Andijon Mashinasozlik Instituti Transport va logistika fakulteti Xizmatlar soxasi 4-bosqich


Download 9.85 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi9.85 Kb.
#1550589
1   2   3
Bog'liq
TXK kurs loyihasi

Ushbu qurilmalar kompyuter bilan butlangan bo’lib, uning xotirasiga minglab avtomobil rusmlarining geometrik parametrlari dasturlab kiritilgan. Qurilmaning ishchi organini gidravlik silindrlar tashkil etadi. Pachoqlangan kuzov qurilma platformaga tayanch nuqtalar bilan o’rnatiladi. Agar falokat natijasida ushbu nuqtalar siljigan bo’lsa, ular birinchi navbatda me’yoriga keltiriladi. Navbatdagi ish kuzovning qolgan o’lchamlarini o’z o’rniga keltirishdir. Bunda yuqorida aytilgan gidrotsilindrlar yordamida chiqib ketgan joylar tortiladi, bukilgani to’’grilanadi hamda ichkariga kirib ketgan joy itarilib chiqariladi.


1.3-rasmdagi “Siver S3-210” rusumli jihozida 10 tonnagacha kuchlanish hosil qila oladigan gidrotsilindr mavjud bo’lib, uni qurilma platformasida (16) nuqtadagi o’rindiqlarga joylashtirib kuzovni to’’grilash mumkin. Bundan tashqari avtomobil kuzoviga boshqa qo’shimcha gidrotsilindrlar orqali ham ta’sir qilinishi mumkin.
Qurilma ustunlarining gorizontal tekislikda va zanjir kronshteynining ustun bo’yicha vertikal tekislikda harakatlana olish qobiliyati kuchni xohlagan joyga, hohlagan burchak ostida qo’yish imkonini yaratadi.
1.4- rasm. EISEMANN va Forward FWM-200 PRO mod. payvandlash apparatlar

Payvandlash karbonat angidridli himoyali muhitda yarim avtomatik elektryoyli qurilmalarda bajariladi. Kuzov panellari va o’zaklarining yorilgan va uzilgan joylari ham shu elektryoyli payvandlash usuli yordamida ulanadi. Kesishda esa avtogen usuli bilan bir qatorda pnevmatik yuritmali aylanma kesgichlar qo’llanadi. Kuzov detallarini birini-biriga ulashda kontakt nuqtali elektr payvandlash usullari ham qo’llanadi. Тo’’grilangan va ulangan kuzovning payvandlash choklari shlakdan tozalanadi va maxsus asboblar yordamida tekislanadi.

Kuzovni bukilishi va o’qlarini bir-biriga nisbatan o’zgarishi almashinuvchi kallakli gidravlik domkratlar yordamida to’’grilanadi. Avariyaga uchragan yengil avtomobil kuzovlarini ta’mirlashda uning barcha o’lchamlarini tekshiradigan va me’yorga keltiradigan maxsus moslamalardan foydalaniladi. Unda kuzov tayanchga o’rnatiladi va har bir nuqta bo’yicha tashqi o’lchamlar tekshirilib ko’riladi. Darzlar va yoriqlar elektr va gaz payvandlash usuli bilan yamaladi. Payvandlangan joylar elektr charxi, pnevmatik jilvirlash uskunasi va jalvir qo’gozi yordamida silliqlanadi va keyin shpaklevka qilinadi


2. Bo’yashga tayyorlash va bo’yash jihozlari Bo’yashga tayyorlash jarayoni va ishlatiladigan jihozlar:
  • shpaklevkalash: -shpatel;
  • siyqalash: -jilvirlash qo’gozi;
  • gruntovkalash : -bo’yoq purkash asbobi;
  • siyqalash: -jilvirlash qo’gozi;
  • bo’yoqlash : -bo’yash kamerasi; Click here to buy

  • ABBYY PDF Transformer 2.0 www.ABBYY.com Click here to buy ABBYY PDF Transformer 2.0 www.ABBYY.com
    6) quritish : -issiq havo kamerasi;
    7) pardozlash : -artish materiallari.

Avtomobil kuzovi va kabinasi ta’mirdan keyin to’liq bo’yaladi yoki qisman ta’mirlangan joyi bo’yaladi. Bo’yashga tayyorlangan yuza zang, eski bo’yoq va boshqa kirlardan tozalanadi. Buning uchun metall shchetkalar, qum qo’gozlar, purkovchi qurilmalar ishlatiladi.
Bo’yoqlarni tayyorlash, rang va jilosini aniqlashni kompyuterlar yordamida yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassislar bajaradilar. Bo’yash joyi alohida yopiq germetik kamera bo’lib, u ishonchli havo so’rish va haydash asosida ishlovchi ventilyator bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov sirtiga, avvalo, xomaki bo’yok-grunt sepiladi, korpusiga shovqinga va korroziyaga qarshi ishlov beriladi va maxsus sepgichlarda bo’yoq sepiladi. Kichik yuzalar bo’yoq purkash qurilmalari yordamida bo’yaladi. Katta ASKlarda esa bo’yash kameralari qo’llaniladi. Bu kameralarda nitroemal bo’yo’gi bilan bo’yalgandan keyin 10 min 18-23° S xaroratda, oxirgi qatlami esa 1 soat ichida 60° S haroratda quritiladi.

Download 9.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling