Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Qayta kasbga yoʻllashning psixologik mohiyati
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reorientatsiya bu
10.1.Qayta kasbga yoʻllashning psixologik mohiyati
Psixologiya fanida kasb tanlashga yoʻllash (proforientatsiya) atamasi qadim zamondan qoʻllanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yoʻllash) deb atalib, insonni yangi bir moslashmaga (koʻnikmaga) kasbga yoʻnaltirishni bildirib keladi.Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish oʻrinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona 224 rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mahoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli oʻta oladi, xolos. Oʻrtamiyona darajadagi mutaxassislar esa ish oʻrnini yoʻqotib, vaqtincha ishsizlar roʻyhatiga kiradi. Reorientatsiya bu- qayta kasbga yoʻllash (reorientatsiya) oʻta insonparvarlik (gumanistik) gʻoyasida oʻz kasbini oʻzgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni anglatadigan jarayon. Ishsizlik, ish oʻrnini yoʻqotish ayollarda oʻkinchli (ayanchli) his – tuygʻular qobigʻida oʻta murakkab kechadi, goʻyoki tragediya, halokat, judolik vujudga kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uygʻunlashganday yuz beradi. Psixologiya fanida kasb tanlashga yoʻllash (proforientatsiya) atamasi qadim zamondan qoʻllanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yoʻllash) deb atalib, insonni yangi bir moslashmaga (koʻnikmaga) kasbga yoʻnaltirishni bildirib keladi. Qayta kasbga yoʻllash (reorientatsiya) oʻta insonparvarlik (gumanistik) gʻoyani kasbini oʻzgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni angaltadi. Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish oʻrinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mahoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli oʻta oladi, xolos. Oʻrta miyona darajadagi mutaxassislar esa ish oʻrnini yoʻqotib, vaqtincha ishsizlar roʻyhatiga kiradi. Ishsizlik, ish oʻrnini yoʻqotish ayollarda oʻkinchli (ayanchli) his-tuygʻular qobigʻiga oʻta murakkab kechadi, goʻyoki tragediya, halokat, judolik vujudga kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uygʻunlashganday yuz beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha hissiyotlarga berilmasdan, aql-zakovat maromlariga tortilganlik toʻygʻusi ustuvorligida 225 namoyon boʻladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida hukm surishi, asta-sekin uning ta‘sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Bunda insonning ruhiy kechinmalari keskin oʻzgarishining asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. Yoshning ulgʻayishi yangi muhit, oʻzgacha sharoit, notanish jamoa va uning nufuzi kabi masalalar echimiga salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur ob‘ektga uzoq davr mehnat faoliyatini bagʻishlash ham frustratsiya holatini harakatlantiruvchi safida asosiy rol oʻynashi mumkin. Xullas, har ikkala omil ham frustratsiyaning manbai vazifasini oʻtaydi (bajaradi), noxush muvaqqat kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi. Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientatsiya (qayta kasbga yoʻllash) ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman boʻyicha ixtisoslar boʻyicha yoki ixtisoslararo mutaxassislar roʻyxati (zaruriyati, ehtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan muhtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar etishmaganligi tufayli tasodifiy xodim ish bilan ta‘minlash, boʻsh oʻrinlarni toʻldirish bilan shugʻullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, oʻrganishni taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi: 1. SHaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari. 2. Hissiy jabhalari va irodaviy sifatlari. 3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari. 4. Ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi. 5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati. 6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarogʻligi. 7. Iqtidori (iste‘dodi), qobiliyati, salohiyati. 8. Kasbiy bilimlari, koʻnikmalari, malakalari, mahorati. 9. Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e‘tiqodi). 10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi. 11. Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan munosabati. 12. Ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyati. 226 13. Ekstravertligi va introvertligi. 14. Yuksak insoniy tuygʻularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi. 15. Fidoiylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar. Yuqorida sanab oʻtilgan mezonlar boʻyicha tekshirish ishlari bir necha metodlar, metodikalar orqali koʻp seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli vaziyatlardan, qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan, psixologik treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling