Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

“Kasbiy shakllanganlik” tushunchasi mehnat sub‘ektining kasbga egalik 
qilish darajasi va aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim, 
koʻnikma, tajriba va mahoratlarning shakllanishi va namoyon boʻlishi asosida 
ishlab chiqarish samaradorligiga erishishi sifatida qoʻllaniladi. Mehnat 
sub‘ektining aniq bir faoliyat sohasida yuqori darajadagi kasbiy malakalarga 
egaligi mahorat deb yuritiladi. A.K.Markovaning ta‘kidlashicha, ―kasbiy 
shakllanganlik‖ tushunchasi turli ma‘nolarda: kasbning shaxsga, uning kasbiy va 
psixologik sifatlariga boʻlgan me‘yoriy talablar sifatida va muayyan bir shaxsda 
mavjud boʻlgan va uning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini ta‘minlaydigan 
kasbiy yoʻnaltirilgan xususiyatlar majmuining me‘yorlari sifatida qoʻllaniladi‖. 
Muallif kasbiy shakllanganlikning quyidagi kategoriyalarini ajratib koʻrsatgan: 
―shaxsning oʻzini mutaxassis sifatida takomillashtirishi; ichki kasbiy lokus 
nazorati; mutaxassisning anglangan sifatlari, hajmi; shaxsning oʻzini mutaxassis 
sifatidagi toʻliq obrazi; kasb yordamida oʻzini-oʻzi rivojlantirish va etishmaydigan 
xususiyatlarning oʻrnini qoplash qobiliyati va x.k.‖ 
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va miqdor 
jihatidan kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish qobiliyatini


248 
kasbiy yaroqliligini, oʻz ustida ishlashining muvafaqqiyatliligini aks ettiruvchi 
mutaxassisning “malakasi” tushunchasi qoʻllaniladi. Bu tavsifnomalar aniq kasbiy 
faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga (kasbiy, psixologik, ijtimoiy va 
boshqa) qoʻyadigan normativ talablari bilan mutanosibdir. YUqori kasbiy malaka 
mehnat sub‘ekti etukligini shakllanishining va namoyon boʻlishining muhim sharti 
hisoblanadi, vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy etuklik yetarli darajada boʻlmasa 
ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling