Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


 Reorientatorning izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

10.3. Reorientatorning izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, 
innovatsiyaga nisbatan munosabati. 
Reorientatsiya (qayta kasbga yoʻllash) gumanistik psixologiya tamoyillarini 
turmushga tatbiq etishga zarur shart – sharoit yaratadi. inson omilini qadrlashga, 
butun imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu havas, istak – xohish 
ushalishga negiz vujudga keltiradi. Koʻp profilli kasb – hunar egalari safini 
kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuygʻusini jonlantiradi, zarur 


233 
bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi. Reorientatsiya inson 
imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai hisoblanib, oʻzini oʻzi kashf qilishi, 
oʻzini – oʻzi boshqarishi, oʻzini oʻzi tashkillashtirish, oʻzini–oʻzi baholash, oʻzini–
oʻzi refleksiyalash, oʻzini–oʻzi identifikatsiyalash kabi shaxs fazilatlarini roʻyobga 
chiqarishga xizmat qiladi.
Maktab oʻquvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, 
ezgu-niyatlari xususan kasbkorga boʻlgan qiziqishlari, motivlari, ehtiyojlari 
tugʻilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bogʻliqdir. SHaxs 
psixologiyasini oʻrganish oʻquvchilarni kasb tanlashga yoʻllash demakdir. 
Oʻquvchilarning idividual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan 
holda ularning har birini oqilona kasbga yoʻllash shaxs psixologiyasining muhim 
vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish toʻgʻrisidagi 
hujjatlarda oʻquvchilarni (oʻz imkoniyatlarini oʻzi baholashorqali) mustaqil kasb 
tanlashga oʻrgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta‘kidlanadi. SHunga koʻra 
psixolog olimlar, metodistlar, tashxis Markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan 
birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid 
yoʻl-yoʻriqlar va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy 
shaxobchalari kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar 
koʻlami orttirilishi lozim. Bu borada Respublika tashxis Markazining 2003 yil 
ma‘lumotlari juda qiziqarli va ba‘zan munozaralidir. Bularni quyidagi raqamlarda 
ham koʻrish mumkin: Respublika boʻyicha 9-sinflarni bitirgan oʻquvchilarning 
8,00 %ga sanoat yoʻnalishlariga yoʻllanma berilgan boʻlsa, ularning atigi 3% 
oʻqishga joylashgan. Sogʻliqni saqlash sohalariga esa 12,60% yoʻllanma berilgan 
boʻlsa, amalda ularning 4,80 % oʻqishga kirgan. Maorif sohalariga esa 9,60 % 
yoʻllanma berilgan boʻlib, ularning 4,00%gina oʻqishga joylashganlar («Maktab va 
hayot» jurnaliga ilova 2003 yil, №1-2, 24-39 betlar). Kasb tanlash faoliyatini 
oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini 
nazarda tutish va shunga yarasha maktab oʻquvchilarini ularning mayli, intilishi, 
qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu 
kasbga yaroqliligini aniqlab, soʻngra kasbga yoʻllash kerak. Hozirgi davrda xalq 


234 
ta‘limi boʻlimlarida, ishlab chiqarishda, aholini ish bilan ta‘minlash 
muassasalarida, kollejlar va Oliy oʻquv yurtlarida yoshlarga kasb tanlash yoʻlini 
koʻrsatadigan maxsus kasb – hunar kabinetlari tashkil etilgan. Bu borada 
Respublika tashxis Markazining, hamda joylardagi uning boʻlimlarining faoliyati 
ibratlidir. Bundan tashqari, malakali psixologlar va pedagoglar (shu jumladan 
mahalla tarbiyachisi), murabbiylar, muhandislar va texniklar har bir kasb-
hunarning oʻziga xos tomonlari haqida malakaviy maslahatlar tashkil qilishadi. 
Lekin yoshlarning kasb-hunar tanlashi asosan oʻrta maktabdan boshlanadi, shunga 
koʻra oʻquvchilar kichik jamoasi bilan psixologlar oldida turli yoshdagi, jinsdagi 
maktab oʻquvchilarini kasbga qiziqtirish, mehnat qobiliyatlarini rivojlantirish, 
ichki imkoniyatlarini ishga solish (oʻzini-oʻzi namoyon etish) kabi muhim vazifa 
turibdi. Psixologlar, bundan tashqari, oʻquvchilarning aql idroki, qobiliyatlarini 
hamda muayyan kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash metodlari, usullari, 
texnologiyasi, shakllari, mezonlari va tarkibiy qismlarini ishlab chiqishlari, 
shuningdek, bu sohada ilmiy- tadqiqot ishlari olib borishlari zarur.
Shuni alohida ta‘kidlab oʻtish joizki, psixologiya fani oʻquvchilarning kasb-
hunar tanlashiga yordam beradigan, yoʻl-yoʻriqlar va tavsiyalar, mukammal 
qoʻllanmalar, aksariyat kasb-hunarning professiogrammasini hali toʻliq ishlab 
chiqqan emas. Lekin shaxs psixologiyasiga oid amaliy va nazariy materiallar 
yetarli miqdorda yaratilgan. SHaxs psixologiyasi masalalarini yoritish, ya‘ni 
shaxsning bilish qobiliyatlari, aql-idroki, aql-zakovati, individual tipologik 
xususiyatlari, ruhiy holatlarini aniqlash yoʻli bilan uning nimalarga qodir, qanday 
kasb-hunarga yaroqliligi toʻgʻrisida aniq fikr bildirish va muayyan tavsiyalar berish 
mumkin. Keyingi yillarda oʻtkazilgan kuzatishlar Respublikamizda yoshlarni 
kasbga yoʻllash sohasida talay kamchiliklar borligini koʻrsatdi. Buni biz viloyatlar 
kesimida hamda Respublika boʻyicha 9 sinf bitiruvchilariga sohalar boʻyicha 
tavsiyanomalar berishda koʻrdik. Darhaqiqat, maktabda oʻquvchilarni kasb-
hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlarini amalga oshirishdagi 
dastlabki qadamlar boshlandi. Oʻylaymizki, ana shu dastlabki qadam maktablarda 
kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini olib boruvchi mutaxassis hamda oʻquvchilarni 


235 
kasb-hunarga qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash bilan shugʻullanadigan 
maktab amaliyotchi psixologi shtatlarini tashkil etishdan iborat boʻlishi lozim. 
Chunki, bu mutaxassislarsiz maktabda mazkur ishlar haqida gapirish ham mumkin 
emas. Maktabda olib borilayotgan kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-
pedagogik tashxis ishlarining samarasi bevosita shu ikki mutaxassisning olib 
borayotgan ishlarining koʻlami, ularning saviyasi va malaka koʻrsatkichi hamda 
faoliyatining aniqligiga koʻp jihatdan bogʻliq boʻlishligi barchamizga ayondir. 
Ommaviy kasblarga bagʻishlangan oʻquv-uslubiy adabiyotlar va kasb-hunar 
toʻgʻrisidagi kinofilmlar, spravochniklar kamligi, psixologik-diagnostik tadqiqotlar 
oʻtkazishga yordam beradigan zamonaviy apparat va asboblar bilan ta‘minlash 
yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligi, shaxsning muayyan kasbga yaroqliligini aniqlash 
borasida ilmiy-tadqiqot ishlari yetarlicha olib borilmayotganligi shunday 
kamchiliklar jumlasiga kiradi. Oʻquvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta 
tayyorlash va ularning kasb-hunarini oʻz qobiliyatlariga yarasha toʻgʻri 
tanlashlariga erishish uchun maktab oʻqituvchilarining pedagogik mahorati, bilim 
saviyasi, didaktik (shuningdek, akademik, tashkilotchilik, perseptiv va h.k.) 
qobiliyatlari yuksak boʻlishi, fan asoslarini turmush bilan bogʻlab oʻrganilishi, 
toʻgarak va qoʻshimcha, yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarada 
kasb-hunar toʻgʻrisida ma‘ruzalar oʻqilishi, suhbatlar, munozaralar oʻtkazilishi, 
sayohatlar, uchrashuvlar, kasb-hunar fotokoʻrgazmalari tashkil qilishlari zarur. Ilk 
oʻspirinlar va katta oʻsmirlarning kasb tanlashi katta hayotiy ahamiyatga ega 
boʻlgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo boʻlganligidan bu jarayonda ota-
onalar, jamoatchilik va turli kasb ustalari ham faol qatnashishlari kerak, chunki 
yoshlar koʻp hollarda kattalarning maslahatlari va tavisyalarini hisobga olgan holda 
qat‘iy bir fikrga, qarorga kelishlari mumkin. SHuni ham aytib oʻtish oʻrinliki, 
maktab oʻquvchilari kasb tanlash borasidagi oʻz qarorlarini, koʻpincha, har 
tomonlama dalillab bera olmaydilar, biroq ularning koʻpchiligi bu masalaga ongli 
ravishda 
yondashishga 
intiladilar. 
Maktab 
kasb-hunarga 
yoʻnaltiruvchi 
mutaxassisining asosiy vazifasi oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishni 
ta‘minlovchi barcha ma‘lumotlar bankini yaratishdan iborat. Bu maqsadda kasb-


236 
hunarga yoʻnaltiruvchi mutaxassis tuman (shahar) tashxis Markazidan olgan 
kasbiy axborotlar, kasblar roʻyxati, tasnifi, hududiy kasblar roʻyxati, kasblarga 
boʻlgan 
ehtiyoj 
va 
boshqa 
kasbiy 
tashxis 
metodikalari, 
tavsiya 
va 
yoʻriqnomalardan foydalaniladi. Maktab kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi mutaxassisi 
tomonidan oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kasblar haqidagi 
ma‘lumotlarni toʻliqroq anglab etishi shuningdek, ularning kasb tanlashdagi 
reallikni vujudga keltirish maqsadida maktabda ilgʻor kasb egalari, kasb faxriylari, 
kasb sulolalari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, kechalar va ma‘ruzalar tashkil 
etilsa maqsadga muvofiq boʻladi. Ushbu tadbirlar oʻquvchining shu kasbga boʻlgan 
qiziqishini yanada qat‘iylashishini vujudga keltiradi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling