Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Pedagogik psixologiya- shaxsga ta‘lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va 
muammolarini 
oʻrganuvchi psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya 
psixologiyaning yosh avlodga ta‘lim va tarbiya berishning psixologik 
muammolarini oʻrganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning 
ilmiy asoslaridan biri boʻlib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish 
uchun zarur boʻlgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.
Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida 
ta‘kidlash lozim. E. A. Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: 


28 
mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub‘ekt sifatida faoliyat koʻrsatishi 
va shakllanishi sohasidagi vazifalarni echish usullari, yoʻllari va sharoitlarini 
oʻrganuvchi psixologiya yoʻnalishidir.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini oʻrganadi. Bunda 
shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanish sifatida koʻrib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-
mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini yoki muayyan 
kasbda ishlovchilarga nisbatan qoʻyiladigan psixologik talablarni oʻrganish hamda 
ilmiy tahlil qilish bilan shugʻullanuvchi boʻlimidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida 
kasbiy hulq muhim axamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va 
kognitiv sifatlariga e‘tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e‘tibor 
qaratiladi. Inson va uning kasbi oʻrtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar 
olami tuzilmasi oʻrtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi.
Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini oʻrganib, 
shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy
tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga 
kirishish va uning hayotga boʻlgan ta‘sirini oʻrganadi.
Kasb psixologiyasining muhim jihatlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy 
maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini oʻrganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan 
iborat.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling