Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


 Kasbiy psixologiyaning muhim va xarakterli muammolari


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

1.2. Kasbiy psixologiyaning muhim va xarakterli muammolari. 
Kasbiy psixologiyada psixikani oʻrganishning muayyan ilmiy vazifalariga
oʻzining aniq tadqiqot mavzuiga egadir. Psixologiya ta‘sir koʻrsatuvchi ob‘ektlari 
boʻlgan sub‘ektning ichki, psixik holatiga tashqi ta‘sirlar natijasida roʻy beradigan 
oʻzgarishlar jarayoni qanday kechishini oʻrganadi. Psixika faolligi bilan ajralib 
turadi. Uning zarur jihati mayllar, eng maqbul echimni faol izlash, ehtimoli 
tutilgan xatti-harakatlar variantlarini xayoldan oʻtkazishdan iboratdir. Psixik 
in‘ikos aynan oʻzini aks ettiradigan, sust narsa emas, balki u harakatlarning turli 


12 
variantlarini izlash, tanlash, solishtirish bilan bogʻliq boʻlgan shaxs faoliyatining 
zarur jihati hisoblanadi. Psixikaning mavjudligi izchil harakat dasturini tuzish, 
oldiniga ichki rejada ish bajarish (masalan, xulq-atvorning ehtimoliy variantlarini 
tanlash) va shundan keyingina harakat qilish imkonini beradi. 
Biologik evolyusiya jarayonida kishi psixikasi xulq-atvorni boshqarishning 
alohida apparati sifatida paydo boʻlib, sifat jihatdan oʻzgarib ketadi. Odamlar 
ijtimoiy hayot qonunlarining ta‘siri ostida shaxslar boʻlib etishadi, ularning har 
birida ularni voyaga etkazgan tarixiy sharoitningizlari saqlanib qolgan boʻladi. 
Aslini olganda, kishining xulq-atvori, xatti-harakatlari ham shaxsiy xususiyat kasb 
etadi.
Ta‘kidlanganlarning hammasi endilikda kabiy psixologiya fanida yuqorida 
berilgan ta‘rifni bir qadar aniqlashtirish imkonini beradi: psixologiya voqelikning 
miyadagi obrazi sifatida sodir boʻluvchi psixik faktlar, qonuniyatlar va faoliyat 
mexanizmlari toʻgʻrisidagi fandir. Psixikaning odamga xos boʻlgan oliy darajasi 
ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy darajasi, uni yaxlit bir holga keltiruvchi 
shakli boʻlib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy 
muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi 
hisoblanadi. 
Ongning tuzilishi, uning muhim psixologik ta‘rifi qanday? Ongning 
tuzilishiga berilgan birinchi ta‘rif uning nomidan kelib chiqqan, ya‘ni ong anglash 
deganidir. Ikkinchi ta‘rif – «Men» va «Men emas» degan tushunchalarni anglash. 
Uchinchi ta‘rifi: odamning maqsadni koʻzlovchi faoliyatini ta‘minlash- dir. 
Toʻrtinchi ta‘rifi: uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Ongning 
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan barcha oʻziga xos jihatlari shakllanishi va namoyon 
boʻlishining muqarrar sharti til hisoblanadi.
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik kishiningoʻzini tuta 
olmaydigan qilib qoʻyadigan ta‘sirlar bilan bogʻliq psixik jarayonlar, harakatlar va 
holatlar yigʻindisidir. Ongsizlikda anglanishdan farqli oʻlaroq, kishi oʻzi 
bajarayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, ularning 
natijasini baholay olishi ham amrima hol. Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni 


13 
kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush koʻrish); 
sezilmaydigan, lekin haqiqatan ham ta‘sir koʻrsatadigan qoʻzgʻatuvchilarga 
«subsensor» va «subretseptiv» javob reaksiyalari; oldinlari ongli harakat boʻlib, 
lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga koʻra endilikda 
anglanilmaydigan boʻlib qolgan harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo maqsad 
hissidan anglanilmaydigan ayrim mayllar va hokazo. Ongsizlik hodisalariga bemor 
kishining psixikasida roʻy beradigan ba‘zi bir patologik hodisalarni – alahlash, 
yoʻq narsalarning koʻzga koʻrinishi va shu kabilarni ham kiritish mumkin. 
SHularga asoslanib, ongsizlikni ancha qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar 
psixiksiga tenglashtirish notoʻgʻri boʻlar edi. Ongsizlik – kishining xuddi ong kabi 
oʻziga xos psixik koʻrinishi. U kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil 
boʻlmagan, qisman aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart- sharoitlari bilan 
bogʻliq holda paydo boʻlgan. 
Xulosa qilib aytganda, psixik aks ettirish qanday paydo boʻlgani, rivojlangani, 
evolyusiya pilla poyasining turli bosqichlarida qanday oʻzgarib borgani, kishi ongi 
qanday paydo boʻlgani va shakllanganini tushunib olgandan keyingina psixikaning 
eng muhim qonuniyatlarini ochib berish va jiddiy psixik faktlarni aniqlash mumkin 
boʻladi. SHunday qilib, kasbiy psixologiya fani psixikaning paydo boʻlishi, psixik 
jarayonlarning taraqqiyot qonuniyatlari va inson bilan tashqi muhit oʻrtasidagi 
oʻzaro munosabatlarni oʻrganadi. Odamning psixik hayoti murakkab va koʻp 
qirralidir. U faqat tashqi muhitning ta‘sirlarigagina bogʻliq boʻlib qolmay, balki 
yuksak nerv faoliyatidagi miya ishining murakkab nerv-fiziologik qonuniyatlariga 
ham boʻysunadi. Psixik jarayonlar va shaxsning xususiyatlari oʻzaro chambarchas 
bogʻlangan boʻlib, hamisha bir-biri bilan turlicha bogʻlangan va bir-biriga bogʻliq 
holda namoyon boʻladi. Muayyan bir vaqtda hech qachon faqat bittagina psixik 
jarayon roʻybermaydi yoki shaxsning faqat bittagina xususiyati namoyon boʻlib 
qolmaydi. Masalan: idrok etish jarayoni sezgi jarayoni bilan ham, xayol jarayoni 
bilan ham, tafakkur va xotira jarayoni bilan ham chambarchas bogʻlangan 
boʻladi(Oʻqishi qiyin boʻlgan xat). 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling