Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
- Uchinchi bosqichda
Birinchi bosqichda ish joyi yoki faoliyatning fiziologigienik va psixologik
xususiyatlari baholanadi. Bu toʻgʻridan toʻgʻri ushbu faoliyatni oʻrganish yoki ishlab chiqilgan me‘yoriy talablar va ish yurituvchi hujjatlar, koʻrsatma, texnologik xarita, oʻquv dasturlari, ma‘lumotnomalarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Bu bosqichda muayyan ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulay vaziyatlarni aniqlash muhim hisoblanadi Faoliyatni oʻrganish asosida ushbu mutaxassislik boʻyicha nomzodga qoʻyiladigan talablar tizimi ishlab chiqildi: -tibbiy talablar (sogʻliq holati, umumiy tibbiy koʻrsatkichlar); -talimiy talablar (umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi); -xarakterologik talablar (xarakter va shaxs xususiyatlari, motivasiya); -psixologik va psixofiziologik talablar (xotira, diqqat, tafakkur, reaksiya tezligi, emotsional barqarorlik, markaziy nerv tizimining xususiyatlari va boshqalar) Ikkinchi bosqich shaxsning kasbiy muhim sifatlarini baholash uchun izlanuvchanlik dasturini tanlash va qayta ishlash. Hujjatlar tahlili tavsiyalar, tavsiyanomalar, suhbat usullari qoʻllaniladi. Tanlangan metodikalar qator talablarga, jumladan, ma‘lumotlilik va ishonchlilik talabiga javob berish lozim. Uchinchi bosqichda tanlangan testlarni tekshirish va nazorat qilish bosqichi. Asosiy maqsad tanlangan metodikalar qanchalik faoliyat natijasini prognoz qila olishini aniqlashdir. Toʻrtinchi bosqichda kasbiy tanlovni oʻtkazish jarayonidir. Kasbiy tanlovni oʻtkazishning muhim sharti standartlik hisoblanadi. Tadqiqot sharoiti ya‘ni test, koʻrsatmalar, blankalar, natijalarni qayta ishlash barcha nomzodlar uchun bir xil boʻlishi lozim. Testdan foydalanish tajribasining koʻrsatishicha, koʻrsatmalarning ozgina boʻlsa ham oʻzgarishi tadqiqot natijalariga ham oʻz ta‘sirini oʻtkazadi. Nomzodning oʻzi tadqiqot natijalariga motivasiyalashganligi ham muhim. Shu 259 boisdan, tadqiqot oʻtkaziladigan muhit doʻstona, samimiy boʻlishi kerak. Natijalar tahlili standart boʻlishi lozim. Natijada barcha nomzodlarning natijalari muayyan guruxga birlashadi. Koʻpincha kasb tanlashda quyidagi tasnif qoʻllaniladi: -mutlaqo yaroqli; -shartli ravishda yaroqli; - yaroqsiz. Shaxsga kasb, kasbiy soha, mutaxassislik tanlanadi, bu koʻproq uning individual psixologik xususiyatiga mos keladi, buning natijasida u oʻzining toʻliq imkoniyatini mehnat faoliyatiga tadbiq etadi. Kasbiy oʻquv muassasalarda kasbiy tanlov va kasbiy saralash mehnat ekspertizaning alohida shakli sifatida namoyon boʻladi. Shuni nazarda tutish kerakki, espertizaning birinchi va ikkinchi shaklini sifatli oʻtkazish uchun asosiy vazifalar belgilangan: - bu ishga kirish imkoniyati boʻlmagan insonlarni ishga olishining oldini olish (yoshini toʻgʻri kelmasligi, sogʻligi, ma‘lumoti, psixofiziologik koʻrsatkichlari); - mavjud kasbga ishchan mehnatni oʻz sogʻligiga zarar yetkazmasdan bajaradigan insonlarni olish; - inson kasbining qaysi turiga qobiliyatli ekanligini aniqlash hamda faoliyatga tavsiya qilish. Agar kasbiy tanlovda ikkita vazifa hal qilinsa kasbiy saralashning uchinchi bosqichi asosiy hisoblanadi Psixologik kasbiy tanlovda quyidagi shartlar bajarilsa, samarali va maqsadga muvofiq boʻladi: -obektiv ijtimoiy-iqtisodiy zaruratning mavjudligi; - aniq kasbiy sohaning mavjudligi bunda ishchining kasbiy layoqati, yaroqliligi, mehnat samaradorligining ortishda katta ahamiyatga ega; -ishlab chiqilgan va tekshirib koʻrilgan tanlov tizimi diagnostik metodikalarning bajarilishining ishonchliligi; - kasbiy tanlovni oʻtkazish uchun tayyorlangan mutaxassislar ular kasbiy 260 tanlovni oʻtkazish va tashkillashtirishda amaliy tajribaga ega. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling