Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Qayta kasbga yoʻllashning psixologik mohiyati


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

10.1.Qayta kasbga yoʻllashning psixologik mohiyati 
Psixologiya fanida kasb tanlashga yoʻllash (proforientatsiya) atamasi qadim 
zamondan qoʻllanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa 
bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yoʻllash) deb atalib, insonni 
yangi bir moslashmaga (koʻnikmaga) kasbga yoʻnaltirishni bildirib keladi.Ishlab 
chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib 
kelishi ish oʻrinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona 


224 
rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan ehtiyojning kamayishini 
keltirib chiqaradi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning 
uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mahoratli, bilimdon, komil 
insongina sinovlardan muvaffaqiyatli oʻta oladi, xolos. Oʻrtamiyona darajadagi 
mutaxassislar esa ish oʻrnini yoʻqotib, vaqtincha ishsizlar roʻyhatiga kiradi. 
Reorientatsiya bu- qayta kasbga yoʻllash (reorientatsiya) oʻta insonparvarlik 
(gumanistik) gʻoyasida oʻz kasbini oʻzgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs 
ruhiyatiga singdirishni anglatadigan jarayon.  
Ishsizlik, ish oʻrnini yoʻqotish ayollarda oʻkinchli (ayanchli) his – tuygʻular 
qobigʻida oʻta murakkab kechadi, goʻyoki tragediya, halokat, judolik vujudga 
kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uygʻunlashganday yuz 
beradi.
Psixologiya fanida kasb tanlashga yoʻllash (proforientatsiya) atamasi qadim 
zamondan qoʻllanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa 
bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yoʻllash) deb atalib, insonni 
yangi bir moslashmaga (koʻnikmaga) kasbga yoʻnaltirishni bildirib keladi. Qayta 
kasbga yoʻllash (reorientatsiya) oʻta insonparvarlik (gumanistik) gʻoyani kasbini 
oʻzgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni angaltadi. Ishlab 
chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib 
kelishi ish oʻrinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona 
rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan ehtiyojning kamayishini 
keltirib chiqaradi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning 
uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mahoratli, bilimdon, komil 
insongina sinovlardan muvaffaqiyatli oʻta oladi, xolos. Oʻrta miyona darajadagi 
mutaxassislar esa ish oʻrnini yoʻqotib, vaqtincha ishsizlar roʻyhatiga kiradi.
Ishsizlik, ish oʻrnini yoʻqotish ayollarda oʻkinchli (ayanchli) his-tuygʻular 
qobigʻiga oʻta murakkab kechadi, goʻyoki tragediya, halokat, judolik vujudga 
kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uygʻunlashganday yuz 
beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha hissiyotlarga 
berilmasdan, aql-zakovat maromlariga tortilganlik toʻygʻusi ustuvorligida 


225 
namoyon boʻladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida hukm 
surishi, asta-sekin uning ta‘sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Bunda insonning ruhiy 
kechinmalari keskin oʻzgarishining asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi 
ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. Yoshning ulgʻayishi yangi muhit, oʻzgacha 
sharoit, notanish jamoa va uning nufuzi kabi masalalar echimiga salbiy 
munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur ob‘ektga uzoq davr mehnat faoliyatini 
bagʻishlash ham frustratsiya holatini harakatlantiruvchi safida asosiy rol oʻynashi 
mumkin. Xullas, har ikkala omil ham frustratsiyaning manbai vazifasini oʻtaydi 
(bajaradi), noxush muvaqqat kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi 
jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi. Hozirgi zamon mehnat birjalarida 
reorientatsiya (qayta kasbga yoʻllash) ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. 
maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman boʻyicha 
ixtisoslar boʻyicha yoki ixtisoslararo mutaxassislar roʻyxati (zaruriyati, ehtiyoji, 
talabi) bilan ish izlab kelgan muhtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat 
birjalarida psixologlar etishmaganligi tufayli tasodifiy xodim ish bilan ta‘minlash, 
boʻsh oʻrinlarni toʻldirish bilan shugʻullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator 
omillarni tekshirish, oʻrganishni taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar 
asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi:
1. SHaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari.
2. Hissiy jabhalari va irodaviy sifatlari.
3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari.
4. Ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi.
5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati.
6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarogʻligi.
7. Iqtidori (iste‘dodi), qobiliyati, salohiyati.
8. Kasbiy bilimlari, koʻnikmalari, malakalari, mahorati.
9. Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e‘tiqodi).
10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.
11. Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan munosabati.
12. Ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyati.


226 
13. Ekstravertligi va introvertligi.
14. Yuksak insoniy tuygʻularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi.
15. Fidoiylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar.
Yuqorida sanab oʻtilgan mezonlar boʻyicha tekshirish ishlari bir necha 
metodlar, metodikalar orqali koʻp seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. 
Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo 
munosabatga 
(oid), 
maxsus 
ishlab 
chiqilgan 
materiallardan, 
maqsadli 
vaziyatlardan, qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan, psixologik 
treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling