10
4-§. Matritsaning rangi.
1-ta’rif.
matritsaning k-tartibli
minori deb, bu matritsadan ixtiyoriy ta
satr va
ta ustunni ajratishdan hosil bo‟lgan kvadrat matritsaning determinantiga
aytiladi.
2-ta’rif.
Matritsaning
rangi deb, uning noldan farqli minorlarining eng
katta tartibiga yoki matritsaning chiziqli bog`lanmagan ustun yoki satrlarining eng
katta soniga aytiladi va
rangA kabi belgilanadi.
3-ta’rif. Quyidagi almashtirishlar, chiziqli almashtirish deb ataladi:
a) ixtiyoriy ikkita satr (ustun) elementlarini o‟rnini almashtirish;
b) ixtiyoriy satr (ustun) elementlarini biror songa ko‟paytirib, boshqa satr
(ustun) ning mos elementlariga qo‟shish;
c) faqat nollardan iborat satr (ustun) ni o‟chirish;
CHiziqli almashtirishlar matritsa rangini o‟zgartirmaydi. SHu sababli, elementar
almashtirishlardan foydalanib, matritsaning bosh diagonal elementlaridan (kvadrat
matritsa bo‟lishi shart emas) pastdagi barcha elementlar nolga keltiriladi. Bu holda
matritsaning rangi bosh diagonaldagi noldan farqli elementlar soniga teng bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: