Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Mutaxassislik-kasb ichidagi kasbiy faoliyat koʻrinishlaridan biridir. Biroq 
birmuncha qisman, oraliq natijalarni erishishga yoʻnalgan (muhandis-tadqiqotchi, 
muhandis-oʻqituvchi, muhandis-konstrkutor). 
Professionallik - ahamiyatli kasbiy natijalarga erishish va faoliyatini yuqori 
darajada amalga oshirish imkonini beruvchi, psixik sifatlarni zarur me‘yoriy 
toʻplamiga ega boʻlgan shaxsning ichki tavsifnomasidir. 
Har qanday holatda xam shaxs kasb tanlash jarayonida 2 ta savolga toʻqnash 
keladi va unga javob berishga harakat qiladi. Xususan, tanlayotgan kasbim menga 
qay darajada toʻgʻri keladi yoki men tanlagan kasbimga mosmanmi? Boshqacha 
qilib aytganda, menga tanlagan kasbim qay darajada yoqadi? Menda ushbu kasbga 
nisbatan layoqat, qobiliyat, imkoniyatlarim yyetarlimi? Yuqoridagi savollarga 
javob berish shaxs kasbiy ta‘limining samaradorligini bildiradi va kelgusidagi 
muvaffaqiyatli faoliyatini ta‘minlaydi.
• Kasbiy tanlov – insonning aniq kasbga, ish joyiga yaroqliligini aniqlovchi 
omildir. Kasbiy tanlov 4 jihat boʻyicha farqlanadi: tibbiy, fiziologik, pedagogik
psixologik. 
• Tibbiy kasbiy tanlov tibbiy muolajalar orqali amalga oshiriladi: inson 
organizmining rivojlanishi, shakllanishi aloxida funksional tizimlarni tekshirish 
orqali amalga oshadi.
• Fiziologik tanlov-insonning funksional holatini inobatga oladi: ishchanligi 
va charchash darajasi stress omillariga munosabati tavakkal sharoitlarda samarali 
tashkil qilish qobiliyati, kechki smenalar, axborotlarning noaniqligi va boshqalar 
kiradi. 
• Pedagogik kasbiy tanlov-ishchining maxsus bilimlarini shakllanganligiga 
baxo berish orqali amalga oshiriladi, malaka va amaliyot kasbiy koʻnikmalar 
tekshiriladi. 
• Psixologik tanlovda- verbal testlar va soʻrovnomalardan, metodik 
suhbatlardan foydalaniladi. Bu insonning qobiliyati, yoʻnalganligi, kasbiy 
yoʻnalishi, motivasiyasi, qiziqishlari va layoqatini tekshiradi. 


252 
Kasbiy tanlov insonga mavjud faoliyatning yoʻnalishlari haqida tavsiyalar 
beriladi, ularning psixologik, psixofiziologik, fiziologik xususiyatlari natijalari
psixologik, psixofiziologik, tibbiy diagnostikaga asoslangan boʻladi 
Hozirgi kunda shaxs oldidagi kasbiy tanlov jarayoni keng qamrovlidir. Shu 
bilan birga ushbu tanlovni cheklovchi qator sabablar mavjud. Ushbu omillar 
orasida shaxsga bogʻliq boʻlmagan obektiv va muayyan shaxs xususiyatlariga 
bogʻliq boʻlgan subektiv omillar ham mavjud. 
Obektiv omillar sirasiga eng avvalo, shaxsning sogʻlomlik darajasi kiradi. 
Ayrim shunday kasblar borki, insonning jismoniy salomatligiga muayyan 
talablarni qoʻyadi. Navbatdagi obektiv omillar qatoriga ta‘lim olish uchun moddiy 
ta‘minlanganlik darajasi ham kiradi. Muayyan bir kasbni oʻzlashtirish hamda 
moddiy mablagʻ sarfini talab qiladi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling