Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishida o’yinning roli


Download 21.57 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi21.57 Kb.
#110026
Bog'liq
bolalar psixologiyasi


13-variant

1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

  1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishida o’yinning roli

Maktabgacha yosh davri 3 yoshdan 7 yoshgacha organizmning intensive o’sishi davom etadi. Bosh miya og’irligi 1350 g.gacha yetadi. Bu davrda o’yin faoliyati yetakchi faoliyat turidir. Rolli o’yinlar jarayonida vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri, bolada o’z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish tuyg’usining mavjud bo’lganidir. O’yin faoliyati ixtiyoriy diqqat va xotiraning, tafakkurning rivojlanishini belgilab beradi. Bola predmet va harakatlarni birlashtirishni o’rganadi. Bolaning hayoli ham faqat qiyin holatdagina rivojlana boshlaydi. 3 yoshdan 7 yoshgacha barcha bilish jarayonlari o’sadi, sezgirlik kuchayadi, bola sensor etalonlarni o’zlashtiradi, xotiraning hajmi o’sadi. Bolaning tafakkuri turli faoliyatlarda, xususan, o’yin faoliyatida rivojlanadi. Bilish jarayonlari va o’yin faoliyati bola nutqini rivojlantiradi. Bolaning nutqi situativ xarakterga ega, maktabgacha yosh davrining oxiriga kelib esa u o’z ona tilino, Grammatik tuzilishini yaxshi o’zlashtiradi., ichki nutq paydo bo’ladi, nutq alohida faoliyat tarzida shakllanadi. Bolaning shaxsiy rivojlanishida ham o’zgarishlar yuz beradi. Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o’yinlar kata rol o’ynaydi. O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir o’tkazadi. Rolli o’yin faqat alohida alohida olingan psixik jarayo uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakllantirishda ham zarur.

  1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

Bola rivojlanishining turli tomonlarini har xil fanlar – anatomiya, fiziologiysa, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena va boshqalar o’rganadi. Tug’ilgandan yetuklik davrigacha bola psixik tarqqiyotini o’rganish esa psixologik bilimlarning maxsus sohasi – bolalar psixologiyasi fanining vazifasi. Chunki bolalar psixologiyasi bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarii, rivojlanishning turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi fandir. Bolalar psixologiyas fanining predmeti otnogenezdagi psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, yosh davrlari, bir yosh davridan boshqasiga o’tish sabablarini aniqlashdan iborat. Agar pediatr bolalarning jismoniy salomatligi bilan shug’ullansa, bolalar psixologi bola psixikasining qanchalik to’g’ri rivojlanayotgani va faoliyat ko’rsatayotganini o’rgannadi. Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmeti kengayib bormoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishini tobora chuqurroq o’rganish natijasida ro’y bermoqda.

  1. Birinchi sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati xususiyatlari.

Maktabga kelishi bilan bola ijtimoiy ongning rivojlangan shakllari - odamlarning nazariy ongi va tafakkuri bilan bog'liq bo'lgan ilm-fan, san'at, axloq, qonunchilik asoslarini o'rganishni boshlaydi. Ijtimoiy ongning ushbu shakllari va unga mos keladigan ma'naviy shakllarning asoslarini assimilyatsiya qilish bolalarda ularda tarixiy ravishda yaratilgan inson faoliyatiga mos keladigan faoliyatni amalga oshirishni anglatadi. Bolalar nafaqat ijtimoiy ongning yuqoridagi shakllari asoslariga mos keladigan bilim va ko'nikmalarni, balki nazariy ong va tafakkurning asosini tashkil etuvchi tarixiy qobiliyatlarni - aks ettirish, tahlil qilish va fikr tajribasini qayta ishlab chiqaradilar. Boshlang'ich maktab o'quvchilarining o'quv faoliyati eng yaxshi natijalarni beradi, agar bolalar bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish jarayonida bir-biri bilan faol munosabatda bo'lishsa (masalan, ularning kelib chiqish shartlarini muhokama qilishadi. O'quv faoliyatida maktab o'quvchilari odamlar tomonidan tushunchalar, tasvirlar, qadriyatlar va normalarni yaratishning haqiqiy jarayonini takrorlaydilar. O'quv faoliyati jarayonida yosh avlod o'zlarining ongida insoniyat to'plagan va ma'naviy madaniyatning ideal shakllarida ifoda etgan nazariy boyliklarini takrorlaydilar. Birinchi sinf o’quvchilari maktabgacha bo’lgan davrda asosan jismoniy o’yinli mashg’ulotlar bilan shug’ullangan bo’lsa endi maktabda o’quv faoliyati bilan shug’ullanadi.

2-topshiriq

Test
1. Qaysi qatorda L.S.Vigotskiy tomonidan fanga kiritilgan aqliy rivojlanishning aktual rivojlanish darajasi to’g`ri berilgan

  1. O’quvchi qo’lga kiritib bo’lgan rivojlanishi darajasini ko’zlamasdan bir muncha orqaga ketishi.

  2. O’quvchi tafakkuriga uning mavjud imkoniyatlarini bir muncha oshiradigan talablar qo’yishi.

  3. O’quvchi erishgan va yaxshi o’zlashtirib olgan analitik-sintetik faoliyat darajasini talab qilinishi kerak degan qoidaga asoslanadilar.

  4. O’quvchi tayyorgarligining mavjud darajasi bo’lib, u o’quvchining qanday topshiriqlarni to’la mustaqil bajara olish bilan xarakterlanadi.


2. Dars samarasini oshirish uchun tanaffuslarning foydasi, vaqti-vaqti bilan mashg`ulot turlarini almashtirishning foydalari to’g`risida qaysi olim o’z fikrini aytgan

  1. Ushinskiy.

  2. F.F.Dobrinin.

  3. Bine va Simon.

  4. M.G.Davletshin.


3. O’spirinlardagi o’zini anglash, turmush, qaysi faoliyat taqazosi bilan namoyon bo’ladi

  1. Turmush, o’qish, mehnat, sport.

  2. Turmush, o’yin, mehnat, muloqot.

  3. Aytishuv, o’qish, sport, mehnat.

  4. Kasb egallash, ta`lim, mehnat.


4. O’spirin psixikasidagi jiddiy kamchiliklar nimalardan iborat

  1. Adabiy qahramon qiyofasini ifodalay olmasligi.

  2. Barcha faoliyat bosqichida mustaqil fikr yurita olmasligi.

  3. Nazariy tafakkurni shakllanmaganligi.

  4. O’qituvchi o’quvchida mustaqil fikrlashini rivojlantirmaganligi.


5. “Mazkur yosh davrida o’zini boshqarishning tarkibiy qismlari ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajriba, o’zlashtirilgan bilimlarni tartibga solish asosida his-tuyg`ular qarashlar, ahloqiy qadriyatlar, o’zligini anglash va barqaror e`tiqod shakllanadi.” Ushbu fikrlar qaysi yosh davri uchun xos

  1. O’smirlik davri.

  2. Ilk o’spirinlik davri.

  3. O’spirinlik davri.

  4. Etuklik davri.


6.O’spirinlk davridagi asosiy faoliyat bu….

  1. Mehnat

  2. Ta`lim

  3. Mehnat va muloqot

  4. Mehnat va ta`lim


7.O’spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik bo’yicha mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi bu…….

  1. Tafakkurning mazmundorligi

  2. Tafakkurning chuqurligi

  3. Tafakkurning mustaqilligi

  4. Aqlning tashabbuskorligi


8.Moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari xossalari sifatlari o’zaro bog`lanishi va munosabatlari o’spirinning fikrlashida to’liq aks etishi tushuniladi bu ……..

  1. Tafakkurning mazmundorligi

  2. Tafakkurning chuqurligi

  3. Tafakkurning mustaqilligi

  4. Aqlning tashabbuskorligi


9.Qaysi qatorda faoliyat nazariyasining asoschisi to’g’ri ko’rsatilgan

a)L.S. Vigotskiy

b)D.B.Elkonin

c)L.F.Obuxova

d)A.N.Leotyev
10.Faoliyat nazariyasi qaysi tamoyilga asoslangan?

a)Ong va faoliyat birligi tamoyili

b)determinizm tamoyili

c)tarixiylik tamoyili

d)Barcha javob to’g’ri


Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javob

A

D

B

B

D

B

A

B

D

A


3-topshiriq. Masala

Darsda Sh. va M.ning e’tiborini tortishga qanday motiv yordam beradi? Qaysi belgilarga qarab buni aniqlash mumkin? Bolalarni ko‘chmanchi qushlar bilan tanishtira turib, men ko‘p qushlar tasvirlangan rasmni doskaga osdim. Qaldirg‘och haqida tushuntirayotganda men Sh. va M.ning ovozini eshitdim; ular rasmni ko‘rsata turib deyarli baland ovozda gaplashardilar:

- Qara, dumchasi qanday chiroyli!

- Anavi qushchani qara, uning tumshug‘i qanday uzun va ko‘krakchasi yashil!

- Mana bu-chi, qanday jajjigina, qaragin!

- Qaysi biri?

- Ana u, shoxchadagisi.

- Ko‘ryapman, bu sayroqi qushcha bo‘lsa kerak.

- Mana bu laylak!

Qizlar sayroqi qushchani va laylakni tomosha qilayotgan paytda men to‘rg‘ay va chug‘urchiq haqida gapirab berayotgan edim. Biroq Sh. va M. bu qushlar xaqida hech narsa bilmay qoldilar, chunki mening hikoyamni eshitmasdan, rasmda chizilgan boshqa qushlarni tomosha qilishda davom etayotgan edilar.


Javob:

Bunda o’qituvchi aynan o’sha bolalarga murojaat qilishi kerak. Masalan: qaldirg’och qanday qush hisoblanadi, ular bizni o’lkalarga qaysi vaqtda keladi, qayerlarda yashaydi? kabi savollarni bersa o’sha bolalar ham o’z e’tiborini qaldirg’ochga qaratishadi. Bolaga ma’lum bir obyekt haqida tushuncha berilayotganda atrofidagi o’zi guvoh bo’lgan narsalar bilan bog’lansa va bola u tushuntirishda o’zi ham bevosita ishtirok etsa kebgroq tasavvur qiladi, esda saqlab qolishi osonroq bo’ladi.
Download 21.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling