Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Psixologik tanlovning quyidagi tomonlari mavjud


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Psixologik tanlovning quyidagi tomonlari mavjud: 
 
Aynan psixologik tizim haqida qimmatli ma‘lumotlarni olish va 
diagnostik jihatdan qayta ishlash. 
 
Ushbu kasbiy faoliyat turiga nisbatan qobiliyatlarni shakllanishini 
prognozlash. 
 
Prognozni aniqlashtirish va tekshirish. 
Psixologik mazmunga koʻra, kasbiy tanlovning 3 ta jihati ajratib koʻrsatiladi. 
Birinchi jihat – muayyan kasbni tanlash uchun zarur motivasiyani aniqlash 
va shakllantirish. Bunda shaxsiy qiziqishlar tanlagan kasbning ijtimoiy mavqe, 
uning iqtisodiy manfaatdorligi va nihoyat kasbning shaxs bilimlari bilan 
muvofiqligi kasb tanlashga ta‘sir qiladi. Motivasiya mehnat va kasbiy ta‘limning 
oʻzida muhim ahamiyat kasb etadi, shu bois kasb tanlash vaqtida ularni oʻz vaqtida 
aniqlash va korreksiyalash muhim sanaladi. Motivasiya aynan shu kasbda faoliyat 
yuritishda shaxsiy qiziqishlarni ta‘minlaydi. Bu esa oʻz navbatida ushbu 
faoliyatdagi dastlabki ijobiy ustanovkalarni belgilab beradi.
Ikkinchi jihat kasb tanlashning psixofiziologik omillarni talab qilmaydi, lekin 
shu bilan bir qatorda u yoki bu mutaxassislik boʻyicha faoliyat yuritayotgan 
shaxsga turli darajadagi kuch va vaqt talab etiladi. 
Kasbiy tanlovning uchinchi jihati – shaxsning stressga barqarorligini 
tekshirishdir. Umuman xavfsiz kasbning oʻzi yoʻq. Har qanday kasbda tezkor va 
nostandart reaksiyalarni talab etuvchi alohida sharoitlar yuzaga kelishi mumkin. 
Ta‘lim dasturlarida koʻpincha favqulodda vaziyatlardan chiqish koʻnikmalarini 
shakllantirishga ahamiyat berilmaydi. Bunda nerv tizimi temperament, shaxsdan 
alohida xususiyatlarni talab qiladi. Xatarli va favquloddagi vaziyatlarda shaxsning 
chidamliligni kasbiy tanlov bosqichida aniqlash muassasa, tashkilot va ish 
joylarida kadrlar taqsimoti jarayonini samarali olib borishni ta‘minlaydi. 


258 
B.F.Lomovning fikricha, kasbiy tanlov jarayoni nomzodning obektiv 
tavsifnomasini yyetarli darajada ta‘minlab beruvchi qator uzviy bosqichlarni 
qamrab oladi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling