Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Jamoada shakllanish  
Bu jamoa ichida kishining turli qobiliyatlari shakllanadi va bu qobiliyatlar 
turli jamoalarga kirish va chiqish imkonini beradi. Har bir yosh pogʻonasiga oʻtish 
bu doim "tugʻilish" ni bildiradi ya‘ni hayotning yangi shakliga kirish demakdir. 
SHu tarzda inqirozlarni ikki guruhga boʻladi: "tugʻilish" inqirozlari (bunday 


228 
yashash 
mumkin 
emas) 
ikkinchisi, 
rivojlanish 
inqirozlari 
(sen 
kabi 
boʻlmoqchiman) va oʻzini anglashning yangi usullarini qidirish va boshqalar. 
Hayotiy inqirozlar chet el psixologlaridan SH.Byuller, B.Livexut, e.Erikson 
kabilarning diqqat e‘tiborida boʻldi. Inson hayotning davrlariga, bosqichlarga 
boʻlgan holda, ular bir bosqichdan ikkinchisiga oʻtish davridagi qiyinchiliklarga 
e‘tibor berishadi. Bundan tashqari ayollar va erkaklarda uchraydigan inqirozli 
qodisalar xususiyatlari orqali inqirozni keltirib chiqaruvchi omillarni taqlil 
etadi.1980 yillarda AQSHda Amerikalik jurnalist Geyil Ishnxiyning "kishilar 
hayotidagi bashorat qilish mumkin boʻlgan inqirozlar" nomli maqolasida Amerika 
oʻrta sinflarining yuqori qatlamlaridagilarini hayotini umumlashtirish asosida 4 ta 
inqirozni ajratadi:"Tomirlarni sugʻirish" ota onadan mustaqillikka chiqish (16 
yosh). Maksimal yutuqlar (23 yosh) hayotiy rejalar korreksiyasi (30 yosh) 
qayotning oʻrtasi (37 yosh) eng ogʻir davr psixologiyada psixik rivojlanish 
inqirozlarini oʻrganishga katta e‘tibor berilgan. Bir psixologik hodisalarni 
oʻrganishda turli atamalardan foydalanilgan. "Yoshlar inqirozlari" va "psixik 
inqirozlarning rivojlanishlari" tushunchalari sinonim sifatida ishlatiladi. Bu esa oʻz 
navbatida noaniqlikni keltirib chiqaradi. Masalan, inqirozli hodisalarning 
rivojlanishi ma‘lum qisqa vaqt ichida kuzatiladi. Ammo hech ham yosh nazarda 
tutilmaydi. Yosh - bu inqiroz koʻrinadigan fon xolos, asosiy oʻzgarish, ijtimoiy 
vaziyat va bosh faoliyatning oʻzgarishi va albatta, psixik rivojlanish inqirozlari 
bolalik davri bilan chegaralanmaydi. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati va asosiy 
faoliyati bolalik davridan tashqarida ham oʻzgaraveradi. SHunday qilib, 
rivojlanishning psixik inqirozlari - bu rivojlanishning bir bosqichidan ikkinchisiga 
oʻtish hisoblanadi. Bu oʻtish ijtimoiy vaziyatning oʻzgarishi, asosiy faoliyatni 
almashtirish va psixologik yaqinliklarning paydo boʻlishi bilan belgilanadi. 14-16 
yoshdan asosiy faoliyat va ijtimoiy vaziyatning oʻzgarishi psixik rivojlanish 
inqirozlarni keltirib chiqaradi. Katta kishining asosiy faoliyati oʻquv - kasbiy va 
kasbiy faoliyatlar boʻlganligi sababli bu oʻzgarishlarni shaxsning kasbiy 
rivojlanishi inqirozlari deyish toʻgʻri boʻladi. Bu inqirozlarning paydo boʻlishida 
asosiy faoliyatni almashtirish va oʻzgartirish muqim ahamiyatga ega. Kasbiy 


229 
inqirozlarning bu turi sifatida ijodiy inqirozlar hisoblanadi. Bu inqirozlar ijodiy 
natijasizlik, ahamiyatli yutuqlarining yoʻqligi, kasbiy kuchsizlik bilan belgilanadi. 
Bu inqirozlar ijodiy kasb vakillari uchun, ya‘ni yozuvchilar, rejissyorlar, aktyorlar, 
arxitektorlar va boshqalar uchun ogʻir kechadi. Yoshdagi inqirozlar. Ular inqirozli 
hodisalarni keltirib chiqarishi mumkinmi? Yosh - bu birinchi navbatda etilish, 
oʻzgarish, inson organizmining qarishi bilan belgilanadigan biologik omil 
hisoblanadi.
Psixik qobiliyatlarning psixik oʻzgarishi yoshdagi oʻzgarishlar natijasi 
hisoblanadi. Demak, biologik rivojlanishni keltirib chiqaruvchi inson yoshidagi 
oʻzgarishlarni, yoshdagi inqirozlarga sabab boʻladigan mustaqil omil sifatida 
koʻrish mumkin. Bu inqirozlar shaxs rivojlanishlarining ildamli qarakati uchun 
kerak boʻladigan normativ jarayonlar sirasiga kiradi. Inqirozlarning keyingi 
guruhini ichki shaxsiy oʻzgarishlar tashkil etadi. Ong oʻzgarishi, taassurotlar, 
instinktlar, irratsional tendentsiyalar ularning barchasi ichki ziddiyat, psixologik 
butunlikning boʻlishiga olib keladi. Bu nevrotik xarakterdagi inqirozlar deyiladi. 
Ular freydistlar, neofreydistlar va boshqa psixoanalitik maktablar tadqiqot 
predmeti hisoblanadi. Aytib oʻtilgan psixologik inqirozlar guruhi qatorida yana bir 
inqirozli hodisalarning katta qatlami boʻlib, u hayot sharoitlarining oʻzgarishlari 
bilan belgilanadi. Bu hayotiy inqirozlar determinantlar deb oʻquv yurtini tugatish, 
ishga joylashish, nikohdan oʻtish, farzand tugʻilishi, yashash joyining oʻzgarishi, 
nafaqaga chiqish kabi muhim voqealar hisoblanadi. Bu ijtimoiy - iqtisodiy, vaqt 
holatlari katta sub‘ektiv qiyinchiliklar, psixik zoʻriqish va ong xulqining oʻzgarishi 
bilan kuzatiladi. Va nihoyat yana bir inqirozlar guruhini ajratish kerak. Bu inqiroz 
guruhhayotidagi kritik holatlar dramatik gohida esa tragedik voqealar bilan bogʻliq 
boʻladi. Bu omillar inson uchun vayronkor gohida fojiaviy yakun topishi mumkin. 
Ongda chuqur oʻzgarishlar qadriyatli yoʻnalishlar va umuman hayot mazmunini 
qaytadan koʻrib chiqiladi. Bu inqirozlar inson imkoniyatlari darajasida boʻlib 
oʻtadi va emotsional kechinmalar bilan kuzatiladi. Bularni nonormativ voqealar, 
ya‘ni mehnatga layoqatni yoʻqotish, nogironlik, ajrashishi, majburiy ishsizlik, 
migratsiya, kutilmagan vaziyatda kishining oʻlimi erkinlikdan mahrum boʻlishi va 


230 
boshqalar. Bu guruhni kritik inqirozlar deb ataymiz. Psixologik inqirozlarning 
birinchi uchta guruhi xronologik xarakterga ega. Ular normativ hisoblanadi; ularni 
barcha odamlar boshidan oʻtkazishadi, ammo inqirozning ifodalanganlik darajasi 
har doim ham ziddiyat darajasiga etmaydi. Hayotiy inqirozlarning ikkinchi, 
uchinchi guruhlari normativ xarakterga ega boʻlib, boshlanish vaqti, hayotiy 
sharoitlar, senariylar, inqiroz ishtirokchilari, tasodifiy bu voqeaviy inqirozlar 
sharoitlar tutash kelganligi tufayli paydo boʻladi. Bunday inqirozlardan chiqish 
muammoli hisoblanadi. Gohida destruktiv boʻlib, jamiyatda mutahamlar, 
ichuvchilar, oʻz joniga qasd qiluvchilar koʻpayadi. SHaxs kasbiy shakllanish 
konsepsiyasiga asoslangan holda inqirozlarni kasbiy rivojlanishdagi keskin 
oʻzgarishlar deb ta‘riflash mumkin. Uzoq davom etmay, ular kasbiy 
shakllanishning bir borsqichidan ikkinchi bosqichiga oʻtish paytida yorqin 
namoyon boʻlishadi. Inqirozlar odatda kasbiy xulqida oʻzgarishsiz boʻlib oʻtadi. 
Ammo kasbiy ongda boʻlib oʻtadigan oʻzgarishlar, ya‘ni, maqsadlarga 
yoʻnaltirilganlik, atrofdagilar bilan oʻzaro munosabatlarning oʻzgarishiga, gohida 
esa kasbni oʻzgartirishga ham olib keladi. Kasbiy rivojlanish inqirozlarini keltirib 
chiqaruvchi omillarni batafsil koʻrib chiqamiz.
Determenant sifatida faoliyatni bajarish usullarining asta-sekin oʻzgarishlari 
boʻlishi mumkin. Birlamchi professionalizatsiya davrida shaxs oʻta normativ 
faollikni namoyon eta olishi yoki tiklanishi lozim. Oʻta normativ kasbiy faollik, 
yangi ta‘limiy, malakaviy yoki faoliyatning ijodiy bosqichiga oʻtish davrida 
kuzatilishi lozim. Boshqa kasbiy shakllanish inqirozlarini keltirib chiqaruvchi omil 
sifatida shaxs oʻzini ijtimoiy va kasbiy ta‘limiy statusidan qoniqmasligi tufayli 
rivojlangan ijtimoiy-kasbiy faolligi boʻlishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik 
yoʻnaltirilganlik kasbiy tashabbus intellektual emotsional zoʻriqish koʻp hollarda 
kasbiy faoliyat bajrilishining yangi usullarini uni takomillashtirish yoʻllarini 
qidirishga imkon beradi. Kasbiy inqirozlarni keltirib chiqaruvchi omillar sifatida, 
inson hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar boʻlishi mumkin: korxonaning 
tugatilishi ish oʻrinlarining qisqartirilishi, qoniqtirmaydigan ish haqqi, yangi yaxshi 
joyga koʻchib oʻtish va boshqalar. Kasbiy rivojlanish inqirozlarini keltirib 


231 
chiqaruvchi omillar sifatida psixofiziologik oʻzgarishlar ya‘ni sogʻliqning 
yomonlashuvi, ishga layoqatning pasayishi, kasbiy toliqish, intellektual kuchsizlik, 
"emotsional yonish" sindromi va h.k.Kasbiy inqirozlar koʻp hollarda yangi 
lavozimga oʻtishda, vakant lavozimni egallashdagi tanlovlarda qatnashishda, 
attestatsiya va mutaxassislarni ta‘rifikatsiyadan oʻtkazishda kuzatiladi. Nihoyat 
uzoq davomli inqirozli kod. Kanadalik psixolog Barbara Killenjer oʻzining 
"mehnat zahmatkashlari, respektabel nakomanlar" kitobida ta‘kidlaydiki, 
muvaffaqiyat va tanishish vositasi sifatida ishni tan olganlar, gohida kasbiy axloq 
normalarini buzadilar. Ziddiyatli boʻlib qolishadi, oʻzaro munosabatlarda qoʻpol 
boʻlib qolishadi. Kasbiy rivojlanish inqirozlari hayotdagi oʻzgarishlar oqibatidan 
kelib chiqadi. (yashash joyini oʻzgartirish, ishdagi tanaffus, ishdagi ishq va h.k). 
SHaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasiga koʻra bu jarayon quyidagi 
bosqichlarga ajratiladi: optatsiya kasbiy ta‘lim va tayyorgarlik, kasbiy moslashuv, 
birlamchi va ikkilamchi professionalizatsiya va mahorat. Inqirozlar ta‘rifi boʻyicha 
bir bosqichdan ikkinchi bosqichga oʻtish normativ inqirozli hodisalarni keltirib 
chiqaradi. Ishning birinchi haftalari, oylari katta qiyinchiliklar bilan bogʻliq, ammo 
ular inqirozli hodisalarni keltirib chiqarmaydi. Asosiy sabab - psixologik sabab 
hisoblanadi, unga koʻra real kasbiy hayot shakllanib boʻlgan tasavvurlar bilan 
toʻgʻri kelmasligini aytish 
mumkin. 
Kasbiy faoliyatning 
tasavvurlarga 
nomuvofiqligi kasbiy ekspektatsiya inqirozini keltirib chiqaradi. 3) Keyingi kasbiy 
shakllanishning normativ inqirozlaridan biri birlamchi professionalizatsiya 
bosqichining oxirida 3-5 yil ishlagandan keyin boʻlib oʻtadi. Bu paytgacha 
mutaxassis faoliyatni bajarib, oʻz oʻrnini aniqlagan boʻladi.
Oʻtmish tajribasi kasbiy rivojlanish interpritatsiyasi, oʻzini namoyon etish 
ehtiyoji, kasbiy hayotdan qoniqmaslikni keltirib chiqaradi. Anglangan yoki 
anglanmagan holda shaxs kasbiy oʻsish istiqbollarining yoʻqligidan shaxs psixik 
jiqatdan qiynaladi, kasbni almashtirish toʻgʻrisida fikrlar paydo boʻla boshlaydi. 
Kasbiy oʻsish inqirozlari faoliyatning nokasbiy hordiq kabi turlari maishiy 
tashvishlar yoki kasbdan ketish yoʻllari bilan hal etilishi mumkin. Ammo bu 
yoʻllar sermahsul hisoblanmaydi. 4) Mutaxassisning keyingi kasbiy rivojlanishi 


232 
uning ikkilamchi professionalizatsiyasiga olib keladi. Bu bosqichning xususiyati 
faoliyatni yuqori sifatli bajarishdadir. Mutaxassis oʻz kasbini ustasi ya‘ni 
professional boʻla boshlaydi. Kasbiy oʻsish kareriga eqtiyoj sezadi, istalgan karera 
(lavozimning oʻsishi ) va uning real istiqbollari oʻrtasidagi ziddiyat kasbiy karera 
inqirozlarinikeltirib chiqaradi. Bunda quyidagi krizisdan chiqish yoʻllari uchrashi 
mumkin: ishdan boʻshash, unga kasb doirasida yangi mutaxassislikni egallash, 
yuqori lavozimga oʻtishdan iborat. Inqirozni engishning eng toʻgʻri varianti 
mahorat bosqichiga oʻtish, ya‘ni kasbiy shakllanishning yangi bosqichiga oʻtish 
bilan belgilanadi. 5) Mahorat bosqichi kasbiy faoliyatni ijodiy va innavatsion 
darajada bajarish demakdir. SHaxsning keyingi kasbiy rivojlanishni ta‘minlab 
beruvchi omil sifatida uning oʻzini namoyon eta olishida koʻzga tashlanadi. 6) 
Keyingi kasbiy rivojlanishning normativ inqirozi kasbiy hayotdan ketish bilan 
bogʻliq. Ma‘lum yoshga etgach inson nafaqaga chiqadi. Nafaqa oldi davri koʻp 
ishchilar uchun inqirozli xarakterga ega boʻladi. Bu yangi ijtimoiy rol va xulqni 
egallash zaruriyati bilan boqliq. Nafaqaga chiqish ijtimoiy kasbiy faoliyat va 
aloqalarning torayishini bildiradi. 7) Nafaqaga chiqishdan soʻng ijtimoiy 
psixologik qarish davri boshlanadi. Bu bosqich intellektual jarayonlarning 
susayishi, emotsional kechinmalarning oshishi va pasayish bilan belgilanadi. 
Psixik faoliyat tempi pasayadi, yangiliklarga nisbatan ishonqiramaslik bilan qarash 
kuzatiladi. SHuningdek, yoshlar xulqini muhokama etish, oʻzini avlodini hozirgi 
kun avlodlarini vakillariga taqqoslash bilan belgilanadi. Omadsiz hayot, oʻlimdan 
qoʻrqish salomatligiga imkoniyat qilish, yaqin qarindoshlaridan imkoniyat qilish 
kabi noxushliklarga olib keladi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling