Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Professiogenezning markaziy nuqtasi
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
11.3. Professiogenezning markaziy nuqtasi.
Professiogenezning markaziy nuqtasida mehnat sub‘ektining kasbiy shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng koʻlamda koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir: Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida – bu muayyan mehnat sub‘ektining faollik darajasiga bogʻliq va etakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir yosh davrida namoyon boʻladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyatning talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi bilan yakunlanadi. Ikkinchidan, sub’ekt ijtimoiylashuvi sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy normalarning oʻzlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar tizimida qoʻllashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish va ijtimoiy masalalarda namoyon boʻladi. Uchinchidan, sub’ektning kasbiy oʻz-oʻzini anglashi, oʻz-oʻzini namoyon qilishi sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishiga zamin tayyorlaydigan oʻz-oʻzini anglash, oʻz-oʻzini boshqarish, oʻz-oʻzini nazorat qilish, hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namoyon boʻladi. Hayot davomida taraqqiy etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks etib, jamiyat talablari va shaxsning oʻzini-oʻzi namoyon qilishga intilishi orasidagi qarama-qarshiliklarga bogʻliq boʻladi. Toʻrtinchidan, kasbiy shakllanish shaxs faolligi shaklida namoyon boʻladi va tavsiflanadi – bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uni shaxsiy harakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi koʻrib chiqiladi. Yuqorida koʻrsatilgan professiogenezning oʻziga xos xususiyatlari mutaxassis shaxsining uzluksiz ravishda shakllanishi, mehnat sub‘ektining kasbiy kamolotga 244 erishishga intilishi, bundan tashqari shaxsning ongli faoliyat sohibi, ijtimoiy qadriyatlar ijodkori, har tomonlama kamol topgan shaxs, oliy toifali mutaxassis sifatida shakllanish jarayonlarida aks etadi. Kasbiy shakllanish jarayonini professiogenetik yondashuv asosida oʻrganish borasida bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda va bu muammoning turli jihatlari keng doirada ochib berilmoqda. Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar shaxs xulq- atvori va kasbiy sohasida oʻz aksini topib kelmoqda. Etuklik davridagi shaxslarni kasbiy qayta yoʻnaltirish keng tarqalgan voqelikka aylangan. Oʻzini-oʻzi anglash va shaxsning kasbiy shakllanishi muammosi bu jarayonda sub‘ektlarning turli kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar tizimi, shakllangan shaxs tuzilishi, hayotiy pozitsiyani amalga oshirishda ijtimoiy, kasbiy va iqtisodiy sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda yangi qirralarga ega boʻldi. V.A.Bodrov va M.A Ratnikova bilan hamkorlikda kasbiy faoliyatni oʻzgartirishning psixologik xususiyatlari va qayta kasbga yoʻnaltirish vaziyatining xarakteri hamda mehnat sub‘ektining individual-psixologik xususiyatlariga bogʻliq holda kasbiy faoliyatga moslashishni oʻrganish maqsadida tadqiqot ishi olib borilgan. Yetuklik davrida kasbiy qayta yoʻnaltirish va uning kasbiy shakllanish jarayoniga ta‘siri quyidagi omillar orqali aniqlanadi: 1. Qayta yoʻnaltirish vaziyatining koʻrinishiga koʻra (majburiy yoki ixtiyoriy); 2. Mintaqaning ijtimoiy-demografik va kasbiy xususiyatlariga koʻra (turli yosh va ish stajiga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar, boshqaruvchi shaxs, muhandis, shifokor, oʻqituvchi); 3. Joriy faoliyatning xarakteriga koʻra; 4. Qayta yoʻnaltirilgan sub‘ektlarning individual-psixologik xususiyatlariga koʻra (introvertlik, ekstrovertlik, xavotirlanish va boshqalar). Qayta yoʻnaltirishning muvaffaqiyati yangi faoliyatga kasbiy, ijtimoiy va psixologik moslashganlik darajasi bilan tavsiflangan. Bunda majburiy qayta 245 yoʻnaltirishni, ya‘ni ishdan haydalish, tashkilotning inqirozga uchrashi vaziyatlarini boshidan oʻtkazgan kadr sinov muddati (6 oy) davomida kasbiy faoliyatga moslasha olgan (93%, 68% va 33% vaziyatlarda moslashish turiga muvofiq), 84%, 63% va 58% vaziyatlarda esa ixtiyoriy qayta yoʻnaltirishni yoki qoʻshimcha kasbiy faoliyatga, qolaversa, majburiy qayta yoʻnaltirishni boshidan kechirayotgan kadrlarning yangi kasbiy faoliyatga psixologik moslashishida koʻpgina qiyinchiliklarga uchragan. Kasbiy faoliyatga moslashish jarayonining tezligi shaxsning internallik-eksternallik xarakterlariga va shaxsiy xavotirlanish darajasiga bogʻliqdir. Shaxs tuzilishining arxitektonik holati va maxsus qobiliyatlar, shaxs taraqqiyotida faoliyatning roli haqidagi ma‘lumotlar, faoliyatning dinamik tuzilishi va mazmuni hamda bu jarayon bilan bogʻliq ravishda shaxsga nisbatan qoʻyiladigan kasbiy talablar keyinchalik kasbiy shakllanishning va bu tizim asosida mutaxassislarni psixologik saralashning takomillashtirish jarayonining yangi qirralarini oʻrganishni belgilab beradi. Bu qarashlar eksperimental asoslangan boʻlib, uning negizida kasbiy yaroqlilikni baholashga nisbatan strukturaviy- dinamik yondashuv konsepsiyasi yotadi. Toʻrt yil davomida 600 dan ortiq uchuvchi-kursantlarda olib borilgan tadqiqotlar orqali uchuvchilik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan alohida kasbiy muhim xususiyatlar qator tipik jihatlarga, ya‘ni uchuvchilik qobiliyatining tuzilishidagi komponentlarning oʻzaro ichki aloqalarini namoyon boʻlish darajasidagi tafovutlar va bu komponentlar orasidagi ierarxik munosabatlar xarakteriga ega ekanligi aniqlandi. Bu ma‘lumot kursantlarning haqiqiy mutaxassis boʻlib etishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasidagi individual farqlarning keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, ularning uchuvchi kasbini tanlashdagi kasbiy yoʻnalganligi psixik mavqe jihatidan iqtidorli va uning kasbiy faoliyatga qoʻyiladigan talablarga muvofiq tarzda rivojlanganligi boʻlajak mutaxassislarning kontengentini toʻliq shaklda aniqlab bera olmaydi. 246 Ta‘limning turli bosqichlarida kasbiy muhim xususiyatlarning miqdoriy, xarakter jihatdan va oʻzaro chambarchas bogʻliq holda oʻzgarishi aniqlangan boʻlib, ular kursantlarga qoʻyiladigan talablarning turli mazmunga egaligi bilan bogʻliq: oʻquv masalalari, qolaversa, bu talablarga nisbatan moslashuvchanlik darajasi va bu masalalarni hal qilish sharti hamda mazmuniga nisbatan adekvatlik darajasi hamda faoliyat tizimiga (V.D.Shardakov boʻyicha) individual funksional moyilligi bilan belgilanadi. Kursantlarning turli ta‘lim bosqichlarda alohida kasbiy muhim xususiyatlarini namoyon boʻlish darajasi koʻrsatkichlarining dinamikasini katta variativligi psixik taraqqiyot fazalarining geteroxronligi va oʻzgarishlarning betartibligi, qolaversa, har bir oʻquv faoliyatining kasbiy muhim xususiyatlar holatiga ta‘sirida aks etishi joriy qilingan. Ta‘lim jarayonida kasbiy muhim xususiyatlarni tizimlashtirishning samaradorligi oshib borayotgani aniqlangan boʻlib, bu bevosita alohida xususiyatlar orasidagi zaif aloqalar sonini kamayishiga, ya‘ni xarakterning kasbiy ta‘lim bosqichidaga passiv qobiliyatlar tuzilishiga bogʻliq ravishda oʻzgarishiga (birinchi kursda-barcha kasbiy muhim xususiyatlar orasida teng va ahamiyatsiz aloqalar mavjud boʻlib, toʻrtinchi kursga kelganda-etakchi xususiyatlar orasida ―kuchli‖ aloqalar sonini ortganligi kuzatiladi); kasbiy muhim xususiyatlar tuzilishida– kognitiv (axbortni qayta qurish), psixomotor (etakchi faollik), faollashtirilgan (axborotlarni qidirish, diqqatni taqsimlash va nazorat qilish) kabi 3 ta yirik majmualarni ajratilishiga xizmat qilmoqda. Berilgan korrelyasion tahlillar kasbiy muhim xususiyatlarning kursantlarni past va yuqori oʻzlashtirish darajasiga bogʻliq holda namoyon boʻlishida miqdor va sifat jihatdan tafovutlar borligini koʻrsatmoqda, bu esa tayyorgarligi yuqori boʻlgan kursantlarda kasbiy muhim xususiyatlarning funksional majmuini egiluvchan va moslashuvchan tizimga asoslanganidan, tayyorgarligi past darajada boʻlgan kursantlarning esa kasbiy muhim xususiyatlari ularda yangi kasbiy masalalarni oʻzlashtirishlari uchun qiyinchiliklar tugʻdiruvchi konservativ, qattiqqoʻllik tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi. 247 Sunday qilib, uchuvchi-kursantlar kasbiy shakllanishining oʻziga xosligida aks etuvchi shaxsning kasbiy taraqqiyoti qonuniyatlarini oʻrnatish jarayoni kasbiy muhim psixologik xususiyatlarning maxsus integratsiyasi sifatlari va shaxsning kasbiy tizimda toʻliq shakllanishi bilan hamohang tarzda kechishidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, shaxsning kasbiy shakllanishidagi individual farqlar mutaxassislarni kasbiy etuklikka erishishlarining turli imkoniyatlarini belgilab beradi. Mehnat sub‘ektining kasbiy shakllanishi taraqqiyot jarayoni sifatida mutaxassisning qator yakuniy natijalarga erishishi, ayniqsa, yuqori darajadagi professionalizm, malakaga, kompetentlikka va etuklikka egaligida mujassamlashadi. Bu tavsiflarning har biri kasbiy shakllanganlikning oʻziga xos xususiyatlarini, shaxs taraqqiyoti darajasi va xususiyatlarini, eng asosiysi, bu jarayonning natijalarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga egadir. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling