Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Nazariy 
validlik 
— qoʻllanilgan metodika yordamida olingan
koʻrsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan koʻrsatkichlar bilan ya'ni 
koʻrrsatkichlar orasida nazariy asoslangan bogʻliqlik borligini va tadqiqot 
qilinayotgan sifat koʻrsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi. Nazariy validlik bitta 
nazariyaga tayangan holda, aynan bir xususiyatga tegishli har xil metodikalardan 
foydalanish natijasida olingan koʻrsatkichlarni korrelyatsiyasi bilan tekshiriladi.
Empirik validlik - sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali
uning haqqoniy xulqidagi diagnostik koʻrsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan 
tekshiriladi. Agar sinaluvchining xarakterini qolllanilgan metodika yordamida 
baholasak, ushbu odamning hayotdagi xarakter koʻrinishining qoʻllanilgan
metodikadan oiingan koʻrsatkichlar bilan bir xilligini aniqlasak, u holda


207 
metodikani empirik va amaliy validli deb hisoblasak boʻladi. Empirik validlik 
mezonlari boʻyicha metodika odamlarning amaliy faoliyat natijalari hamda 
haqqoniy hayotiy huquqlarining koʻrsatkichlarini taqqoslash bilan tekshiriladi. 
Ichki validlik - m etodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy
maqsadga mosligini anglatadi.
Tashqi vaiidlik ham xuddi empirik validlikka o ‗xshash, undan farqli 
tomoni shundaki. sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi koʻrinishlarning 
koʻrsatkichlari bilan metodikadagi koʻrsatkichlarning o ‗zaro bogʻliqligiga e‘tibor 
qaratiladi. Metodikani tuzish jarayonida darhol uning validligini baholash juda 
murakkabdir. Odatda metodikaning validligini tekshirish va aniqlashda metodika 
uzoq muddat qoʻllanilgandan so ‗ng u haqida xulosa chiqarish mumkin, chunki 
yuqorida koʻrsatib o ‗tilgan validlikning toʻrt turi ham tekshirilishi zarurdir.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling