Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


 Professiogenezning markaziy nuqtasi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

11.3. Professiogenezning markaziy nuqtasi. 
Professiogenezning markaziy nuqtasida mehnat sub‘ektining kasbiy 
shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng koʻlamda koʻrib chiqish maqsadga 
muvofiqdir: 
Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida – bu muayyan mehnat sub‘ektining 
faollik darajasiga bogʻliq va etakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir 
yosh davrida namoyon boʻladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining 
shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyatning 
talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi bilan 
yakunlanadi. 
Ikkinchidan, sub’ekt ijtimoiylashuvi sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy 
normalarning oʻzlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar 
tizimida qoʻllashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish 
va ijtimoiy masalalarda namoyon boʻladi. 
Uchinchidan, sub’ektning kasbiy oʻz-oʻzini anglashi, oʻz-oʻzini namoyon 
qilishi sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishiga zamin 
tayyorlaydigan oʻz-oʻzini anglash, oʻz-oʻzini boshqarish, oʻz-oʻzini nazorat qilish, 
hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namoyon boʻladi. Hayot davomida taraqqiy 
etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks 
etib, jamiyat talablari va shaxsning oʻzini-oʻzi namoyon qilishga intilishi orasidagi 
qarama-qarshiliklarga bogʻliq boʻladi. 
Toʻrtinchidan, kasbiy shakllanish shaxs faolligi shaklida namoyon boʻladi va 
tavsiflanadi – bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uni shaxsiy 
harakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi koʻrib chiqiladi. 
Yuqorida koʻrsatilgan professiogenezning oʻziga xos xususiyatlari mutaxassis 
shaxsining uzluksiz ravishda shakllanishi, mehnat sub‘ektining kasbiy kamolotga 


244 
erishishga intilishi, bundan tashqari shaxsning ongli faoliyat sohibi, ijtimoiy 
qadriyatlar ijodkori, har tomonlama kamol topgan shaxs, oliy toifali mutaxassis 
sifatida shakllanish jarayonlarida aks etadi. 
Kasbiy shakllanish jarayonini professiogenetik yondashuv asosida oʻrganish 
borasida bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda va bu muammoning turli jihatlari 
keng doirada ochib berilmoqda.
Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar shaxs xulq-
atvori va kasbiy sohasida oʻz aksini topib kelmoqda. Etuklik davridagi shaxslarni 
kasbiy qayta yoʻnaltirish keng tarqalgan voqelikka aylangan. Oʻzini-oʻzi anglash 
va shaxsning kasbiy shakllanishi muammosi bu jarayonda sub‘ektlarning turli 
kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar tizimi, shakllangan shaxs 
tuzilishi, hayotiy pozitsiyani amalga oshirishda ijtimoiy, kasbiy va iqtisodiy 
sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda yangi qirralarga ega boʻldi. 
V.A.Bodrov va M.A Ratnikova bilan hamkorlikda kasbiy faoliyatni 
oʻzgartirishning psixologik xususiyatlari va qayta kasbga yoʻnaltirish vaziyatining 
xarakteri hamda mehnat sub‘ektining individual-psixologik xususiyatlariga bogʻliq 
holda kasbiy faoliyatga moslashishni oʻrganish maqsadida tadqiqot ishi olib 
borilgan. 
Yetuklik davrida kasbiy qayta yoʻnaltirish va uning kasbiy shakllanish 
jarayoniga ta‘siri quyidagi omillar orqali aniqlanadi: 
1. Qayta yoʻnaltirish vaziyatining koʻrinishiga koʻra (majburiy yoki 
ixtiyoriy); 
2. Mintaqaning ijtimoiy-demografik va kasbiy xususiyatlariga koʻra (turli 
yosh va ish stajiga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar, boshqaruvchi shaxs, muhandis, 
shifokor, oʻqituvchi); 
3. Joriy faoliyatning xarakteriga koʻra; 
4. Qayta yoʻnaltirilgan sub‘ektlarning individual-psixologik xususiyatlariga 
koʻra (introvertlik, ekstrovertlik, xavotirlanish va boshqalar). 
Qayta yoʻnaltirishning muvaffaqiyati yangi faoliyatga kasbiy, ijtimoiy va 
psixologik moslashganlik darajasi bilan tavsiflangan. Bunda majburiy qayta 


245 
yoʻnaltirishni, ya‘ni ishdan haydalish, tashkilotning inqirozga uchrashi 
vaziyatlarini boshidan oʻtkazgan kadr sinov muddati (6 oy) davomida kasbiy 
faoliyatga moslasha olgan (93%, 68% va 33% vaziyatlarda moslashish turiga 
muvofiq), 84%, 63% va 58% vaziyatlarda esa ixtiyoriy qayta yoʻnaltirishni yoki 
qoʻshimcha kasbiy faoliyatga, qolaversa, majburiy qayta yoʻnaltirishni boshidan 
kechirayotgan kadrlarning yangi kasbiy faoliyatga psixologik moslashishida 
koʻpgina qiyinchiliklarga uchragan. Kasbiy faoliyatga moslashish jarayonining 
tezligi shaxsning internallik-eksternallik xarakterlariga va shaxsiy xavotirlanish 
darajasiga bogʻliqdir. 
Shaxs tuzilishining arxitektonik holati va maxsus qobiliyatlar, shaxs 
taraqqiyotida faoliyatning roli haqidagi ma‘lumotlar, faoliyatning dinamik tuzilishi 
va mazmuni hamda bu jarayon bilan bogʻliq ravishda shaxsga nisbatan 
qoʻyiladigan kasbiy talablar keyinchalik kasbiy shakllanishning va bu tizim asosida 
mutaxassislarni psixologik saralashning takomillashtirish jarayonining yangi 
qirralarini oʻrganishni belgilab beradi. Bu qarashlar eksperimental asoslangan 
boʻlib, uning negizida kasbiy yaroqlilikni baholashga nisbatan strukturaviy-
dinamik yondashuv konsepsiyasi yotadi. 
Toʻrt yil davomida 600 dan ortiq uchuvchi-kursantlarda olib borilgan 
tadqiqotlar orqali uchuvchilik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan alohida kasbiy 
muhim xususiyatlar qator tipik jihatlarga, ya‘ni uchuvchilik qobiliyatining 
tuzilishidagi komponentlarning oʻzaro ichki aloqalarini namoyon boʻlish 
darajasidagi tafovutlar va bu komponentlar orasidagi ierarxik munosabatlar 
xarakteriga ega ekanligi aniqlandi. Bu ma‘lumot kursantlarning haqiqiy mutaxassis 
boʻlib etishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlarning rivojlanganlik 
darajasidagi individual farqlarning keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Aytish 
mumkinki, ularning uchuvchi kasbini tanlashdagi kasbiy yoʻnalganligi psixik 
mavqe jihatidan iqtidorli va uning kasbiy faoliyatga qoʻyiladigan talablarga 
muvofiq tarzda rivojlanganligi boʻlajak mutaxassislarning kontengentini toʻliq 
shaklda aniqlab bera olmaydi.


246 
Ta‘limning turli bosqichlarida kasbiy muhim xususiyatlarning miqdoriy, 
xarakter jihatdan va oʻzaro chambarchas bogʻliq holda oʻzgarishi aniqlangan 
boʻlib, ular kursantlarga qoʻyiladigan talablarning turli mazmunga egaligi bilan 
bogʻliq: oʻquv masalalari, qolaversa, bu talablarga nisbatan moslashuvchanlik 
darajasi va bu masalalarni hal qilish sharti hamda mazmuniga nisbatan adekvatlik 
darajasi hamda faoliyat tizimiga (V.D.Shardakov boʻyicha) individual funksional 
moyilligi bilan belgilanadi. 
Kursantlarning turli ta‘lim bosqichlarda alohida kasbiy muhim xususiyatlarini 
namoyon boʻlish darajasi koʻrsatkichlarining dinamikasini katta variativligi psixik 
taraqqiyot fazalarining geteroxronligi va oʻzgarishlarning betartibligi, qolaversa, 
har bir oʻquv faoliyatining kasbiy muhim xususiyatlar holatiga ta‘sirida aks etishi 
joriy qilingan. Ta‘lim jarayonida kasbiy muhim xususiyatlarni tizimlashtirishning 
samaradorligi oshib borayotgani aniqlangan boʻlib, bu bevosita alohida 
xususiyatlar orasidagi zaif aloqalar sonini kamayishiga, ya‘ni xarakterning kasbiy 
ta‘lim bosqichidaga passiv qobiliyatlar tuzilishiga bogʻliq ravishda oʻzgarishiga 
(birinchi kursda-barcha kasbiy muhim xususiyatlar orasida teng va ahamiyatsiz 
aloqalar mavjud boʻlib, toʻrtinchi kursga kelganda-etakchi xususiyatlar orasida 
―kuchli‖ aloqalar sonini ortganligi kuzatiladi); kasbiy muhim xususiyatlar 
tuzilishida– kognitiv (axbortni qayta qurish), psixomotor (etakchi faollik), 
faollashtirilgan (axborotlarni qidirish, diqqatni taqsimlash va nazorat qilish) kabi 3 
ta yirik majmualarni ajratilishiga xizmat qilmoqda. 
Berilgan korrelyasion tahlillar kasbiy muhim xususiyatlarning kursantlarni 
past va yuqori oʻzlashtirish darajasiga bogʻliq holda namoyon boʻlishida miqdor va 
sifat jihatdan tafovutlar borligini koʻrsatmoqda, bu esa tayyorgarligi yuqori boʻlgan 
kursantlarda kasbiy muhim xususiyatlarning funksional majmuini egiluvchan va 
moslashuvchan tizimga asoslanganidan, tayyorgarligi past darajada boʻlgan 
kursantlarning esa kasbiy muhim xususiyatlari ularda yangi kasbiy masalalarni 
oʻzlashtirishlari uchun qiyinchiliklar tugʻdiruvchi konservativ, qattiqqoʻllik 
tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi. 


247 
Sunday qilib, uchuvchi-kursantlar kasbiy shakllanishining oʻziga xosligida 
aks etuvchi shaxsning kasbiy taraqqiyoti qonuniyatlarini oʻrnatish jarayoni kasbiy 
muhim psixologik xususiyatlarning maxsus integratsiyasi sifatlari va shaxsning 
kasbiy tizimda toʻliq shakllanishi bilan hamohang tarzda kechishidan dalolat 
beradi. Aytish mumkinki, shaxsning kasbiy shakllanishidagi individual farqlar 
mutaxassislarni kasbiy etuklikka erishishlarining turli imkoniyatlarini belgilab 
beradi. 
Mehnat sub‘ektining kasbiy shakllanishi taraqqiyot jarayoni sifatida 
mutaxassisning qator yakuniy natijalarga erishishi, ayniqsa, yuqori darajadagi 
professionalizm, 
malakaga, 
kompetentlikka 
va 
etuklikka 
egaligida 
mujassamlashadi. Bu tavsiflarning har biri kasbiy shakllanganlikning oʻziga xos 
xususiyatlarini, shaxs taraqqiyoti darajasi va xususiyatlarini, eng asosiysi, bu 
jarayonning natijalarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga egadir. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling