Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


 Tadqiqiy metodlar: longityud va kesimli metodlar


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

2.2. Tadqiqiy metodlar: longityud va kesimli metodlar. 
Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud; 
1. Longityud
2. Kesimli
Longityud metodi – ma‘lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil 
belgilariga koʻra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam oʻrganishni nazarda 
tutadi. Genetik metodlar uzoq vaqt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining 
oʻzgarishlarini tadqiq etish uchun moʻljallangan. Kasb psixologiyada longityud 
metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini monografik tasvirlash 
usullaridan keng foydalaniladi. Longityud metod - bir xil yoshdagi 
sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini koʻp marotabali tizimli ravishda 
oʻrganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni 
oʻrganish maqsadida yillar davomida oʻtkaziladi. Longityud metodi psixologiyada 
XX asrning 20-yillarida shakllana boshladi va asosan psixik genezisi va bolalar
yoshlar psixik pragnozini ilmiy jihatdan asoslab berish uchun qoʻllanilgan. Keyingi 
yillarda (20-30 yil davomida oʻtkazilgan) davomli longityud tadqiqotlari 
jarayonida deyarli qoʻllanilmagan. Longityud metod bir vaqtning oʻzida boshqa 
metodlarni qoʻllanilishini ham nazarda tutadi. Jumladan, kuzatish, savol-javoblar, 
test, psixografiya, praksimmetriya va hokazo. Longityud metodi yordamida 
olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish stajiga, tadqiqot oʻtkazilgandagi ijtimoiy 
iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy faoliyat turiga bogʻliq boʻladi. Longityud 
metodini kasbiy psixologiyada qoʻllash orqali shaxs kasbiy shakllanishining 
individual oʻzgarishlarini oʻrganish imkonini beradi shuningdek, kasbiy faoliyatda 


32 
rivojlanish, obroʻ-e‘tibor qozonishning yoʻl-yoʻriq va vositalarini aniqlash 
imkonini beradi. Longityudni qoʻllashdagi qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok 
etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining koʻpligi va kamligida bilinadi. 
Keyingi muammo oʻlchovlar oʻrtasidagi oraliq masofalar hisoblanadi.Bu metod 
orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq 
vaqtlar oraligʻida oʻtkazilgan. SHaxsning kasbiy shakllanishini oʻrganishda 
tadqiqot intervali sifatida kasbiy rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish 
mumkin. Longityud metodidagi muammolardan biri uning davriyligini belgilash 
boʻlib, bunda u 5-yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud 
sifatida 1928 yildan bugungi kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya 
longityudini misol sifatida keltirish mumkin.Longityud metodning kamchiligi 
uning davriyligidadir. SHaxsiy va kasbiy oʻzgarishlar tasodifiy yoki drammatik 
voqealarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Yillar davomida tekshiriluvchilar sonining 
qisqarishi, oʻrganilayotgan jarayonlarning mazmun mohiyati kengayib boradi. 
Longityud metodining qoʻllanilishini chegaralovchi omillardan biri shaxsni 
oʻrganish uchun koʻp vaqtni ketishidir. Longityud metodining kamchiliklarini 
boshqa psixobiografik usullarni qoʻllash yordamida bartaraf etish mumkin. 
Kesimli metod – ma‘lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli 
guruhlariga nisbatan taqqoslash xosdir.Bu metod orqali sinovdan oʻtayotgalarning 
koʻp miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin.Kesimli tadqiqotlarni 
oʻtkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qoʻllaniladi.Longityud 
metodi - kasbiy shakllanishda individual yoʻlni oʻrganishga yordam beradi. 
Mazkur metod yordamida shaxsning obroʻ orttirishi uning faoliyatidagi turli 
xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi. Barcha tadqiqotlarda keng doirada 
metodlarni qoʻllash oʻziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib keladi.
Kasbiy psixologiya tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning qoʻllanishi 
sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini koʻrib chiqish zaruriyatini keltirib 
chiqaradi.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling