Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Subektiv omillar orasida shaxs qiziqishi muhim oʻrin egallaydi. Agar kasb 
qanchalik qiziqarli boʻlsa, ushbu kasbni tanlash ehtimoli yuqori boʻladi. 
Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik 
qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida 
shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bogʻliq degan qarashlardan farqli 
ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning 
funktsiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi 
bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini koʻrsatib bergan. Malakali kadrlar 
tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish 
sohalarida koʻp yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning oʻz 
imkoniyatlarini toʻliq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy 
faoliyatda oʻzini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni 
hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta‘limni va 
rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. 
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya 
doirasida ham oʻrganishni muhimligini koʻrsatib berdi. Kasbiy shakllanish 
jarayonini oʻrganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni 
bajarishning 
muayyan 
bir 
usuliga 
asoslangan 
normativ 
faoliyatga 


253 
yoʻnaltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy etuklik darajasi ajratib 
koʻrsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida 
yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. 
Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi koʻpgina mualliflar tomonidan tadqiq 
qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Koʻpincha 
mutaxassis shaxsining toʻla tahlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish 
bosqichi esa hayot yoʻli bosqichi bilan muvofiq tarzda koʻrib chiqiladi. Shuning 
uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi.
Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini 
oʻrganishda insonning imkoniyatlarini toʻliq ochib beruvchi sub‘ekt va ijtimoiy 
muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir. Har bir 
ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga 
boʻlinishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub‘ekt oʻzini 
―topgan‖, oʻzida va faoliyatida oʻzini oʻzgartirishni hoxlamasligi bilan tavsiflanadi. 
Ikkinchi tip esa sub‘ektning oʻzini oʻzi ―qidirishi‖ bilan izohlanadi. Bu oʻtish, 
oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning 
boshqa yuqori darajasiga erishadi. 
Garmonik aloqalar uchun sub‘ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon boʻladi, u 
sub‘ekt-predmet tartibi – rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu erda inson 
―taraqqiyotning absolyut harakati holatida‖ boʻladi. 
A.A.Rusalinova tomonidan kasb tanlashning 3 ta omili ajratib koʻrsatiladi: 
-moddiy motivlar (kasb orqali moddiy ta‘minlanganlik); 
-ijtimoiy mavqei (kasbning jamiyatdagi oʻrni va qadri); 
-shaxsning qiziqishlari darajasi (bu shaxsning kasbdan qoniqishi va uning 
koʻrsatishi bilan bogʻliq darajada). 
U yoki bu kasbni tanlashga ta‘sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi: 
-tanlagan kasbiga shaxsiy layoqatning mavjudligi; 
-kasbni shaxs qiziqishlari va intilishlari bilan muvofiqligi; 
-tanlangan kasbni egallash uchun moddiy imkoniyatlarni yyetarli ekanligi; 
-tanlagan kasbni egallash oson va qulayligi; 


254 
-tanlagan kasbi doirasida ish topishning osonligi va karera qilish 
imkoniyatining mavjudligi; 
-koʻp miqdordagi oylik maoshi; 
-ota-ona va doʻstlari tomonidan beriladigan maslahat. 
Kasbiy layoqat tizimi ijtimoiy muassasa sifatida oʻzaro bogʻliq darajalardan 
iborat: 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling