Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Psixodiagnostikaga qoʻyilgan ijtimoiy-axloqiy talablar va tamoyillar


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

2. Psixodiagnostikaga qoʻyilgan ijtimoiy-axloqiy talablar va tamoyillar. 
Psixodiagnostika - bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda 
ma'suliyatli sohadir. Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-
axloqiy talablar qoʻyilgan b o iib , ular quyidagilardir:
Psixodiagnostika sirlarini saqlash. 
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi.
Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik.
Xulosalarning ob'ektivligi.
Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi.


201 
Yuqorida qayd qilib o ‗tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning 
tamoyillari sifatida alohida koʻrib chiqamiz.
Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili - sinaluvchining ruxsatisiz 
olingan natijalami e'lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balogʻat yoshiga etgan 
odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balogʻat yoshiga etmagan boʻlsa hamda 
psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-onalarning bolalar uchun 
ma‘naviy va huquqiy mas'ul boʻlgan shaxslarning ruxsati bolishi shart. Faqat ba'zi 
hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e‘lon 
qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon 
etish tavsiya qilinmaydi.
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida 
metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qoʻyiladi, ya'ni olingan natijalarga toʻliq 
ishonch imkonini bersin.
Ziyon etkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan hech qachon 
tadqiqotda 
qatnashgan 
odamlarga 
nisbatan 
zarar 
etkazish 
maqsadida 
foydalanmaslik nazarda tutiladi.
Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili test oʻtkazayotgan odamning sub'ektiv 
ustanovkalarga tobe boMmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda
ilmiy asoslangan boʻlib, validli va ishonchli metodika yordamida oʻtkazilgan 
boʻlishi shart.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling