Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


I.P.Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan tipologiyani quyidagicha


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

I.P.Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan tipologiyani quyidagicha 
tushuntirish mumkin: 
1)shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik 
qilsa, bu inson «badiiy» tipga taaluqlidir; 
2)mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor boʻlsa, bu shaxs 
«fikrlovchi» tipga mansubdir; 
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan boʻlsa (birortasining ustunligi 
sezilmasa) bu inson “aralash‖ tipga mansub odamdir; 
I.P.Pavlov tipologiyasining oʻziga xos tomonlari quyidagilarda namoyon 
boʻladi: 
«Badiiy tip» uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, his-
tuygʻular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi 
xosdir.
«Fikrlovchi tip» uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy 
mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir. 
Layoqat-qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon 
boʻladigan miya tuzilishining sezgi a‘zolariga va funksional xususiyatlariga 
aytiladi. 
Talant yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy tabiiy xislat degan ma‘noni 
anglatib, muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini 


221 
ta‘minlaydigan qobiliyat hamda iste‘dodlar majmuasidan iborat individual 
xususiyatdir.
Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi quyidagilarga bogʻliq: 
Birinchidan, ma‘lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va 
faoliyat natijalariningsharoitga qarab tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash 
yoʻli bilan,
Ikkinchidan mutaxassis (musiqachi, artist, rassom va hokazo) rahbarligida 
tizimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va 
rivojlantirish yoʻli, bilan
Uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yoʻli bilan 
borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil va samarali 
oʻzlashtirishni, tanlagan faoliyat boʻyicha koʻnikma va malakalarni hosil qilishni 
ta‘minlasin.
Toʻrtinchidan, oʻquvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni 
jadallashtirishni ta‘minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yoʻli bilan.
Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yoʻli bilan borish 
kerakki, bu alomatlari dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, 
puxtalik, qat‘iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat.
V.A.Kruteskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1) qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi 
qobiliyatiga matematik ob‘ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib 
idrok qilish matematik materialga oʻziga xos«yigʻma» analitik-sintetik ishlov 
berish qobiliyatiqayd qilish lozim. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling