Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Buxgalteriya hisobining predmeti, vazifalari va uning turlari. Xo’jalik jarayonlari. Xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari tasnifi
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
3. Buxgalteriya hisobining predmeti, vazifalari va uning turlari. Xo’jalik jarayonlari. Xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari tasnifi
Buxgalteriya hisobi fan sifatida o’zining predmeti va metodiga ega. Odatda fan predmeti deyilganda uning o’rganish ob’ekti tushuniladi. Metod deyilganda esa ana shu ob’ektni o’rganish usuli yoki usullar yig’indisi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida“gi Qonunida buxgalteriya hisobi ob’ektlari quyidagicha belgilangan: “Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir.” Buxgalteriya hisobi ob’ektlarini yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqib quyidagicha guruhlash mumkin: Xo’jalik faoliyatini ta’minlovchi ob’ektlar. Xo’jalik faoliyatini tashkil etuvchi ob’ektlar Xo’jalik faoliyatini ta’minlovchi ob’ektlarga quyidagilar kiradi: Mehnat qurollari. Mehnat buyumlari. Ishchi kuchi. Xo’jalik faoliyatini tashkil etuvchi ob’ektlarga quyidagilar kiradi: Ta’minot jarayoni. Ishlab chiqarish jarayoni. Sotish jarayoni. Buxgalteriya hisobi xo’jalik sub’ektining xo’jalik-moliyaviy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslar, ya’ni mehnat qurollari, mehnat buyumlari, pul mablag’lari va ularning harakatini hisobga oladi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalteriya hisobi tizimida asosiy vositalar, ishlab chiqarish zahiralari, pul mablag’lari kabi iqtisodiy resurslarni, ularning holati va harakatini ifodalovchi ko’rsatkichlar o’z aksini topadi. Xo’jalik sub’ekti ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarning kelib chiqish manbai bo’lgan xususiy kapital yoki majburiyatlarni hisobga olish ehtiyoji bevosita xo’jalik faoliyati va uning natijalarini aniqlash jarayonida yuzaga chiqadi. Buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyatini uni tashkil etuvchi, ketma-ket amalga oshiriladigan xo’jalik jarayonlarining o’zaro bog’liqligi va aloqasini ko’rsatkichlar tizimi orqali ifoda etish orqali hisobga oladi. Ishlab chiqarish sohalarida xo’jalik faoliyati ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonidan iborat bo’lib, ularni amalga oshirish bilan bog’liq barcha xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlari hisoblanadi. SHunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy resurslari, ularning tashkil topish manbalari hamda ulardan xo’jalik faoliyatida foydalanish jarayonlari va ularning natijalarini aks ettiruvchi hisob-kitoblar, daromadlar, xarajatlar, majburiyatlar, foyda, zarar kabi ob’ektlardir. Buxgalteriya hisobi fan sifatida ham, amaliy soha sifatida ham o’z predmetini o’rganish va xo’jalik sub’ekti bilan qiziquvchi shaxslar uchun tegishli axborotlarni tayyorlash hamda taqdim etish maqsadida faqat o’ziga xos bo’lgan metoddan foydalanadi. Buxgalteriya hisobi o’z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda dialektik metod asosida o’z oldidagi vazifalarni to’la-to’kis yechib berish uchun maxsus usullarni o’z ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida o’rganiladi. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling