Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

11.2.Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi. 
Shaxs 
munosabatlari 
Egalik qilish modusi 
Ijtimoiy 
intilishlar modusi 
Xizmat qilish modusi 
Oʻziga 
munosabat 
Jangari, ―changalzor 
qonunlari‖ asosida 
yashovchi. 
Muhitga 
bogʻliqlik, 
―qurbon‖ tamoyili. 
Taqdir va yaratganning 
irodasi. 
Boshqalarga 
munosabat 
Ishbilarmon: ―sen-
menga, men-senga‖. 
Qizgʻanchiqlik, 
raqobat, 
antogonizm. 
Muhabbat 
Ishga munosabat Tartibli 
―Koʻz 
boʻyamachilik‖. 
Ma‘suliyat, ijodkorlik. 
Egalik qilish modusida predmet yoki boshqa insonlarga egalik qilish nazarda 
tutiladi. Bu tip ehtiyojlari muayyan bir davr ehtiyojlari bilan hamohangdir. Ular 
kamchilik, etishmovchilik sifatida yuzaga keladi. Nimagadir yoki kimgadir egalik 


240 
qilish ehtiyoji inson ehtiyojlarining begonalashgan shaklidir. Bu modusda 
individga tegishli boʻlmagan barcha narsalar ular tomonidan vosita darajasigacha 
koʻtariladi. Kasbiy faoliyat san‘at darajasigacha koʻtariladi va shaxsning zaruriy 
ishtiroki natijasiga koʻra predmetli yoki toʻliq predmetli koʻrinishlarga ajratiladi. 
Shunga muvofiq tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech 
qanday motivning oʻzi yoʻq, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa 
boʻldi. 
Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib koʻrsatish mumkin, 
ulardan biri kasbni endi oʻzlashtirayotgan insonlarga xosdir. Bu shunday holatki, 
bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib oʻtgan, lekin yuqoriroq darajaga 
erishmagan. Birinchi chiziq oʻzining natijasiga koʻra ikkita imkoniyatga ega. 
Ulardan biri – bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga) oʻtish. 
Ikkinchisi – bu bosqichda izlanish va ―toʻxtab qolish‖dan bosh tortishdir. 
Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon oʻzini 
―topganligi‖, uning oʻzini va oʻz faoliyatini oʻzgartirishni istamasligi bilan 
yakunlanadi. SHaxs faoliyatga nisbatan oʻz ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida 
qaraydi.
Kasbiy etuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va mehnat sub‘ektining 
kasbiy shakllanishi jarayoni sifatida koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu 
jarayon mehnat faoliyatini boshqarish va amalga oshirish bilan bogʻliq, lekin u 
faqatgina operatsional soha taraqqiyoti, bilim, koʻnikma va malakalarni 
oʻzlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balki S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev, 
B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshqalarning tadqiqotlarini guvohlik berishicha
shaxs ijtimoiy xulq-atvorini psixik boshqarishning funksional tizimini shakllanishi 
bilan bogʻliq. Bu jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini asosiy qonuniyatlari 
haqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va turli omillar ta‘sirida uning dinamikasini 
boshqarish muhim rol oʻynaydi, buning natijasida shaxs oʻzini kasbiy faoliyat 
sub‘ekti sifatida anglay boshlaydi va kasbining ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini 
tushunadi. 


241 
Shaxsning kasbiy shakllanish jarayonida aniq faoliyatning mohiyatini ochish 
dinamikasidagi maqsadga yoʻnalganlik, uning imkoniyatlarini bosqichma-bosqich 
kashf qilinishi va uning alohida komponentlari hamda tuzilishining oʻzgarishini 
muhim manbasi boʻlib hisoblanadi. Psixologik tuzilish bilan muvofiq adekvat 
faollikni talab qiluvchi maqsadlar tizimini aniqlash, tanlash, unga erishish va 
alohida faoliyat komponentlarining mazmuni hamda koʻzlangan natijaga erishish 
uchun psixik zoʻriqqanlikning muvofiqlik darajasi ham mehnat sub‘ekti shaxsining 
psixik taraqqiyoti manbasi boʻlib hisoblanadi. Taraqqiyotning bu mexanizmi 
predmetli faoliyat motivlarining shakllanishi va aniqlashtirilishi jarayoni boʻlib, 
uning mehnat jarayonini har bir bosqichida oʻzgarishlarni aniq bir fazasini bosib 
oʻtuvchi, mazmun jihatdan boyib boruvchi va faoliyatning yoʻnalganligiga, psixik 
va kasbiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi omillarga aylanadigan motivatsion-
ehtiyojlarni boshqarish bilan bevosita bogʻliqdir
Mehnat sub‘ektining kasbiy shakllanishi, shaxsning mutaxassisga aylanish 
jarayonida faoliyatning operatsional tomonini egallash qobiliyatini qidirish va 
yaratish, faoliyatning psixologik tizimi komponentlarini oʻzaro aloqasi va 
mazmunini oʻzlashtirishini oʻz ichiga oladi.
Bu jarayonni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri oʻzi haqidagi 
tasavvurlarning (―Men-konsepsiyasi‖), ―Men-mutaxassis‖ obrazi va mutaxassis 
modeli namunasining shakllanishi, qolaversa, bu tasavvurlarning muvofiqligi, ular 
orasidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi. 
Koʻrsatib oʻtilgan sub‘ektiv modellarning roli qator tadqiqotlarda oʻz aksini 
topgan boʻlib, ular: ―stereotiplashgan kasbiy namunalar shaxs tajribasining toʻliq 
integratsiyasiga yoʻl qoʻymaydi, bu vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs taraqqiyoti 
uchun toʻsiq boʻlib xizmat qilishi ham mumkin‖, degan gʻoyani tasdiqlaydilar. 
Faqatgina individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual xususiyatlarini 
inobatga olgan holda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs taraqqiyoti uchun xizmat 
qilishi mumkin, chunki ular muayyan bir shaxsning oʻziga xos xususiyatlari bilan 
muvofiq boʻladi. 


242 
Sub‘ektning psixik sohasini oʻrganish natijalariga koʻra mehnat mutaxassis 
shaxsi shakllanishining boshqarish jarayoni bilan psixik funksiyalarning 
rivojlanish holati oʻrtasidagi aloqadorligini tushunishda muhim ahamiyat kasb etib, 
mehnat faoliyatining shaxsga ta‘siri xarakterini aks ettiruvchi mehnat yutuqlari 
darajasini aniqlab beradi. 
Mehnat sub‘ektining kasbiy shakllanishi, oʻzining hayotiy pozitsiyasiga, 
maqsadi va harakatlar dasturiga, faoliyat jarayoni va natijalariga nisbatan 
munosabatga hamda shu kabi qator maxsus xususiyatlarga ega boʻlgan mutaxassis 
shaxsining shakllanishi, sub‘ektning shaxs taraqqiyoti qonuniyatlarini engib 
oʻtishi, faoliyat determinantlari ta‘sirida uning hayotga psixologik qarashlarining 
oʻzgarishi natijasi hisoblanadi. 
Shaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishini dinamik xarakterini, shaxsning 
oʻziga xos filogenetik va ontogenetik xususiyatlarini, qolaversa, undagi mehnat 
faoliyatining rolini, sub‘ektning kasbiy shakllanishini oʻziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda bu jarayonni “professiogenez” atamasi bilan atash mumkin. 
Shaxs faoliyatini tashkil qilish va tahlil qilishga nisbatan professiogenetik 
yondashuv shaxs mehnat faoliyatini oʻrganuvchi psixologiyaning qator sohalari va 
boshqa fan sohalari uchun metodologik, nazariy va metodik asos boʻlib xizmat 
qiladi. 
Mutaxassis shaxsining shakllanishini oʻziga xos xususiyatlari mehnat 
sub‘ektining kasbiy shakllanishiga nisbatan professiogenetik yondashuvning asosiy 
xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu yondashuv mehnat sub‘ektining kasbiy faoliyati 
davomida ijtimoiy va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganish asosiga 
qurilgan. Bunda kasbiy taraqqiyot jarayonini faol boshqarish imkoniyatlari va 
shaxsning mehnat faoliyatiga yaroqliligi koʻrib chiqiladi. U faqatgina shaxs 
taraqqiyoti xususiyatlarini va mutaxassis shakllanishini oʻrganishga qaratilgan 
boʻlmay, balki mavjud faoliyat turlarini, faoliyatga moslashish jarayonini psixik 
boshqarish mexanizmlari va shaxsning mavjud imkoniyatlari hamda kasbiy 
talablar orasidagi muvofiqlikni psixologik tahlil qiladi, qolaversa, obroʻli kasb va 
faoliyat turlarining psixologik xususiyatlarini taxmin qiladi. Ommaviy va obroʻli 


243 
kasbiy faoliyat turlarini psixologik tahlil qilishning samaradorligi faoliyatni 
rejalashtirishdagi texnik va texnologik qarorlar va shu bilan bir qatorda, shaxsga 
nisbatan kasbiy talablar xarakteri hamda faoliyatning psixologik nazariyalarini 
ahvoli haqidagi ma‘lumotlar yordamida aniqlanadi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling