Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisob


Download 27.48 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi27.48 Kb.
#1779838
Bog'liq
Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisob-fayllar.org


Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisob

Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi
Reja:
1.Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom
2.Eskirish turlari
3. Eskirish hisoblash usullari

Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) muvofiq Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirishni tartibga soladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Budjet tashkilotlari (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) asosiy vositalarini eskirishi mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq budjet tashkilotlar asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan (bundan keyingi o‘rinlarda eskirish me’yorlari deb yuritiladi) kelib chiqqan holda har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, zarur hollarda, o‘zlarining tizimidagi tashkilotlarda asosiy vositalarning eskirishi me’yorlarini asosiy vositalarning texnik shartlari va/yoki tayyorlovchi-tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq asosiy vositalar obyektlarining samarali foydalanish muddatini hisobga olgan holda mazkur Nizom bilan belgilangan me’yorlardan oshmagan holda o‘rnatilgan tartibda belgilashlari mumkin.
Asosiy vosita obyektlarida amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya natijasida dastlabki qabul qilingan me’yoriy ko‘rsatkichlari yaxshilanishi (oshirilishi) hollarida tashkilotlar shu obyektning amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya ishlari tugatilgan oydan keyingi hisobot oyining birinchi sanasidan boshlab shu obyektning samarali foydalanish muddatini qayta ko‘rib chiqadilar.
3. Beg‘araz olingan asosiy vositalar obyektlarining samarali foydalanish muddati quyidagicha aniqlanadi:
tashkilotlardan olinganlar uchun — amalda foydalanilgan muddatlarini va avval hisoblangan eskirish summasini hisobga olgan holda;
boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan olinganlar uchun — tashkilotlarda doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyasi tomonidan belgilangan obyektning bozor bahosi va foydalanish muddatidan kelib chiqqan holda.
4. Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo‘yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san’atning noyob yodgorliklari bo‘lgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o‘quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar, mahsuldor qora mollar, qo‘toslar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog‘i va shunga o‘xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bo‘lgan yoshga etmagan ko‘p yillik ko‘chatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qo‘yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.
II. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi
5. Asosiy vositalar obyekti bo‘yicha eskirish hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning dastlabki (tiklanish) qiymati doirasida yoxud bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
6. Hisobot yili mobaynida asosiy vosita obyektlari bo‘yicha eskirish har oyda yillik eskirish summasining 1/12 miqdorida hisoblanadi.
7. Asosiy vosita obyektlari bo‘yicha eskirish hisoblash asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati to‘liq qoplangan yoxud bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatiladi.
Asosiy vositalar obyektining samarali foydalanish muddati mobaynida eskirish hisoblanishi to‘xtatilmaydi, obyektlarda amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya, modernizatsiya, texnik qayta jihozlash ishlari olib borilishi tufayli to‘liq to‘xtatilgan hollar bundan mustasno.
8. Asosiy vosita obyektlari bo‘yicha eskirish hisoblash hisobot davrida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi.
Eskirish hisoblash asosiy vositalar obyektlari qiymatining 100% idan oshib ketishi mumkin emas.
III. Asosiy vositalar eskirishini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
9. Hisobot oyi uchun asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tashkilotlar buxgalteriya hisobida “Asosiy vositalar fondi” subschyotining debeti bo‘yicha va “Asosiy vositalarning eskirishi” subschyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi va hisobotlarda asosiy vositalarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va hisobdan chiqarilishi (to‘ziganligi va eskirganligi tufayli tugatilishi munosabati bilan ularni hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga eskirishning umumiy summasi o‘zgarishi mumkin.
10. Har oyda hisoblangan eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)da asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha hisobi yozib borilmaydi. Agar asosiy vositalar tugatilayotganda yoki boshqa tashkilotga berilayotganda, shuningdek obyektlarni eskirishining yillik me’yori belgilangan tartibda o‘zgartirilayotgan bo‘lsa, asosiy vosita obyektlarining butun foydalanish muddati mobaynida hisoblangan to‘liq eskirish summasi alohida inventar obyektlari bo‘yicha aniqlanadi.
11. Avval foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar bir tashkilotdan boshqasiga berilayotganda, shuningdek tugatilishi sababli hisobdan chiqarilayotganda obyektlarning dastlabki (tiklanish) qiymati va mazkur Nizomga muvofiq o‘rnatilgan tartibda hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatilgan holda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Boshqa tashkilotlardan avval foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar — inventar obyektlar kelib tushganda, qabul qilib oluvchi tomon buxgalteriya hisobida ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirmagan holda “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debeti bo‘yicha va ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirgan holda — “Asosiy vositalar fondi” subschyoti krediti hamda beruvchi tashkilotlarning hujjatlariga muvofiq mazkur obyekt eskirish summasiga — “Asosiy vositalarning eskirishi” subschyoti krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan avval foydalanishda bo‘lgan obyektlar bo‘yicha eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)ga yoziladi.
12. Tugatilgan yoki boshqa tashkilotlarga berilgan asosiy vositalar obyektlari buxgalteriya hisobida “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari krediti bo‘yicha dastlabki (tiklanish) qiymatida va “Asosiy vositalar fondi” subschyotining debeti aynan dastlabki (tiklanish) qiymati bo‘yicha, lekin hisoblangan eskirishni ayirgan holda va “Asosiy vositalarning eskirishi” subschyotining debeti bo‘yicha mazkur obyektning butun foydalanish muddati mobaynida yuqorida 5 — 7-bandlarda ko‘rsatib o‘tilgan tartibda hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi.
13. Kelgusida foydalanishga yaroqli bo‘lgan alohida obyektlar qiymatining 100 % miqdorida hisoblangan eskirish, ularning to‘liq hisoblangan eskirish omili hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash
Asosiy vositalarni uzoq vaqt davomida natural shaklini saqlagan va qiymatini bir vaqtda o‘zgartirishi bilan ishlashi bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari amortizatsiya miqdorini aniqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu miqdor asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ularning eskirishi yoki boshlang‘ich qiymatini kamayishi miqdorini ko‘rsatadi.
Asosiy vositalarning eskirishi jismoniy va ma’naviy bo‘lishi mumkin.
Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning boshlang‘ich iste’mol qiymatini faqatgina foydalanish jarayonida yo‘qotishi emas, balki ishlatilmay turganda ham (tashqi ta’sirlar, atmosfera ta’siri, zanglash natijasida) o‘z qiymatini asta-sekin yo‘qotib borishi tushuniladi.
Ma 'naviy eskirish - mashina va uskunalarning joriy davrdagi bozor qiymatining ular sotib olingan davrga nisbatan pasayishidir (yoki yangi, yanada taraqqiy topgan va iqtisodiy samarali mashina va uskunalarning joriy etilishi natijasida ular qiymatining pasayishi). Boshqacha aytganda, ma’naviy eskirish natijasida asosiy vositalar o‘zining texnik xususiyati va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha eskiradi.
Amortizatsiya - foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishidagi eskirishning qiymat ifodasidir.Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydankeyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi va mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq solndirilgan yoki bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida to‘xtatiladi.

Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi:


1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
2) mahsuldor chorva mollari;
3) kutubxona fondi;
4) muzey qimmatliklari (muzey ashyolari);
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan asosiy vositalar;
6) arxitektura yodgorliklari;
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari;
8) qiymati ilgari toliq chegirilgan mol-mulk;9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar.
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qo‘llash orqali, biroq Soliq Kodeksida belgilangan eng yuqori normadan oshmagan holda hisoblab chiqiladi.Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani ushbu moddada belgilanganidan pastroq va soliq to‘lovchining hisob siyosatida mustahkamlab qo‘yilgan normalar bo‘yicha hisoblashga yo‘l qo‘yiladi. Soliq solinadigan foydaning to‘liq hisoblanmagan amortizatsiya summasiga soliq solish maqsadlarida ushbu moddada nazarda tutilgan normalarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
Asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’iy nazar amalga oshiriladi va u tegishli bo‘lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.Mulk hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0211 “Yerni obodonlashtirishning eskirishi”;
0212“Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;
0220 “Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi”;
0230 “Mashina va asbob-uskunalaming eskirishi”;
0240 “Mebel va ofis jihozlarining eskirishi”;
0250 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi”;
0260 “Transport vositalarining eskirishi”;
0270 “Ishchi hayvonlarning eskirishi”;
0280 “Ko‘p yillik o‘simliklaming eskirishi”;
0290 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”;
0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalarning eskirishi”.
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti bilan bogiangan holda olib boriladi. Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debetida aks ettiradilar.
Asosiy vositalar obyektlari chiqib ketganda (sotilganda, hisobdan chiqarilganda, kamomadda, tugatilganda va b.) ular bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi 0200-guruh schyotlari debetidan 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Amortizatsiyani hisoblash usuli korxonaning hisob siyosatiga ko‘ra aniqlanishi va bir hisobot davridan ikkinchi davrga izchillik bilan qollanilishi va taqvimiy yil davomida o‘zgarmasligi lozim (5-son BHMSning 43-bandi), korxona qayta tashkil etilgan, uning mulkdorlari almashgan, respublika qonun hujjatlarida o‘zgarishlar boMgan hollar bundan mustasno
Amortizatsiya hisoblash usullari
1.To'g'ri chiziqli - yillar summasi usuli(kumulyativ usul)
2.Ishlab chiqarish usuli - ikki baravar amortizatsiya me'yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli
Hisobot yili davomida asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari qo‘llaniladigan hisoblash usulidan qat’iy nazar (amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari), yillik summaning 1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi.
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati shundaki, bunda amortizatsiya teng maromda, asosiy vositalami foydali ishlatish muddati mobaynida ulaming amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi. Mazkur usulga muvofiq asosiy vositalar obyektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan taqsimlanadi. Usui amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining davom etishi muddatiga bog‘liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni obyektdan foydalanilgan hisobot davrlari soniga bodish yo‘li bilan hisoblanadi.

Misol. Kompyuterning boshlang‘ich qiymati 2680 ming so‘m, uning besh yillik foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati 80 ming so‘m. To‘g‘ri chiziqli hisobdan chiqarish usuliga muvofiq mazkur vaziyatda yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatidan 20 foizli, ya’ni 520 ming so‘mni ((2680000-80000)/5) tashkil qiladi.


Kompyuterda amortizatsiya hisoblash jadvali

Yil oxiri


Boshlang'ich qiymati


Yillik amortizatsiya Summa


Y.A
Debet


Y.A
Kredit


Jamlangan eskirish


Qoldiq qiymat


1

2680000

520000

9420

0250

520000

2160000

2

2680000

520000

9420

0250

1040000

1640000

3

2680000

520000

9420

0250

1560000

1120000

4

2680000

520000

9420

0250

2080000

600000

5

2680000

520000

9420

0250

2600000

80000


Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi asosiy vositalar obyektining mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan. Mazkur usul bo‘yicha har yillik amortizatsiya hajmini hisob-kitob qilish uchun butun foydali ishlatish muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlar уig‘indisini va mazkur muayyan yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Mahsulot sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni, o‘tib bo‘lingan tonna-kilometrlar soni va boshqalar olinishi mumkin.

Misol. Matiz yengil avtomobilining kutilayotgan umumiy bosibo‘tadigan yo‘li 500 000 km, boshlang‘ich qiymati 45 000 000 so‘mni, foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatish) qiymati 5 000 000 so‘mni tashkil etadi. Hisobot davrida 10 000 km yo‘l bosishi kerak. Hisob siyosatida amortizatsiya ishlab chiqarish usulini qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan.


Oldin amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlaymiz. Amortizatsiyalanadigan qiymat 40 000 000 so‘m (45 000 000 so‘m - 5 000 000 so‘m)dan iborat.
Keyin bajarilgan ish hajmining bir birligi, ya’ni har bir kilometrga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya summasini aniqlaymiz. Har bir kilometrga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya summasi 80 so‘m (40 000 000so‘m/ 500 000 km)ni tashkil etadi.
Hisobot davrida amortizatsiya ajratmasi summasi 800 000 so‘mga teng: 10 000 km x 80 so‘m.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli amortizatsiyani hisoblash davrida amortizatsiyalanadigan aktivqiymatining kamayishini anglatadi. Mazkur usulga ko‘ra teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan ikki baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda farazqilinayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot yili boshidagi asosiy vositalar obyektining qoldiq qiymatidan va mazkur obyektni foydali ishlatish muddatiga bogiiq holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Misol. MChJ kesuvchi dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich qiymati 52000 ming so‘mni, foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati 2000000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi. Hisob siyosatida amortizatsiya ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulini qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan. Bunda to‘g‘ri chiziqli usulda amortizatsiya me’yori har bir yil uchun 20 % (100 %/5)ni tashkil etadi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida amortizatsiya me’yori 40 % (2 x 20 %)ga teng bo‘ladi. Ushbu qat’iy belgilangan 40 % stavka hisobot yili boshidagi balans qiymatiga nisbatan foydalaniladi.Foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya ajratmasining yillik summasi dastgohni buxgalteriya hisobiga qabul qilinganda shakllangan boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqib 20800000 so‘m (52000000 so‘m x 40 %/l 00) qilib aniqlanadi.
Foydalanishning ikkinchi yilidaamortizatsiya 40 foiz miqdorda yil boshidagi qoldiq qiymatidan, ya’ni obyektning boshlang‘ich qiymati va birinchi yil uchun hisoblanganamortizatsiya summasi o‘rtasidagi farqdan hisoblanadi va 12480000 so'm (52000000 - 20800000 so‘m) x 40 % / 100)ni tashkil etadi hamda keyingi у Шаг uchun shu zaylda davom ettiriladi.

Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) muvofiq har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to'liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari summasiga bo'lish orqali aniqlanadi.


Misol. MChJ bo‘yoq quyish dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich qiymati 60 000 000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi. Masalan, hisob siyosatida amortizatsiya yillar summasi usuli (kumulyativ usuli)ni qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan.

Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash


Amortizatsiya ajratmalari yillari


Amortizatsiyalangan qiymat


Yillik amortizatsiya summasi


Jamg'arilgan amortizatsiya


1-yil

60 000 000

(5/15*60 000 000)=20 000 000


20 000 000


2-yil

60 000 000

(4/15*60 000 000)=16 000 000


36 000 000


3-yil

60 000 000

(3/15*60 000 000)=12 000 000


48 000 000


4-yil

60 000 000

(2/15*60 000 000)=8000 000


56 000 000


5-yil

60 000 000

(1/15*60 000 000)=4000 000


60 000 000



Yillar summasi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati ayirilgan holda boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan hamda sur’atida obyektni foydali ishlatish muddatining oxiriga qadar qoladiganyillar soni, maxrajida esa - obyektni foydali ishlatish muddati yillari soni summasining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.


http://fayllar.org
Download 27.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling