Andijon Mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti bxa yona’lishi k-11-20 guruh talabasi Abdumutalipov Asadbekning Buxgalterya hisobidan mustaqil ishi Mahsulot tannarxi tarkibi va bahoni shakllantirish maqsadida uning turlari. Kirish
Buxgalteryada tannarxga oid bazi o’tkazmalar va korxonalarda xarajatlarni tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirish yo‘llari
Download 219.18 Kb.
|
Maxsulot tannarxi tarkibi va bahoni shakllantirish maqsadida uning (1)
3.Buxgalteryada tannarxga oid bazi o’tkazmalar va korxonalarda xarajatlarni tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirish yo‘llari.
Keyingi yillarda korxonalar mahsulotlarining tannarxi tarkibida moddiy xarajatlar salmog‘i ortib bormoqda. Shu sababli mamlakatimizda qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturida korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash orqali mahsulot tannarxini pasaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan me’yorlarning ko‘pchiligi sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan bo‘lib, tejamkorlik talablariga to‘liq javob bermaydi. Shu sababli mazkur dasturda ushbu me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish ham nazarda tutilgan. Buning uchun har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tannarxni pasaytirish omillari to‘g‘risida keng va chuqur tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Umumiy holda, mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir (2-chizma). Tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari 2-chizma
Korxonalarda har bir so‘mni oqilona, maqsadga muvofiq sarflashga harakat qilish, ya’ni moddiy, pul va mehnat xarajatlarini tejash, shu orqali yetishtiriladigan mahsulotlarning, bajariladigan ish va xizmatlarning tannarxlarini pasaytirishga erishish lozim. Buning uchun: korxonada mavjud bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida tadbirkorlik bilan oqilona, samarali foydalanib, barcha ishlarning vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash; xarajatlarni tejaydigan yangi texnika, samarali texnologiyalarni joriy etish natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori darajada mexanizatsiyalashganlik, avtomatlashganlik darajasini oshirib, mehnat unumdorligini oshirish; korxonalarning texnik va texnologik jihatdan ta’minlanganlik darajasini oshirish; mehnatni tashkil etishning samarali shakllarini joriy etish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish. Masalan: Biz un ishlab chiqarish korxonasida buxgalter bo’lib ishlaymiz va bizning vazifalarimizdan biri bu ishlab chiqarayotgan Mahsulotimizni tannarxini hisoblashimiz kerak va bu tannarxni yig’ish sho’ti buxgalteryada 2010-Asosiy ishlab chiqarish sho’tida yig’iladi.Biz un ishlab chiqarish uchun Mahsulot, asosiy vositalarini eskirishi, nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi, komunal to’lovlar(suv,gaz, svet va boshqa komunal xizmatlar),ishchilarga ish haqi va boshqa barcha qilgan xarajatlarimizni yig’amiz va Mahsulot tannarxini shu yo’l bilan aniqlaymiz. Dt 2010 Asosiy ishlab chiqarish Kt 1010 Xom ashyo va materiallar Kt 0220 Bino,inshoat va uzatuvchi moslamalarning eskirishi Kt 0530 Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi Kt 6710 Xodimlar bilan hisoblashishlar Kt 6010 Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigon sho’tlar(komunal to’lovlar. Va shu yo’l bilan Mahsulot tannarxi buxgalterya o’tkazmalarida aks ettiriladi. Xulosa
Mustaqil ish mavzusi orqali korhona va tashkilotlar ish faoliyatida maxsulot tovar, ish xizmatlarni sotish jarayonida ularni hisobga olish, baholash ishlari qay tartibda amalga oshirilishi bo'yicha bir qancha masalalar ko'rib chiqildi Maxsulot ishlab chiqarish harajatlari hisobini tashkil etishning asosiga quydagi asosiy tamoyillar qo’yiladi. Buxgalteriya hisobida harajatlarni iqtisodiy hihatdan va moddalar bo’yicha, maxsulot turlari va korxona bo’linmalari bo’yicha guruhlashtirish. Maxsulot ishlab chiqarish va uning tannarxi kalkulyatsiyalashga doir harajatlar hisobining qabul qilingan uslubiyati yil davomida o’zgarmasligi. Harajatlar hisobi obyektlarini maxsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish obyektlari bilan muvofiqlashtirishi. Daromad va harajatlar hisobot davriga to’g’ri kiritilishi Hisobda ishlab chiqarilishning joriy harajatlari va kapital qo’yilmalari bilan bog’liq harajatlarni ajratishlar xisoblanadi. Va albatta har bir ishlab chiqarish korxonasining asosiy masalalaridan biri bu tannarxdir. Uning eng muhim masalalaridan biri bu tannarxni kamaytirish va bu yo’l bilan foydani ko’paytirish bo’ladi.Va men bu masalalarni mustaqil ishimda asosiy masala sifatida keltirib u bo’yicha bazi xulosalarni berib o’tdim va bu hamma uchun kerak deb o’ylayman va albatta foydali deb ham. Download 219.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling