Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Hisob tsiklidagi qadamlar va ularning maqsadlari quyidagilardan iborat


Download 2.91 Mb.
bet123/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Hisob tsiklidagi qadamlar va ularning maqsadlari quyidagilardan iborat:


1-qadam. Ho’jalik muomalalarini qayd qilish uchun dalilni aniqlash.
Maqsad: asosan muomala yoki dalillar haqidagi birlamchi hujjatlar shaklidagi axborotlarni yig’ish.
2-qadam Tegishli jurnallarda buxgalteriya yozuvlari va dalillarni qayd qilish.
Maqsad: schyotlar o’tkazishga yordam beradigan shaklda xronologik yozuv (jur-nal)da xo’jalik muomalasi firmaga iq­tisodiy ta’sirini aniqlash va tasvirlash.
3-qadam Jurnallardan bosh kitobga qayd qilish.
Maqsad: axborotni jurnallardan bosh kitobga ko’chirish-axborotni schyot-larda saqlash usuli.
4-qadam Tuzatilmagan sinov balansini tayyorlash.
Maqsad: debet va kreditning tengligini tekshirish va tuzatuvchi jurnal yozuvla-rining boshlangich nuqtasi uchun qulay ro’yxat tuzish.
5-qadam Tuzatuvchi jurnal yozuvlarini bosh jurnalda qayd qilish
Maqsad: hisoblashni, uzaytirilgan muddatlarning tugashi, baholash va boshqa bir-lamchi hujjatlarda odatda aks ettirilmaydigan dalillarni qayd qilish.
6-qadam Tuzatilgan sinov balansini tayyorlash.
Maqsad: debet va kreditning tengligini tekshirish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni osonlashtirish.
7-qadam Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
Maqsad: moliyaviy natijalar to’g’risidagi, balans va taqsimlanmagan foyda to’g’ri-sidagi hisobotlarga oid ma’lumotlarni umumlashtirish, moliyaviy hisobotlar shakllarini to’ldirish uchun axborot tayyorlash.
8-qadam -Bosh kitobda schyotlarning yopilishini qayd qilish
Maqsad: vaqtinchalik schyotlarni yopish va sof foydaningso’mmasini taqsim-lanmagan foydaga o’tkazish.
9-qadam -Schyotlar yopilgandan keyin balans tayyorlash
Maqsad: schyotlar yopilgandan keyin debet va kreditning tengligini tek-shirish.
10-qadam -Bosh kitobda doimiy schyotlar qoldiqlarini qayd qilish.
Maqsad: yangi hisobot davri uchun Bosh kitob va schyotlarni tayyorlash
Kitobxon hisob tsiklidagi qadamlarning mohiyati bilan yaxshiroq tanishishi, aniqroq tasavvurga ega bo’lishi uchun hisob tsiklining har bir qadami bo’yicha amalga oshiriladigan ishlarni ko’rib chiqamiz.
Buxgalter xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini hisobga olishni xo’ja-likda bo’lib o’tayotgan voqea-hodisalarni tahlil qilib, ularni aniqlash va o’lchashdan boshlaydi. Masalan, nasiyaga tovar harid qilindi. Buxgalter ushbu muomala-ning ijrochisidan yuk xatini oladi va unga berilgan ishonch qog’ozini qayd qilish kitobiga tovar keltirilganini belgilab qo’yadi. Agar tovarlarni sotish amalga oshirilsa, buxgalter yuk xatini qayd etib, tegishli tartibda rasmiylashtiradi. U yuk xatiga quyidagi rekvizitlarni kiritadi: yuk xatining tartib raqami, muomala amalga oshirilgan sana, sotuvchi- korxona va uning vakili,xaridor-korxona va uning vakili hamda ishonch varag’i, tovarning nomi, miqdori va nihoyat, qiymati. Yuk xatiga ikki tomonning vakillari hamda mas’ul shaxslar imzo qo’yadilar.
Misol tariqasida keltirilgan yuk xatining to’ldirilishi va rekvizitlari buxgalter uchun xo’jalik muomalasining - sotishning qiymatini aniqlashga yordam beradi.
2-qadamda amalga oshirilgan muomalalar bo’yicha hisob registrlari – jurnallarga buxgalteriya ikki yoqlama yozuvlari qayd qilinadi. Masalan, nasiyaga mahsulot sotilish muomalasi bo’yicha quyidagi yozuv beriladi:

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling