hozirgi kunda psixologiya fanida muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling